‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi


Ko‘rgazmali metodlaming turlari



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

Ko‘rgazmali metodlaming turlari.

Ushbu  metodlardan  foydalanish  zaruriyati  ko‘rsatmalilik 

tamoyiliga  amal  qilish  maqsadga  muvofiq  ekanligida  ko‘rinadi. 

Inson  miyasining  30  foiz  hajmi  ko'rishni,  faqat  3  foizigina 

eshitishni  ta’minlovchi  neyronlar  tashkil  etadi.  Pedagogik- 

psixologik  yo‘nalishda  -olib  borilgan  tadqiqotlar  natijalaridan 

ma’lum  bo‘ladiki,  shaxs  tomonidan  o‘ zlashtirilayotgan  bilimlar- 

ning  85  foizi  ko4rish  retseptorlari  yordamida  o‘zlashtiriladi. 

Demak,  o‘zbek  xalqi  tomonidan  ko‘p  bora  qo‘llaniladigan  «Yuz 

marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi»  maqoli  ilmiy asosga 

ega ekan.

156



Namoyish metodi o‘rganilayotgan obyekt UaraKat arnami&asim 

ochib  berishda  qo‘l  keladi  va  ayni  chog‘da  predmetning  tashqi 

ko‘rinishi  va  ichki  tuzilishi  haqida  toiaqonli  maiumot  berishda 

keng  qoilaniladi.  Tabiiy  obyektlami  namoyish  qilishda  odatda 

uning  tashqi  ko‘rinishi  (shakli,  hajmi,  miqdori,  rangi,  qismlari, 

ulaming o‘zaro  munosabatlari)ga  e’tibor qaratiladi,  so‘ngra  ichki 

tuzilishi  yoki  alohida  xususiyatlarini  o‘rganishga  o‘tiladi. 

Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o£rganilayotgan obyektlaming subyekti 

yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf 

taxtasiga  chizish  yoki  o‘qituvchining  maxsus jihozlar  yordamida 

ko‘rsatib  berishi  hisobiga  amalga  oshadi,  bunda  ushbu  tajriba 

asosida yotuvchi tamoyillami tushunish osonlashadi.

Predmetlar,  hodisa yoki jarayonlami  tabiiy holatda namoyish 

qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namo- 

yishni amalga oshirish har doim ham mumkin boiavermaydi.  Shu 

bois  o ‘qituvchilar  tabiiy  predmetlami  namoyish  qilishda  sun’iy 

muhitga  murojaat  qilishadi  (masalan,  hayvonlar  bilan  hayvonot 

bogida, turli o'simliklar bilan esa issiqxonalarda  tanishish) yoki 

sun’iy ravishda yaratilgan obyektlar (maket, model, mulyaj, skelet 

va boshqalar)dan foydalaniladi.

Bu metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilami mustaqil ravish­

da  obyektlami  o'rganish,  zamriy  oichov  ishlarini  olib  borish, 

aloqadorlikni  o‘matish,  shuningdek,  hodisalarning  mohiyatini 

anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘- 

naltirishi lozim.  Namoyish samarasi  ko‘p jihatdan  o'qituvchining 

bilish  jarayoni  mohiyatan  o‘quvchilaming  yoshiga  mos  holda 

to‘g‘ri  tanlanishi  hamda mumkin  qadar ulaming  diqqatini namo­

yish  etilayotgan  predmetning  muhim  jihatlariga  yo‘naltinshiga 

bogiiqdir.

Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas 

bogiiq  boisa-da,  didaktikada  alohida  o‘rganiladi.  Illyustratsiya 

narsa,  hodisalar  va  jarayonlami  ulaming  ramziy  ko‘rinishlari  -  

chizma,  rasm,  fotosurat,  yassi  modellar  va  boshqa;lar  yordamida 

ko‘rsatishni taqozo etadi.

Namoyish  va  tasvir  metodlari  o‘zaro  bogiiqlikda  bir-birini 

toidirgan  holda  qoilaniladi.  Agar  hodisa  va jarayonni  o‘quvchi



157


yaxlit  holda  qabul  qilishi  zarur  bo‘Isa  namoyishdan  foydalanish, 

agar  hodisa  mohiyati  hamda  uning  unsurlari  o‘rtasidagi  bog‘la- 

nishlami anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.

Tasviming samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv 

texnologiyasi  qay  darajada  o‘zlashtirilganligiga  bog‘liq  boiadi. 

Ko‘rsatmalardan  foydalanishning  bilish  jarayonidagi  didaktik 

ahamiyati  o‘rganilayotgan  obyekt  mohiyatini  to‘laqonli  yorita 

olishi  bilan  belgilanadi.  Aslida  illyustratsiyalar  oldindan 

tayyorlanib,  dars  jarayonida  zarur  o‘rmlarda  kerakli  hajmda 

ko‘rsatiladi,  aks  holda  ular  sonining  oshib  ketishi  o‘quvchilami 

hodisa mohiyatini  anglashda chalg‘itadi.  Ayrim hollarda tarqatma 

materiallar  (fotosurat, jadval,  tabiiy  obyektlar  va  boshqalar)  yoki 

texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Ko‘rgazmali  metodlardan  foydalanishda  samaradorlikka 

erishish  uchun  quyidagi  shartlarga  amal  qilish  maqsadga  mu- 

vofiqdir:

- ко ‘rgazmalilikning  o‘quvchilar  yoshi  va rivojlanish  daraja- 

siga mos kelishi;

- namoyish etilayotgan obyektlar barcha o‘quvchi!arga yaxshi 

ko‘rinib turishi;

- namoyishda uning  boshlang‘ich  bosqichi  va  asosiy jarayon 

(holat)laming ajralib turishi;

- tajribalar  namoyishi  maket,  jihoz,  qurollar  yoki  tajriba 

sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi;

- namoyish  va  illyustratsiya  o‘quv  materialining  mazmuni 

bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.

Amaliv ishlar metodlari o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan 

nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalami 

hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.


Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish