Havoli uzgichlarda yoy siqilgan havo bilan soʻndiriladi, tok oʻtkazuvchi qismlar bilan yoy soʻndiruvchi qurilma esa, chinni yoki boshqa qattiq izolyatsiyalovchi materiallar bilan izolyatsiyalanadi.
4.4-rasm Havoli uzgichlarining konstruktiv sxemalari: a, b – katta nominal tokka muljallangan uzgich; v – 35 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; g – 110 kVli ochiq qurilmalardagi uzgich; 1 – siqilgan havoli rezervuar; 2 – yoy sundiruvchi kamera; 3 – shuntlovchi rezistor;
4 – bosh kontaktlar; 5 – ajratkich; 6 – sig’imli kuchlanish boʻlgich
Havoli uzgichlarning konstruktiv sxemalari turlicha boʻlib, ularning nominal kuchlanishi, uzilgan holatdagi kontaktlar orasida izolyatsion oraliq hosil qilish usuli yoy soʻndiruvchi qurilmaga siqilgan havoni yuborish usuliga bog’liq. Katta nominal toklarga moʻljallangan uzgichlarda(4.4-rasm, a, b) kam moyli МГ va МГГ lariga oʻxshash bosh va yoy soʻndiruvchi kontur mavjud. Uzgich ulangan holatda tokning asosiy qismi ochiq joylashgan bosh kontaktlar 4 boʻyicha uzadi. Uzgichlar uzilganda bosh kontaktlar birinchi boʻlib uziladi, bundan soʻng tok kamera 2 ga joylashgan yoy soʻndiruvchi kontaktlardan oʻtadi. Bu kontaktlarning uzilish vaqtida kameraga idish (rezervuar) 1 dan siqilgan havo beriladi, yoyni soʻndiruvchi kuchli puflash hosil boʻladi.
Puflash boʻylama (4.4-rasm, a) yoki koʻndalang (4.4-rasm, b) boʻlishi mumkin. Uzilgan holatda kontaktlar orasida kerakli izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi kamerada kontaktlarni kerakli oraliqqacha ajratish yoʻli bilan (4.4-rasm, b) yoki
ochiq joylashgan maxsus ajratgich 5 (4.4-rasm, a) bilan hosil qilinadi. Ajratgich 5 uzilgandan soʻng kameraga siqilgan havo haydash toʻxtatilib, yoy soʻndiruvchi kontaktlar tutashadi. Bu konstruktiv sxema asosida tayyorlan-gan uzgichlar ichki qurilmalar uchun 15 va 20 kV li kuchlanish va 20000 A gacha boʻlgan toklar (ВВГ seriyasi) ga moʻljallab ishlab chiqariladi.
Ochiq qurilmadagi uzgichlarda yoy soʻndiruvchi kamera chinni izolyator ichiga joylashib, 35 kV li kuchlanishga har bir faza uchun bitta uzilish boʻlishi yetarli hisoblanadi (4.4-rasm, v), 110 kV ga esa har fazaga ikkita uzilish lozim boʻladi (4.4-rasm, g). Bu konstruksiyalar orasidagi farq shundaki, 35 kV li uzgichda izolyatsion oraliq yoy soʻndiruvchi kamera 2 da hosil qilinadi, 110 kV li va undan yuqori kuchlanishli uzgichlarda esa yoy soʻndirilgandan keyin ajratgich 5 kontaktlari uziladi va ajratgich kamerasi uzilgan holatdagi butun vaqt ichida siqilgan havo bilan toʻla boʻladi. Bunda siqilgan havo yoy soʻndiruvchi kameraga berilmaydi va undagi kontaktlar tutashadi. Yuqorida koʻrib chiqilgan havo uzgichlar kontaktlarning pastiga oʻrnatilgan alohida siqilgan havo bakiga ega. Agarda kontakt tizimini yerdan izolyatsiya qilingan siqilgan havo kamerasiga oʻrnatilsa, yoyning soʻnishi ancha tez boʻladi (4.4-rasm, d). Bu yerda uzgich oʻchganda siqilgan havoning bakini bajaruvchi yoy soʻndiruvchi kamera 2, puflash kanallar orqali tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun puflash hosil boʻladi va yoy soʻnadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |