Zbekiston respublikasi oliy


Avtomatik havo uzgichlari. Saqlagichlar



Download 4,4 Mb.
bet23/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Avtomatik havo uzgichlari. Saqlagichlar


Avtomatik havo uzgichlari normal boʻlmagan rejimda ishlayotgan elektr zanjirlarni avtomatik ajratish va normal ish rejimlarida, kam hollarda operativ qayta ulash uchun xizmat qiladi.
Avtomatik havo uzgichlarida yoyni soʻndirish uchun maxsus muhit qoʻllanilmaydi, u havoda oʻchiriladi, shuning uchun ular havo Uzgichlari deb yuritiladi.
Qutblar soniga qarab avtomatlar bir, ikki va uch qutbli boʻladi.
Ishlab ketish vaqti tsr boʻyicha, ya’ni tekshiriladigan parametr (tok, kuchlanish, harorat) belgilangan qiymat (avtomatning kurilmasi) dan ortish momentidagi vaqtdan kontaktlarning ajrash momentigacha boʻlgan vaqtga qarab quyidagilarga boʻlinadi: normal avtomatlar tsr=0,02-0,1 s; ushlash vaqtini 1 s gacha rostlovchi selektiv avtomatlar; tez ta’sir qiluvchi avtomatlar tsr ≤ 0,005 s.
Avtomatlarni turli ushlash vaqti t1<t2<t3 ga oʻrnatish yoʻli bilan, selektiv avtomatlar tarmoqlarni selektiv muhofazalash imkonini beradi.
Tez ta’sir qiluvchi avtomatlar tarmoqdagi toklarni cheklash imkonini beradi, chunki ular zanjirni tarmoqdagi q.t. toki iu miqdorga yetmasdan oldinroq uzadi.





3.5-rasm. Avtomatning asosiy qismlari: 1 – shinachalar, 2 – yoy soʻndiruvchi kontaktlar, 3 – bosh kontaktlar, 4 – elastik bog’lanish, 5 – bimetall ajratkich, 6 – qoʻshimcha qarshilik,
7 – qizidrgich, 8 – maksimal jartkich, 9 – minimal ajratkich, 10 – mustaqil ajratkich, 11 – ajratkichlar bilan mexanik bog’lanish, 12 – qoʻlda ulash dastagi, 13 – elektromagnit
yuritma. 14, 15 – erkin jaratish mexanizmining richagi, 16 – kontakt richag, 17 – uzuvchi prujina, 18 – yoy soʻndiruvchi kamera


Avtomatlar kuchlanishi oʻzgaruvchan tokda 660 V gacha va oʻzgarmas tokda 440 V gacha boʻlganda 6000 A gacha toklar uchun moʻljallab ishlab chiqariladi.
Avtomatlarning uzish qobiliyati 200-300 kA gacha yetadi.
Har qanday avtomatda quyidagi asosiy elementlarni ajratib koʻrsatish mumkin: yoy soʻndiruvchi tizimli kontaktlar; yuritma; erkin ajratish mexanizmi; ajratkichlar; yordamchi kontaktlar.
Avtomatlarning kontaktlari uzoq vaqt qizimasdan nominal toklarni oʻtkazishi va q.t. toklarini uzishda yoy ta’siriga chidashi kerak. Birinchi shartga muvofiq, kontaktlarni oʻtish qarshiligi uncha katta boʻlmagan solishtirma qarshiligi kichik materialdan, ikkinchi shart boʻyicha esa yoy ta’siriga chidaydigan
materialdan tayyorlash kerak. Ikkala talabni bir vaqtning oʻzida bajarish mumkin boʻlmaganligi uchun ikki juft - bosh 1 va yoy soʻndiruvchi 2 kontaktlar qoʻllaniladi (3.5-rasm). Normal rejimda tokning asosiy qismi mis, kumush yoki ularning qotishmasidan tayyorlangan bosh kontaktdan oʻtadi. Uzilganda avval asosiy kontaktlar ajraydi, lekin zanjir uzilmaydi, chunki tokning hammasi yoy soʻndiruvchi kontaktlar zanjiriga oʻtadi, soʻngra yoy soʻndiruvchi kontaktlar ajraydi va ularda elektr yoy ham soʻnadi. Uziladigan toklar 30 kA dan oshmasa, yoy soʻndiruvchi kontaktlar misdan, katta toklarda esa volframdan, uning qotishmasidan yoki metallokeramikadan tayyorlanadi. Bu kontaktlar konstruksiyasi boʻyicha oson almashtiriladigan qilib tayyorlanadi.
Avtomatning yoy soʻndiruvchi tizimi avtomatni oʻchirishda hosil boʻladigan yoyni soʻndirish uchun xizmat qiladi. Poʻlat plastinkali (uzun yoyni qisqa yoylarga boʻlish effekti) yoy soʻndiruvchi kameralar keng qoʻllaniladi. Uziladigan tok katta boʻlganida yoyni tor tirqishda soʻndirish effektidan foydalanishga asoslangan buylama-tirqishli va labirint-tirqishli kameralar ishlatiladi. Yoyni kameraga tortish magnitli puflash bilan amalga oshiriladi. Kamera materiali yuqori yoy turg’unligiga ega boʻlishi kerak.




3.6-rasm. Avtomatlarning kontakt tizimining sxemasi
Avtomatlarning yuritmalari qoʻl bilan yoki uzoqdan boshqariluvchi boʻlishi mumkin. Birinchi holda ulash dasta 12 ni burash bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi holda elektromagnit 13 yoki maxsus elektr dvigatel yordamida yuritmaga ta’sir etiladi. Pnevmatik yuritmadan foydalanish ham mumkin. Avtomatlarni uzish, erkin ajratish

mexanizmi ishga tushganda uzuvchi prujinalar 17 (3.5-rasmda) ta’sirida amalga oshiriladi.

Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish