Zbekiston respublikasi oliy



Download 4,4 Mb.
bet26/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosim hosil boʻlishiga yoyda ajraladigan energiya sabab boʻladi;
moyni majburiy puflash yoʻli bilan— bularda ajrash joyiga moy maxsus gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi;
magnit yordamida moyda soʻndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yoʻnaltiriladi.
Avtopuflagichli yoy soʻndiruvchi qurilmalar eng samarali va oddiy hisob- lanadi. Shuni aytib oʻtish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta boʻlsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi uncha katta boʻlmasligi mumkin, shu sababli puflash yetarli boʻlmay, yoyni soʻndirish choʻziladi. Shunga koʻra avtopuflashli ba’zi soʻndiruvchi qurilmalar kichik toklarning soʻnishini ta’minlaydigan qoʻshimcha moyni majburiy puflash bilan toʻldirilgan.
Qattiq kameralar koʻrinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori kuchlanish kirishining tok oʻtkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi. Ayrim uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga mahkamlanadi. Kamerada uzgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir nechta uzilishlar boʻlishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori boʻlsa, uzilish shuncha koʻp talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy uzilishlarda yoy soʻngandan soʻng, shuntlovchi qarshiliklardan oʻtayotgan tok, odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda soʻndiriladi.





4.3-rasm. Kam moyli uzgichlarning konstruktiv sxemalari:a) – ВМГ-10 tipdagi kam moyli uzgichning konstruktiv sxemasi; b) – BMП tipdagi kam moyli osma uzgichninng konst- ruktiv sxemasi; v) – metal bak ichida yoy sundiruvchi kontaktlarning joylashishi; g) – ikkita yoy
sundiruvchi kamerali; d) – korpusi chini konstruksiyali; 1 – qoʻzg’aluvchan kontak; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – qoʻzg’almas kontakt; 4 – ishchi kontaktlar

Yoy soʻndiruvchi qurilmalarda izolyatsiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar koʻndalang, boʻylama va qarama-qarshi koʻndalang puflovchi kameralarga boʻlinadi.


Bakli uzgichlarda qizdiruvchi qurilma ham koʻzda tutilgan boʻlib, u havo haroratlari past boʻlganda (-15°C va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi ortganda uzgichning qoʻzg’aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik maqsadida shunday qilinadi.
Bakli uzgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta boʻlishidir. Bakli uzgichlarning ulash vaqtini kamaytirish uchun pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmalar qoʻllaniladi.
Bakli uzgichlarning asosiy afzalliklari:

Konstruksiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega; tashqi qurilmalar uchun ham yaroqli; joylashtirilgan tok transformatorlari-ni oʻrnatish mumkin.
Bakli uzgichlarning kamchiliklari:

Portlash va yong’in jihatidan xavfli; bakdagi va kirgichlardagi moy holati va sathini davriy nazorat qilib turish kerak; koʻp hajmda moy talab etishi sababli, uni almashtirish uchun koʻp vaqt sarflanadi va katta miqdorda moyni ehtiyot tutish kerak; xona ichiga oʻrnatish mumkin emas; tez ta’sir etuvchi АПВ ni ishlatish mumkin emas; metall koʻp sarflanadi, og’irligi katta, bir yerdan ikkinchi yerga olib borish, montaj va sozlash noqulay.
Kam moyli (tuvakchali) uzgich hamma kuchlanishdagi yopiq va ochiq taqsimlash qurilmalarida keng qoʻllaniladi. Bu uzgichlardagi moy asosan yoyni soʻndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajratilgan kontaktlar orasida qisman izolyatsiya muhiti boʻlib xizmat qiladi. Tok oʻtkazuvchi qismlar bir-biridan va yerga tutashtirilgan konstruksiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi materiallar yordamida izolyatsiyalanadi. Xona ichiga oʻrnatish uchun uzgichlarning kontaktlari poʻlat bochkada (tuvakchada) joylashadi, uzgichlarning
«tuvakchali» nomi ham shu yerdan kelib chiqqan.
35 kV va undan yuqori kuchlanishli kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega, 6-10 kV li osma tipdagi uzgichlar (4.3-rasm) eng keng tarqalgan. Bu uzgichlarda uchala qutblar uchun korpus chinni izolyatorlarda umumiy ramaga mahkamlanadi. Har bir qutbda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy soʻndiruvchi kamera nazarda tutilgan.
4.3-rasm, a da koʻrsatilgan tip boʻyicha ВМГ-10 uzgichlar(tuvakchali moyli uzgich) ishlab chiqarilmoqda.
4.33rasm, b da keltirilgan konstruktiv sxema boʻyicha ВМП seriyadagi uzgichlar (kam moyli osma uzgich) ishlab chiqarilmoqda. Katta nominal toklarda bir juft kontaktlar (ular ish va yoy soʻndiruvchi vazifasini bajaradi) bilan kifoyalanish qiyin, shuning uchun uzgichning tashqarisiga ish kontaktlari, metall bak ichiga esa yoy soʻndiruvchi kontaktlar oʻrnatiladi (4.3-rasm, v). Uziladigan tok
katta boʻlganda har bir qutbga ikkitadan yoy soʻndiruvchi uzilish boʻladi (4.3- rasm, g). Shu sxema asosida МГГ va МГ seriyadagi 20 kV va undan kichik kuchlanishli uzgichlar ishlab chiqariladi. Tashqi massiv ish kontaktlari 4 uzgichni katta nominal toklarga hisoblash imkonini beradi (9500 A gacha). 35 kV va undan yuqori kuchlanishlardagi uzgichlarning korpusi chinnidan tayyorlanadi (4.3-rasm, d, ВМК seriyasi - kam moyli kolonkali uzgich). 35, 110 kV li uzgichlarda har qutbga bitta uzilish boʻlib, katta kuchlanishlarda ikki va undan ortiq uzilish boʻladi.
Kam moyli uzgichlarning afzalliklari quyidagilar:

moy miqdori koʻp emas; og’irligi nisbatan kichik, bakli uzgichlarga qaraganda yoy oʻchiruvchi kontaktlarga borish ancha qulay; unifikatsiyalangan uzellarni ishlatish bilan turli kuchlanishlarga uzgichlarning turli seriyalarini yaratish imkoni bor.
Kam moyli uzgichlarning kamchiligi:

portlash va yong’in jihatdan xavfli (bakli uzgichlarga qaraganda ancha kam boʻlishiga qaramay); tez ta’sir etuvchi АПВ ni amalga oshirish mumkin emas; vaqt-vaqti bilan moyni nazorat qilish, kamini quyib toʻldirish va yoy soʻndiruvchi baklardagi moyni nisbatan tez-tez almashtirish kerak, ichkaridagi tok transformator-larini oʻrnatish qiyin, nisbatan uzish qobiliyati kichik.
Kam moyli uzgichlarning qoʻllanilish sohalari - 6, 10, 20, 35 va 110 kV li stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlash qurilmalari, 6, 10 va 35 kV li komplekt taqsimlash qurilmalari hamda 35 va 110 kV li ochiq taqsimlash qurilmalari.



    1. Download 4,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish