‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asosida  о ‘qituvchining



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asosida  о ‘qituvchining 

pedagogik faoliyatida:

-  ta’limning  texnologik  asosini  zamon  talablari  darajasida 

rivojlantirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  murakkab  jarayon  yengil- 

lashadi;


-  dars jarayonini  zamonaviy  texnik  vositalar  asosida  tashkil 

etish uchun maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi;

-m asofaviy  kursiarning  ochiqligi  tufayli  ulaming  sifatiga 

bo‘lgan talablar va o'quv materiallarining  sifatini nazorat qilishga 

ehtiyoj paydo bo‘ladi;

-  talim  jarayonida  o‘quvchilaming  mustaqil  faoliyati  tako- 

millashadi, 

dars  jarayonining  samaradorligi 

o£qituvchidan 

o‘quvchiga ko‘chadi;



460


-  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishda,  o‘quvchining  tashkilot- 

chiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi;

-  zamonaviy kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish 

asosida  o‘qituvehi  pedagogik  faoliyatida  har  bir  o!quvchi  bilan 

teskari aloqasi vujudga keUshi ta’minlanadi.

Hozirgi  kunda 

0

‘qituvchi  ta’lim-tarbiya  jarayonida  o‘quv- 



chilaming  imkoniyatlari  va  talablarini  inobatga  olishi  zarur. 

0 ‘qituvchi  tomonidan  targ‘ib  etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi 

shaxsga yo‘naltirilgan  xarakterda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil 

xususiyatlari  va  sifatiga  e’tibor  qilgan  holda  tabaqalashtirilgan 

bo‘lishi kerak.

Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy- 

texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi 

va  rivojlanadi.  Bu  muhitlarning  eng  ustuvori  ijtimoiy-iqtisodiy 

omillardir.  Ilmiy-texnik  taraqqiyot,  madaniy  va  siyosiy  muhit 

ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlami rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi 

mumkin.  Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 

rivojlanishining  asosiy  vazifalarini  amalga  oshirishga  xizmat 

qiladi,  chunki  umumta’lim  maktablari,  oliy  ta’lim  muassasalari 

insonni  iqtisodiyot,  madaniyat,  siyosiy jihatdan  hayotda  qizg‘in 

faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi.  Shuning  uchun ham ta’lim 

muassasalari  o‘qituvchisi  ta’lim-tarbiya  jarayonining  tayanch 

bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy  axborot  texnologiyalari  shakl  va  mazmumning 

rang-barangligi  -   o‘quvchining  qiziqishi,  imkoniyati  va  shaxsiy 

xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash 

imkoniyatini  beradi.  Bunday  imkoniyat  ta’lim  tizimida  ham  o‘z 

aksini  topishi  zarur.  0 ‘qituvchining  har  xil  sathli  o‘qitishni 

zamonaviy  axborot  texnologiyalari  asosida  tashkil  etishi  bunday 

muammoning yechimi bo‘la oladi,

0 ‘quv  mashg'ulotlarini  o‘quvchilaming  kundalik  fanlar 

majmuasi va ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi 

asosida belgilanishi, har bir o‘tiIgan mavzuni keying! darsda so‘rab 

baholanadigan qilib tashkil  etilishi ko‘plab  muammolarni  keltirib 

chiqaradi.  Bunday  holda  o‘quvchilar  biron  bir  fanga  o‘zlarining 

asosiy  diqqat  e’tiborini  to'liq  qarata  olmaydilar.  Bunday

461



notugalliklami bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi yechim 

hisoblanishi mumkin.

Zamonaviy  jamiyatda  ta’lim  tizimini  rivojlantirishning 

strategik  yo‘na!ishi  —  bu  insonning  turli  sohalarda  maqsadli 

mustaqil  faoliyat  asosida  intellektual  va  axloqiy  rivojlanishidir. 

Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:

1.Ta’lim tizimini isloh etish.

2.Mustaqil  faoliyat  tamoyilini  ta’lim  va  tarbiyaning  asosiy 

tamoyili sifatida e’tirof etish.

3. Ta’lim 

va 

tarbiya  jarayoniga 



zamonaviy 

axborot 


texnologiyalarini joriy etish.

Zamonaviy  insonning  o'qish  jarayoni  faqat  bog‘cha, 

umumta’lim  maktablari,  akademik  litseylar  yoki  kasb-hunar 

kollejlari,  oliy  ta’lim  muassasalari  bilan  tugamaydi.  Inson  butun 

umri  davomida  ta’lim  olishi  zarur,  ya’ni ta’lim  uzluksiz  bo‘lishi 

kerak. Demak, uzluksiz ta’lim -  davr talabidir.  Zero, bu muammo 

zamonaviy  axborot  texnologiyalariga  bo'lgan  ehtiyojni  yanada 

shakllantirishi shubhasiz.

XXI 

asr  -   axborotlashtirish  asrida  ta’lim  sohasini  axborot- 



lashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:

- o‘qitish va o‘qish jarayonining;

- ta’lim muassasasi boshqarilishining;

- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;

-  ta’lim muassasasi  faoliyati  muhitining  axborotlashtmlishini 

talab qiladi.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish