3.. Yurish va yugurish
Yurish faqat oyoq muskullarini ishga solmasdan u butun tana muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining ish faoliyatini yaxshilaydi.
Zo‘ r berish bilan bo ‘ shashish navbatlanib turadigan muskullaming bir tekis ishi xotiijam yurganda organizmning osuda holatga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratadi, shu bilan birga tez yurganda jismoniy yuklama sezilarli darajada oshadi.Har xil saflanishlarda yurish gigiyenik samarasidan tashqari jamoa boiib harakatlanish malakalarini egallashga ham yordamlashadi-Gimnastika mashg‘ulotlarida yurishning quyidagi mashqlari qoilaniladi: sayr qadami yoki oddiy qadam, oyoqlar uchida, tovonlarda, oyoq kaftlarining ichki va tashqi qirrasida yurish, qoilar bilan tizzalarga tayanib yurish, kerishib yurish, «sezilarsiz» yurish, tizzalami baland ko‘tarib (oyoqlami oldinga bukib) yurish, yarim cho‘qqayib va cho‘qqayib yurish, bir oyoqni bukkancha keng qadamlab yurish, qadamlami juftlab va almashib yurish, oldinga va yon tomonga oyoqlami chalishtirib yurish, yurishni sakrashlar bilan navbatlashtirib yurish.Yugurish yurishga nisbatan ancha dinamik mashqdir, shu sababli u harakat apparatiga, yurak qon-tomiri va nafas olish tizimiga anchagina katta ta’sir o‘tkazadi. Yugurish tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.Yugurishning xarakter va jadalligi turlicha boiishi mumkin, shuning uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qoilaniladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida qoilaniladigan yugurish mashqlari: oddiy yugurish, tizzalami baland ko‘tarib yugurish, oyoqlami oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonlarga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga yugurish, qo‘shimcha harakatlar bajarib, burilishlar, to‘xtashlar bilan, buyumlami uloqtirish va uni ilib olish bilan yugurishlar, qayta saflanib, turli to‘siqlami oshib o‘tib, to‘siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni navbatlashtirish va hokazo.0‘rgatish uslibiyoti. Yurish va yugurishni o‘rgatishning asosiy uslubiy yaxlit o‘rgatishdir, ya’ni mashqning qanday bajarilishini ko‘rsatish va tushuntirishdan keyin uni yaxlit bajarish taklif qilinadi. Ayrim hollarda, o‘quvchilar mashqni bajara olmaganlarida qismlarga ajratish usulini qoilash, ya’ni mashqni qismlarga boiib bajarish mumkin. Birinchi navbatda oyoq kaftlarining to‘g‘ri qo‘yilishiga ahamiyat berish zamr. Oyoq kaftlari yurishda biroz tashqariga, yugurishda esa to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bosiladi. Oyoqlami yerda «sudraladigan» qilib ortiqcha bo‘shashtirish va shuningdek, ulami har doim ortiqchazo‘riqtirish ham yaramaydi. Gavdaning (vertikal va yon tomonlarga) minimal chayqalishiga erishish zarur.Yurishda qo‘llar tirsak bo‘g‘inlaridan ham, yelka bo‘g‘inlaridan ham erkin va keng harakatlanishi kerak.Shug‘ullanuvchilami turli uzunlikda qadamlab yurish va yugurishga o‘rgatish zarur. Buning uchun pol yoki maydonchada belgilar qo‘yishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Yurish yoki yugurishning bir turidan ikkinchi turiga o‘tish, odatda, harakat chog‘ida amalga oshiriladi.Fiziologik yuklama yurish va yugurishning tezligini va ulaming bajarilish davomiyligini o‘zgartirish orqali boshqariladi.Yurish mashqlarini o‘tganda, ayniqsa bolalar guruhlari bilan mashg‘ulot o‘tkazilayotganda asosiy diqqat qomatni to‘g‘ri tutishga qaratilishi zamr.
Do'stlaringiz bilan baham: |