Zbekiston respublikasi oliy



Download 4,4 Mb.
bet15/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Transformatorlarni havo bilan tabiiy sovitish. Bunday transformatorlar
«quruq» nomini olgan. Havo bilan tabiiy sovitish shartli ravishda quyidagicha
belgilanadi: ochiq tayyorlanganida C, himoyali tayyorlanganida C3; germetik tayyorlanganida CГ.
«Quruq» transformator chulg’ami haroratining sovituvchi muhit haroratidan yoʻl qoʻyiladigan oshish chegarasi izolyatsiyaning qizishga chidamliligi sinfiga bog’liq va standartlarga muvofiq A sinfi uchun 60oC; E sinfi uchun 75oC; V sinfi uchun 80oC; C sinfi uchun 100oC; N sinfi uchun 125oC dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Sovitishning bu tizimi kam samarali boʻlganligi sababli kuchlanishi 15 kV gacha, quvvati 1600 kVA gacha boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi.
Moy bilan tabiiy sovitish (M) 16000 kVA va undan kam quvvatli transformatorlar uchun qoʻllaniladi. Bunday transformatorlarda chulg’am va magnit oʻtkazgichda ajralgan issiqlik ular atrofidagi moyga beriladi, bu moy bak va radiator quvurlarida aylanib, uni atrofdagi havoga beradi. Transformator yuklamasi nominal boʻlganda moyning harorati yuqorigi eng qizigan qatlamlarida
±95oS dan oshmasligi kerak.
Atrofga issiqlikni yaxshi tarqatish uchun transformatorlar baki, quvvatga qarab, qovurg’alar, sovitish quvurlari yoki radiatorlari bilan jihozlanadi.
Moyni puflash va tabiiy sirkulyatsiyash yoʻli bilan sovitish (Д) quvvati katta transformatorlarda qoʻllaniladi. Bu holda radiator quvurlaridan tashkil topgan osma sovitgichlarga ventilyator oʻrnatiladi. Ventilyator pastdan havoni soʻradi va trubalarning yuqorigi qizigan qismiga haydaydi. Ventilyatorlarni ishga tushishi va toʻxtashi transformatorning yuklamasi va moyning qizish haroratiga qarab, avtomatik amalga oshirilishi
mumkin.
Moyni puflash va moyni havo sovitgichlar orqali majburiy sirkulyatsiyalash yoʻli bilan sovitish (ДЦ) quvvati

63000 kVA va undan katta boʻlgan transformatorlar uchun qoʻllaniladi.
2.4-rasm. ДЦ tizimi sovitgichning prnsipial sxemasi: 1– transformator baki; 2-elektr nasosi; 3- adsorb filtr; 4-sovitkich; 5- puflash ventilyatori.

Sovitgichlar tashqarisiga ventilyator havo haydaydigan qirrali yupqa trubalar tizimidan tashkil topgan. Moy trubasi ichiga joylashtirilgan elektr nasoslari moyning sovitgichlar orqali uzluksiz majburan sirkulyatsiyasini hosil qiladi (2.4- rasm).
Moy katta tezlikda sirkulyatsiyalanishi, sovitish yuzalari kattalashgani va jadal puflash hisobiga sovitgichlar issiqlikni koʻp uzatadi va ixchamdir. Sovitishning bunday tizimiga oʻtish transformatorlarning oʻlchamlarini ancha kamaytirish imkoniyatini beradi.
Sovitgichlar transformatorlar bilan bir poydevorga yoki transformatorning baki yonidagi alohida poydevorga oʻrnatilishi mumkin.
Moy majburan sirkulyatsiyalanadigan moy-suvli sovitish (Ц) prinsipial jihatdan ДЦ tizimiga oʻxshash tuzilgan faqat farqi shundaki, undagi sovitgichlar trubalardan iborat boʻlib ular ichida suv aylanadi, trubalar orasida esa moy yuradi.
Transformatorging moy tizimiga suv tushishining oldini olish uchun moy sovitgichlardagi moy bosimi ularda aylanuvchi suv bosimidan kamida 0,02 MPa (2 N/sm2) ga ortiq boʻlishi kerak. Sovitishniig bu tizimi samarali, biroq konstruksiyasi jihatidan ancha murakkab boʻlib, gidrostansiya va yopiq xonalarga oʻrnatiladigan (100 MVA va undan yuqori) quvvatli transformatorlarda ishlatiladi.
ДЦ va Ц sovitish tizimli transformatorlarda moyni majburan sirkulyatsiyalash qurilmasi transformator ishga tushishi bilan bir vaqtda avtomatik ulanishi va transformatorning yuklanishidan qat’i nazar uzluksiz ishlashi kerak. Shu bilan birga, ishga tushiriladigan sovitgichlar soni transformatorning yuklanishisiga qarab aniqlanadi. Bunday transformatorlar moyning va sovituvchi suvning sirkulyatsiyalanishini toʻxtatish, ventilyatorni toʻxtatish kerakligi haqidagi signalizatsiyaga ega boʻlishi kerak.
Shuni ham aytib oʻtish kerakki, hozir chulg’amlari juda ham past haroratgacha sovitiladigan transformatorlarning yangi konstruksiyalari ishlab chiqilmoqda. Metall past haroratda oʻta oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlib, chulg’am kesimini keskin kamaytirish imkonini beradi. Oʻta oʻtkazuvchanlik prinsipidagi transformatorlar kriogenli transformatorlar quvvati 1000 MVA va
undan yuqori boʻlishiga qaramay kichik og’irlikka ega.

    1. Download 4,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish