Zbekiston respublikasi oliy


Generatorlarni qoʻzg’atishni avtomatik rostlash (AQU)



Download 4,4 Mb.
bet10/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Generatorlarni qoʻzg’atishni avtomatik rostlash (AQU)


Texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan hamma generatorlar, quvvati va kuchlanishidan qat’i nazar, qoʻzg’atishning releli jadallash qurilmasiga ega boʻlishi, 3 MVt va undan ortiq quvvatli
generatorlar esa (UAR-(AQU)) bilan jihozlanishi kerak.
Avariya rejimida generatorning uyg’onishini jadallashtirish uchun moʻljallangan
oddiy avtomatik qurilma boʻlib, qoʻzg’atishning

releli jadallashtirish qurilmasi hisoblanadi (1.10-rasmda rele U< va kontaktor JK). Jadal
1.10-rasm. Generatorni jadal uyg‘otishning releli sxemasi

ta’sir etish usuli shundan iboratki, generatorning qisqichlaridagi kuchlanishning ancha pasayishi (odatda nominalning 85% idan kamroq) minimal kuchlanish relesi U< da oʻz kontaktlarini tutashtiradi va jadallashtirish kontaktori JK ni ishga
tushiradi, oʻz navbatida ishga tushib, qoʻzg’atgichning zanjiridagi shuntlash reostati ShQ ning qarshiligini qisqa tutashtiradi. Natijada qoʻzg’atgichning qoʻzg’atish toki maksimal miqdorigacha tez koʻpayadi va generatorning uyg’otilishi chegara qiymatigacha etadi.

    1. - rasm. Generatorning AQU sxemasi

AQU ning eng koʻp tarqalgan

qurilmalaridan biri kuchlanishni korrektorlash bilan birgalikda kompaundlash qurilmasidir (1.11-rasm).
«Kompaundlash» termini statorning tokiga bog’liq holda mashinaning qoʻzg’atish tokini avtomatik rostlashni ifodalaydi. Normal rejimda stator toki ortish holda (aktiv-induktiv yuklamada) generatorning kuchlanishi kamayadi,

ammo kompaundlash qurilmasi qoʻzg’atgichning qoʻzg’atish tokini, binobarin, generatorning rotor tokini avtomatik ravishda oshiradi, buning ta’sirida generator statorining qisqichlaridagi kuchlanish kerakli qiymatigacha oshadi.
Kompaundlash qurilmasi generatorning avariya rejimida ham, ya’ni generatorning kuchlanishi kamayib, statorning chulg’amidagi tok ancha ortganda ham yaxshi ishlaydi.
Kompaundlash sxemasiga ikkilamchi chulg’ami oraliq transformatori УТП ga ulangan tok transformatorlari TT hamda kompaundlash tokini qoʻzg’atgichning qoʻzg’atish chulg’ami QQCh ga berishdan oldin toʻg’rilash uchun xizmat qiladigan toʻg’rilagich В1 kiradi. Kompaundlash toki Ik korreksiyani hisobga olmaganda, tok Ig- ga proporsional boʻladi.
Kompaundlash generator kuchlanishining yetarlicha aniq bir miqdorda turishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun qoʻzg’atishni generator statorining toki boʻyicha rostlash bilan bir vaqtda statorning kuchlanishi boʻyicha rostlash ham qoʻllaniladi. Kuchlanish boʻyicha rostlash signalini berish uchun transformator MUT (magnitlanib turuvchi universal transformator) ikkita 2 va 4 chulg’am bilan ta’minlanadi (1.11-rasm, a).
Chulg’am 2 dagi tok UG ga proporsional In tokning fazasi generator toki reaktiv tashkil etuvchicining fazasiga toʻg’ri keladigan qilib tanlanadi. Shuning uchun sof aktiv yuklamada 1 va 2 chulg’amlarning MYuK bir - biriga nisbatan 90o siljigan boʻladi, generator sof reaktiv yuklamada ishlasa, ular fazasi boʻyicha ustma-ust tushadi. Shu sababli IG va UG qiymatlari oʻzgarmaganda cosqancha kichik boʻlsa yoki generatorning reaktiv yuklamasi katta boʻlsa, kompaundlash toki shuncha katta boʻladi - bu fazaviy kompaundlash hisoblanab, u kuchlanishni aniqroq ushlab turishni ta’minlaydi, chunki kompaundlash toki faqat generator tokining absolyut miqdoriga bogliq boʻlmay, balki cosga ham bog’liqdir.
Kompaundlash tokining korreksiyasi, U1 ning berilgan miqdoriga qarab, MUT ning qoʻshimcha magnitlash chulg’ami 4 orqali kuchlanish korrektori yordamida nihoyasiga yetkaziladi.
Umumiy holda kuchlanish korrektorining tarkibiga avtotransformatori orqali
kuchlanish transformatori KT zanjiriga ulanadigan ikkita oʻlchash elementi I1 va I2
kiradi.
Korrektor oʻlchash organining ishlash prinsipi 1.11-rasm, b da tushuntirilgan. Oʻlchash elementi I1 ning chiqishidagi toʻg’rilangan tok I1 kirish kuchlanishiga toʻg’ri proporsionaldir. Shuning uchun bu element toʻg’ri chiziqli element deb ataladi.
I2 elementning chiqishidagi toʻg’rilangan tok I2 egri chiziqli deb atalib, kirish kuchlanishi kattaligiga nisbatan egri chiziqli bog’lanishga ega boʻladi. Ikkala tok I1 va I2 kuchaytirgich U ga keladi va kuchaytirgich ularning ayirmasiga reaksiya beradi va uni kuchaytiradi. Korrektorning chiqishidan chiqqan tok bu holda MUT ning qoʻshimcha magnitlash chulg’ami 4 ga keladi.
Rasmdan koʻrinadiki, oʻlchash elementlarining kirishidagi kuchlanish U1 dan kamayib ketsa, toklarning ayirmasi (I1 - I2) ta’sirida korrektorning chiqishidagi tok ortadi. Korrektor generatorning kuchlanishini oʻlchash elementlarining kirishidagi kuchlanish U1 ga teng miqdorda bir xil qilib ushlab turadi. Avtotransformator yordamida korrektorning sozlanishini oʻzgartirish mumkin.
AQU ning koʻrib oʻtilgan sxemasi stator toki bilan generator statori kuchlanishining oʻzgarishiga reaksiya beruvchi, proporsional ta’sir etuvchi regulyatorlar guruhiga kiradi.
Rostlash parametrlarining oʻzgarish tezligiga yoki hatto uning tezlanishiga reaksiya beruvchi kuchli ta’sir etuvchi oʻzgartirgichlar yaratilgan va ishlatilmoqda. Qoʻzg’atish kuchlanishining katta tezlikda oʻzgarishiga va qoʻzg’atgich maksimal kuchlanishining katta qiymatlariga ega boʻlgan tez ishlovchi qoʻzg’atish tizimlari bilan kuchli ta’sir qiluvchi AQU qurilmasi birgalikda generatorning parallel ishlash turg’unligini ancha oshirish imkoniyatini beradi. Qoʻzg’atishni oʻzgartirish faqat generator kuchlanishining oʻzgarishini hisobga olgan holda, olib borilmay, balki energotizim chastotasining ham oʻzgarishini hisobga olgan holda bajarilsa, toʻg’rilagich bunda haqiqatan samarali boʻladi.
Kuchli ta’sir qiladigan AQU ning struktura sxemasi 1.12-rasmda keltirilgan. Qoʻzg’atishni avtomatik rostlash ikkita asosiy zanjirga: oʻlchash zanjiri va
kuchaytirgich - summator (jamlagich) dan iborat.
Oʻlchash zanjiriga: kuchlanishni oʻlchash bloki (KOʻB) va chastotani oʻlchash bloki (ChOʻB) kiradi.
Kuchlanishni oʻlchash bloki oldin ulangan element tokni rostlash bloki (TRB) ga ega boʻlib, unda oʻlchanayotgan kuchlanish generator tokining reaktiv tashkil qiluvchisiga qarab, avtomatik tarzda korreksiyalanadi. TRB dan keyin signal

oʻlchash elementlari
U (kuchlanishning

chetga chiqishi) va U1 (kuchlanishning hosilasi) ga keladi, bu elementlarning chiqish kuchlanishlari koʻrsatilgan miqdorlarga proporsional boʻladi.



    1. - rasm. Kuchli ta’sir etuvchi AQU ning struktura sxemasi

Chastotani oʻlchash bloki oʻlchash elementlariga ega boʻlib, ularning chiqishga



chastotalari f
va f1 larga proporsional boʻladi. Kuchaytirgich - summator ikki

kaskadli magnit kuchaytirgichdan iborat boʻlib, uning chiqish signali qoʻzg’atish tizimi (ijro qiluvchi element) ning tez ta’sir qiluvchi tiristorlarining ish va jadallashtirish guruhlarini boshqarish uchun beriladi. AQU ning harakteristikalarini yaxshilash (tez ta’sir qilishni oshirish va boshqalar) uchun toʻg’rilagich sxemasiga, odatda, teskari aloqa (bog’lanish) TA lar kiritiladi.



Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish