Transformatorlarning kuchlanishini rostlash
Iste’molchilarning normal ishlashi uchun podstansiya shinalaridagi kuchlanishni ma’lum darajada ushlab turish kerak. Elektr tarmoqlarida kuchlanishni rostlashning qator usullari qoʻllaniladi, shulardan biri transformatorlarning tranformatsiyalanish koeffitsiyentini oʻzgartirishdir.
Ma’lumki, transformatsiyalanish koeffitsiyenti birlamchi kuchlanishning ikkilamchisiga nisbati bilan aniqlanadi, yoki
n U1
U2
1
2 , (2.23)
bunda 1
va 2 -birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarning mos holda oʻramlar soni.
Bundan U2 U12 / 1 .
Transformatorlarning chulg’amlari qoʻshimcha shoxobchalar bilan ta’minlanadi. Ularni qayta ulash bilan transformatsiyalanish koeffitsiyentini oʻzgartirish mumkin. Shoxobchalarni uyg’otmasdan (QAU) ularni qayta ulash, ya’ni transformatorning hamma
chulg’amlarini tarmoqdan uzgandan soʻng yoki yuklama ostida (YuOR) ulash mumkin.
QAU qurilmasi transfor- matsiyalanish koeffitsiyentini 5% oralig’ida oʻzgartirish imkoniya-tini beradi. Buning
uchun asosiy chiqqichdan tashqari yuqori kuchlanish chulg’amidan ikkita qoʻshimcha shoxobcha qilinadi, ya’ni +5%
2.9-rasm. QAU kuchlanishini rostlash sxemasi:
- uch fazali qayta ulagichning uch holatiga chulg‘amining nol nuqatasi tomonidan +5% li tarmoqlash; b-bir fazali qayta ulagichning besh holatiga (A faza) chulg‘aminiig o‘rtasidan 2x2,5% li tarmoqlash: 1-qo‘zgalmas kontakt; 2-kontaktli segment; Z-pereklyuchatel vali; 4-kontakt halqalar.
va -5% (2.9-rasm, a).
Agarda transformator asosiy chiqqich 0 da ishlagan boʻlsa va ikkilamchi tomondagi kuchlanish U2 oshirish lozim boʻlsa, transformatorni oʻchirib -5% li
shoxobchaga qayta ulanadi, natijada 1
oʻramlar soni kamayadi.
Oʻrta va katta quvvatli transformatorlarda, har qaysi faza uchun alohida oʻrnatilgan baraban koʻrinishdagi maxsus qayta ulagichlar yordamida qayta ulanadigan toʻrtta ±2∙2,5% li shoxobchalar koʻzda tutilgan boʻladi (2.9-rasm, b).
Qayta ulagich yuritmasining tutqichi transformatorning qopqog’i ustiga chiqarilgan.
Rolik bilan qayta ulagichning kontaktlari A4 va A5 tutashtirilganda transformatorning transformatsiyalanish koeffitsiyenti nominal miqdorga teng
2.10- rasm. Transformatorlarning YuOR qurilmasi:
rostlash pog‘onalarining ulanish sxemasi; A-asosiy chulg‘am; vs-dag‘al rostlash pog‘onasi; de-tekis rostlash pog‘onalari; P-qayta ulagich;
I-saqlagich.
boʻladi.
A 3-A 4 va A 2-A 3 holatlar transformatsiyalanish koeffitsiyentining 2,5 va 5% ga oshgan, A 5-A 6 va A 6-A 7 holatlar
esa 2,5 va 5% ga kamaygan miqdoriga toʻg’ri keladi.
QAU qurilmasi kuchlanishni sutka davomida yetarlicha rostlashga imkon bermaydi, chunki bunda transformatorni qayta ulash uchun uni tez-tez uzishga toʻg’ri kelardi, bu asa ekspluatatsiya sharoitlariga toʻg’ri kelmaydi. Odatda, QAU faqat mavsumiy kuchlanishni rostlashda ishlatiladi.
Yuklanish ostida rostlash (YuOR) transformator chulg’amining shoxobchasini zanjirni uzmay qayta ulash imkonini beradi. YuOR qurilmasi transformatorning quvvati va kuchlanishiga qarab kuchlanishni turli oraliqda
2.11-rasm. Tok chega- ralovchi qarshilikka ega bo‘lgan YuOR qurilmasining qayta ulanish ketma-ketligi va sxemasi
rostlashni koʻzda tutadi (har bir pog’onasi 1,5% dan boʻlgan ±10% dan to ±16% gacha).
Pog’onani boshqarish YuK tomonda olib boriladi, chunki bu hol tokning miqdori kichik boʻlgani sababli qayta ulash qurilmasini soddalashtiradi. Boshqarish diapazonining shoxobchalar sonini koʻpaytirmasdan turib uni kengaytirish uchun dag’al va aniq boshqarish pog’onalari qoʻllaniladi (2.10-rasm). Agar qayta ulagich P II holatda tursa, saqlagich I esa shoxobcha 6 da boʻlsa, eng katta transformatsiyalash koeffitsiyenti hosil boʻladi. Qayta ulagich 1 holatda, saqlagich esa shoxobcha 1 da boʻlsa eng kichik transformatsiyalanish koeffitsiyenti olinadi.
Boshqariluvchi chulg’amning bir shoxobchasidan ikkinchisiga oʻtishi yuklama tokini uzmay va shu chulg’am oʻramlarining qisqa tutashtirmay amalga oshiriladi. Bunga reaktorli yoki rezistorli maxsus qayta ulash qurilmasida erishiladi. Rezistorli sxema (2.11-rasm) reaktorli sxemaga qaraganda qator avzalliklarga ega boʻlib, hozirda keng qoʻllanilmoqda. 2.11-rasmda chulg’amning boshqariluvchi qismi bilan qayta ulash qurilmasi koʻrsatilgan. Kontaktorlar bilan saqlagichlarning ishlash tartibi 3 jadvalda koʻrsatilgan.
Boshlang’ich holat 0 da transformator shoxobcha 5 da ishlaydi va yuklanish toki kontaktor K1 orqali oʻtadi. Faraz qilaylik, boshqariluvchi chulg’amdagi oʻramlar sonini kamaytirish lozim boʻlsin, ya’ni shoxobcha 4 ga oʻtish kerak. Bu holatda YuOR elementlarining ishlash tartibi quyidagicha boʻladi: toksizlantirilgan saqlagich I2 holat 4 ga oʻtkaziladi, soʻngra K1 uziladi va yuklama toki qisqa vaqt ichida R1 va K2 orqali oʻtadi; uchinchi jarayonda KZ tutashtiriladi, bunda yuklama tokining yarmisi R1 va K2 orqali va qolgan qismi R2 va K3 orqali oʻtadi, bundan tashqari, boshqariluvchi chulg’am 5-4 ning oʻramlari R1 va R2 orqali ulanadi va ular orqali miqdor jihatidan chegaralangan sirkulyatsiyalanuvchi tok oʻtadi; keyingi jarayonlarda K2 ajratiladi va K4 ulanadi, bunda yuklama toki boshqariluvchi chulg’am orqali shoxobcha 4, saqlagich I2, kontaktorlar K4 dan chiqqich O ga oʻtadi.
Hozirgi YuOR qurilmalarida tokni kommutatsiyalash uchun vakuumli yoy
soʻndiruvchi kameralar qoʻllanilmoqda. Shu sababli transformator moyi yoy soʻndiruvchi muhit sifatida qoʻllanilmaydi va ishlash jarayonida uni almashtirishga hojat qolmaydi. Bunday qayta ulovchi РНТА 235/1000 V qurilmalar intensiv rejimda uzib-ulab ishlaydigan oʻzgartiruvchi transformatorlarda qoʻllaniladi. Tiristorli qayta ulagichlarni qoʻllash bilan YuOR larni yana ham takomillashtirish mumkin. Tiristorlar yuklama toki nol orqali oʻtish momentida ishlab ketadi va ikkilamchi chulg’amlarni kerakli tartibda ketma-ket ulaydi.
2.2-jadval
Jarayon
№
|
Kontakt va saqlagichlar vaziyati
|
K1
|
K2
|
I1
|
K3
|
K4
|
I2
|
0
|
+
|
+
|
5
|
-
|
-
|
6
|
1
|
+
|
+
|
5
|
-
|
-
|
4
|
2
|
-
|
+
|
5
|
-
|
-
|
4
|
3
|
-
|
+
|
5
|
+
|
-
|
4
|
4
|
-
|
-
|
5
|
+
|
-
|
4
|
5
|
-
|
-
|
5
|
+
|
+
|
4
|
Do'stlaringiz bilan baham: |