ÕZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM VAZIRLIKI
NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUYI
JISMONIY MADANYAT 1 KIRS TALABASI Xõjamuratõv Umor
GIMNASTIKA VA UNI ÒQITISH METODIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu:GIMNASTIKA ZALLARI GIMNASTIKA JIHOZLARINING TÒPLANMASI , JIHOZLAR, GIMNASTIK MAYDONCHASI , ZALLAR VA MAYDONCHALARDAN FOYDALANISH , FOYDALANISH QOIDALARI HAQIDA NAZARIY MALUMOTGA EGA BÒLISH
REJA:
1.Ixtisoslashgan - amaliy gimnastika
2.Sport amaliy gimnastika
3.. Yurish va yugurish
1.Ixtisoslashgan - amaliy gimnastika
Ixtisoslashgan amaliy gimnastika shug‘ullanuvchilaming umumiy jismoniy rivojlanishga va ulaming o‘z ixtisoslariga xos mehnat harakatlami tezroq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan. Ixtisoslashgan amaliy gimnastika jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik asosan turli kasbdagi ishchilami tayyorlaydigan ixtisoslashgan texnika bilim yurtlarida, shuningdek oliy o‘quv yurtlari hamda texnikumlarda o‘tkaziladi. Bu tayyorgarlik uch qismdan iborat: umumiy, ixtisoslashgan amaliy va maxsus jismoniy tayyorgarlik. Umumiy jismoniy tayyorgarlik shug‘ullanuvchilami har tomonlama, garmonik rivojlantirish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan. Bu tayyorgarlik turli sport turlari mashg‘ulotlami: yengil atletika, chang‘i, suzish sporti va hokazolami o‘z ichiga oladi. Bu tayyorgarlikda ayniqsa quydagi gimnastika mashqlari katta o‘rin tutadi.Buyumsiz va buyum bilan umumrivojlantiruvchi mashqlar. Ommaviy tusdagi snaryadlar (gimnastika devori, o‘rindig‘i, arqon, xoda va boshqalar)dagi mashqlar.Oddiy akrobatika mashqlari.Oddiy va tayanib sakrashlar.Ixtisoslashgan amaliy gimnastika mashqlari bo‘lajak kasbni tezroq egallab olishga mo‘ljallangan. Hamma uchun yagona bo‘lgan umumjismoniy tayyorgarlikdan farqli o‘laroq ixtisoslashgan amaliy tayyorgarlik bo‘lajak ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Uning dasturiga ixtisoslashgan amaliy gimnastika kiradi, uning hajmi va xarakteri o‘quvchilaming ixtisosi va shug‘ullanuvchilar mehnatining sharoiti va xususiyatiga bog‘liqdir.Ixtisoslashgan amaliy gimnastika shug‘ullanuvchilaming ishlab chiqarish faoliyatida asosiy ishni bajaradigan muskul guruhlarini rivojlantirishga, shuningdek boiajak kasbga zarur boigan harakatlarni o‘stirishga moijallangan. Bundan tashqari, mehnat jarayoniga o‘xshash boigan mashqlar yordamida aniq kasb sohasida muvaffaqiyatliroq ishlash uchun zarur boigan jismoniy sifat va harakat malakalari rivojlanadi.Ixtisoslashgan amaliy gimnastikaga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda hamma mashqlar: umumrivojlantiruvchi va erkin, snaryadlardagi, saf va amaliy, akrobatika va badiiy gimnastika mashqlari qoilanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda duradgor, bo‘yoqchi va suvoqchilaming ixtisoslashgan amaliy jismoniy tayyorgarlik mashqlari ishlab chiqarilib, sinovdan o‘tkazilgan edi. Ulaming jismoniy tayyorgarlik dasturining ko‘p qismini ham amaliy gimnastika egallaydi.Montajchilar va GTSOLIFK gimnastika kafedrasi montajchi xavozada ishlovchilar uchun ixtisoslashgan amaliy gimnastikaning ilmiy asoslangan dasturini ishlab chiqishni iltimos qilib murojaat qiladi. Mazkur dastur tuzilayotganda esa xavozada ishlovchi montajchilaming yuksakda tor maydonda, ko‘pincha og‘ir asboblami ko‘tarib (payvand qilish apparatlari, katta gayka kalitlari va boshqalar bilan) ishlashlari, ulaming tor joylardan yurishlari, ish joyida tik temir narvondan chiqishlari va narvondan narvonga o‘tishlari shuningdek, chiqqanda biron narsa yordamisiz faqat qo‘1 bilan ushlab chiqishlari va hokazolar hisobga olingan.
Tadqiqotlar tajribali, xavozakorlaming jismoniy tayyorgarligi II sport raziryadiga ega boigan gimnastikachilaming jismoniy tayyorgarligiga teng kelishini ko‘rsatadi. Demak, ixtisoslashgan amaliy gimnastika dasturi shunday tuzilishi kerakki, mashg‘ulotlaming oxiriga kelib shug‘ullanuvchilaming jismoniy tayyorgarlik darajasi malakali ishchilaming jismoniy tayyorgarlik darajasiga yaqinlashsin. Bu masalani hal qilish uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar, tumik va qo‘shpoyalarda bajariladigan mashqlar, narvon va arqonlarga tirmashib chiqish mashqlari, tayanib sakrashlar maxsus tanlab olingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |