‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Pantomimika  -   bu  gavda,  qo‘l,  oyoq harakatidir.  0 ‘qituvchi 

darsda  o‘quvchi  ma’Iumotlarini  bayon  qilar  ekan,  gavda  holati 

orqali  ma’lumotlaming  obrazini  chiza  olsa,  o‘quvchilar  bundan 

zavqlanadilar,  ichki  his-tuyg‘uiari,  tashqi  hissiyotlari  bilan 

qo‘shilib  butun  borliq  materiallar  mazmunini  o‘zlashtirishga 

qaratiladi.  Gavdani  rost tutib yura  bilish,  fikrlarini  aniq  va  to‘liq 

bayon  qila  turib  qo‘l,  boshni  turli  harakatlarda  ifodalash 

o‘qituvchining o‘z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi.  Shuning



454


uchun  o‘qituvchi  o‘quvchilar  oldida  o‘zini  tuta  bilish  hoiatini 

tarbiyalash  lozim  (oyoqlari  12-15  sm.  kenglikda,  bir  oyoq  sal 

oldinga surilgan holda turish).  0 ‘qituvchining harakatlari ma’noli, 

ortiqcha harakatlardan holi bo‘lmog‘i darkor.

Masai an: keraksiz hollarda  qo‘llari bilan imo -  ishoralar qilish, 

boshini  uyoq  -   buyoqqa  tashlash  va  h.k.  Bunday  holatlar 

o ‘quvchilaming  g‘ashini  keltiradi  va  o‘quvchi  predmetiga, 

o'qituvchiga  nisbatan  hurmatsizlik  his-tuyg‘ularini  uyg‘otadi. 

0 ‘qituvchi sinfda yurgan paytida faqat oldin va orqaga yurishi tav- 

siya qilinadi. U yondan. bu yonga yurish o‘quvchilar fikrini bo‘ladi. 

Old  tomonga  yurayotganida  o‘qituvchi  muhim  voqealami  bayon 

qilishi  lozim,  chunki  bunda  o‘quvchilar  o‘qituvchini  butun  diq- 

qatlari bilan eshitayotgan bo‘Iadilar.  Orqa tomonga qarab yurayot- 

ganda uncha ahamiyatga molik bo'lmagan fikrlar aytilsa ham bo‘- 

ladi.Chunki bu vaqtda o‘quvchi!ar bir oz erkin holatda bo‘ladilar.

0 ‘qituvchining  o‘z  xatti-harakatini  idora  qilishi  tizimida  o‘z 

hissiy  (psixik)  hoiatini  boshqara  olishi  muhim  ahamiyatga 

ega.O‘qituvchi  ta’sir ko‘rsatish  vaqtida  (darsda,  darsdan  tashqari 

mashg’ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini 

boshqara  olishi,  jiddiy  bo‘lishi,  umidbaxshlik,  xayrxohlik 

kayfiyatda  bo‘la  olish  qobiliyatlarga  ega  bo‘lishi  zarur.  Bir  adib 

aytganidek,  “Tarbiyachi  tashkil  etishni,  yurishni,  hazillashishni, 

quvnoq,  jahldor  bo‘lishni  bilishi  lozim,  u  o‘zini  shunday  tutishi 

kerakki,  uning  har  bir  harakati  tarbiyalasin”  va  o‘qitsin.  Bunday 

malakaga ega boigan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, ko‘p 

yillik  faoliyati  davomida  sog‘lom  asab  tizimini  o‘zida tarbiyalab 

asabiylashishdan.  hissiy  va  aqliy  zo‘riqishlardan  o‘zini  saqlay 

oladi. 0 ‘z xatti-harakatini, hissiy hoiatini nazorat qilishda pedagog 

o‘zida quyidagilami shakllantirishi lozim:

-   o‘z xulqini nazorat qilish, (muskul zo‘riqishini, harakati, nutq 

tempi,  nafas olishini tartibga solish):

-   faoliyatni  dam  oldirish,  ya’ni  link,  musiqaviy,  yumoristik, 

jismoniy  pauzalami yaratish:

-   o‘z-o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsatish va  hokazo.

0 ‘qitish  samaradorligini  oshirish  va  ijobiy  tarbiyaviy  ta’sir 

ko‘rsatish uchun  o‘qituvchi aktyorlik va rejissyorlik malakalariga



455


ham  ega  bo‘lishi  lozim.  Ma’lum  mavzular,  obrazlar,  tarixiy 

qahramonlami  xarakteriayotganda  aktyorlik,  o‘quvchilarda ushbu 

xususiyatlami  tarbiyalashda  esa  rejissyorlik  malakalari  zarur. 

Yuqorida qayd qilib o‘tilgan kasbkorlik malakalari o‘qituvchining 

o‘quv  va  maxsus  fanlar  bo‘yicha  biliffilari,  pedagogik  mahoratni 

egallashga  intilish,  o‘z  kasbiga  qiziqish  va  burch,  hamda 

ma’suliyatni  his  qilish  asosida  egallanadi.  Va  ular  yoshlami 

o‘qitish, tarbiyalash, tashkil qilish, targ‘ibot qilish,  mustaqil bilim 

olish  ishlariga  yordam  beradi.  Masalan,  nutq  texnikasini,  his  -  

tuyg‘u,  mimik,  pantomimik  malakalari  bilan  qo‘shib  olganda 

amalga oshirish bunda so‘z, gap ohangi, qarash, imo -  ishora bilan, 

kutilmagan  pedagogik  vaziyatda  osoyishtalik  bilan  aniq  fikr 

yuritish,  tahlil  qilish  qobiliyatiga  asoslansa  maqsadga  muvofiq 

bo‘ladi.  Bu xususiyatlar pedagogning  individual  psixik  fiziologik 

fazilatlari  asosida  tarkib  topadi.  Individual; pedagogik  texnika 

o‘qituvchining  yoshi, jinsi, mijozi, fe’l -  atvori, sihat — salomatligi 

va  anatomik  — fiziologik  xususiyatiga  bog‘liqdir.  Shunday  qilib, 

o‘qituvchi -  tarbiyachi  o‘zida yuqoridagi malakalarni tarbiyalasa, 

ularning  mazmunini  chuqur  o‘zlashtirsa  pedagogik  texnikani 

egallashning imkoni bo‘ladi va u o‘qituvchini pedagogik mahorat 

sari yetaklaydi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish