‘zbekiston respublikasi oliv va o rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 19,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/412
Sana15.07.2021
Hajmi19,15 Mb.
#120500
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   412
Bog'liq
Umumiy pedagogika Mavlonova R.A

8.Darsga tayyorlanish

Darsning  samaradorligi  deganda  lining ikkita tarkibiy qismini 

ko‘rish mumkin, bular: darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish va darsni 

o‘tish  mahoratidan  iborat.  Yomon  rejalashtirilgan,  yetarlicha 

o'ylanmagan,  shoshilinch  loyihalangan  va  o‘quvchilar  imko- 

niyatlari bilan uyg‘unlashmagan dars yaxshi sifatli bo‘lishi mumkin 

emas.

Darsga tayyorlanish

 -  bu butun bir tadbirlar majmuasini ishlab 

chiqish, ayni paytda pirovard natijani ta’minlaydigan o‘quv tarbiya 

jarayonini  tanlashdir.  0 ‘qituvchining  darsga  tayyorlanishi  uch 

bosqichdan  iborat:  aniqlash,  oldindan  aytib  berish,  loyihalash 

(rejalashtirish). Bu o‘rinda o‘qituvchining materialni yaxshi bilishi, 

o‘z fani doirasida erkin fikrlay olishi ko‘zda tutiladi. U o‘z kasbiy 

mavzusiga  old  papkasini  yoki  ish kitobini  yuritib, unga o‘zi  dars 

o‘tadigan  fan  sohasidagi  eng  yangi  ma’lumotlami  to‘playdi,

140



muammoli  masala  va  topshiriqlami,  test  material! arini jamlaydi. 

Takror aytamiz, muvaffaqiyatli dars o‘tish uchun o‘qituvchi amaliy 

va o'quv materialini  ishonch bilan puxta egallagan boiishi zarur. 

Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish  ishlari  o‘quv  axborotlarini  sinf 

imkoniyatlariga, yuqori samara beradigan bilish mehnati va jamoa 

hamkorligini tashkil etishda qulay shart-sharoit (shakl) ni baholash 

va tanlashga “moslashishga”  olib keladi.  Dars  berishning oqilona 

shaklini  tanlash  uchun  o‘quv  mashg‘ulotini  qat’iy  ravishda 

rejalashtirish  zarur.  Uning  asosida  darsni  tayyorlash  algoritmi 

(qoidalar  majmui),  barcha  muhim  omillar  va  holatlami  hisobga 

olishni  kafolatlaydigan  izehil  tadbirlar  boiishi  zamr.  Demak, 

algoritm  (qoidalar  majmui)ni  amalga  oshirish  muayyan  shart- 

sharoitlami  aniqlash bilan boshlanadi.  Diagnostika  (tashxis)  bu -  

tarbiyaviy  ishlami  loyihalash  munosabati  bilan  dars  o‘tishdagi 

barcha  vaziyatlami  “ochib”  berish  bilan 

o‘quvchilaming 

imkoniyati,  ulaming  faoliyati  va  xulq-atvori  motivlari,  o‘qitish 

darajasi  talab  qiladigan  ehtiyojlar  va  ishtiyoqlari,  qiziqish  va 

qobiliyatlari,  o‘quv  materialining  xususiyati,  uning  amaliy 

ahamiyati,  darsning tuzilishi,  shuningdek,  o‘quv jarayonida butun 

vaqtni  qanday  sarflanishini,  tayanch  bilimlami  takrorlash 

(aktualizatsiya)ga,  yangi  axborotlami  o‘zlashtirishga,  mustah- 

kamlash  va  sistemalashtirishga,  bilim,  malakani  tekshirish  va 

xatolami  to‘g‘rilashga  ketgan  vaqtni  chuqur  tahlil  etish  bilan 

ifodalanadi. 

Ushbu  bosqich  mashg‘ulotlar  samaradorligini 

belgilovchi  omillaming  ta’sirini  yorqin  tasawur  etiladigan 

darsning  diagnostik  kartasini  vujudga keltirish  bilan yakunlanadi. 

Oldindan  aytish  boiajak  darsni  o‘tishdagi  turli  variantlami 

baholash  va  ular  orasidan  eng,  maqbulini  tanlashga  qaratilgan. 

Oldindan  aytishning  zamonaviy  texnologiyasi  dars  samaradorligi 

miqdoriy  ko‘rsatkichlarini  quyidagi  yoilar  bilan  chiqarishga 

yordam  beradi.  Darsning  asl  maqsadi  boigan  bilim  (malakalar) 

hajmini  shakllantirish  100%  deb  qabul  qilinadi.  Unga  to‘sqinlik 

qiluvchi  omillar,  tabiiy  ravishda  bu  ko‘rsatkichni  pasaytiradi, 

yo‘qotishlar kattaligi (maxsus metodika orqali aniqlanadi) va ideal 

natijada chegirib tashlanadi, shunday qilib, pedagog o‘ylagan shakl 

bo‘yicha  dars  samaradorligining  erishishi  mumkin  boigan  aniq




ko‘rsatkichi  aniqlanadi.  Agarda  bu  ko‘rsatkich  o‘qituvchini 

qoniqtiradigan  bo‘lsa,  u  darsga  tayyorlanishning  yakunlovchi 

bosqichi,  rejalashtirishga  o‘tadi.  Qoniqtirmasa  -   o‘zgartirish 

mumkin bo‘lgan omillar vositasida darsni tashkil etishning yanada 

mukammal shaklini izlashga majbur bo‘ladi.

Loyihalash  (rejalashtirish)  -   tayyorlanishning  yakunlovchi 

bosqichi  bo‘lib,  u  o‘quvchilami  aqliy  faoliyatini  boshqarish 

dasturini  tuzish  bilan  tugaydi.  Boshqarish  dasturi  bu  -   qisqa  va 

aniq,  erkin  tuzilgan  hujjat  bo‘lib,  unda  o‘qituvchi  jarayonni 

boshqarishning o‘zi uchun zarur o‘rinlarini qayd qiladi, kimdan va 

qachon  so‘rash,  qayerda  muammoni  yuzaga  keltirish,  mashg‘u- 

lotning  keyingi  bosqichiga  qanday  o£tish  kerakligi,  oldindan 

ko‘zlangan  qiyinchiliklar  paydo  bo‘lganda  jarayonni  qanday 

shaklda  qayta  qurish  mumkin va  boshqalar  shular jumlasidandir. 

Boshqarish dasturi darsning an’anaviy rejasida boshqarish ta’sirini 

aniq, ravshan belgilash bilan farq qiladi.

Yosh o‘qituvchilar darsning reja konspektini batafsil yozishlari 

kerak. Bu qoida amaliyot talabi bo‘lib, undan hali biror o‘qituvchi 

bo‘lajak  darsni  tashkil  etishning  har  bir  tafsilotigacha  o ‘ylab 

chiqmasdan haqiqiy ustoz bo‘la olmagan.  Qachonki, takror-takror 

tuzilishlar odatga aylanib qolganda, rejaning hajmi muttasil kamaya 

borib,  u  harakatlaming  aniq  dasturiga  aylangandagina,  qisqar- 

tirilgan yozuvlarga o‘tish mumkin bo‘ladi.

Yosh o‘qituvchi rejasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:

-   darsning  o‘tish  sanasi  va  mavzu  rejasiga  muvofiq  uning 

tartib raqami;

-   dars o‘tilayotgan sinf va dars mavzusining nomi;

-   o'quvchilarga  ta’lim  tarbiya  berish  va  ulami  rivojlantirish 

maqsad va vazifalari;

-   dars  izchilligini  ko‘rsatgan holda  uning tuzilishi  va har bir 

bosqichlari bo‘yicha vaqt taxminiy taqsimlangan bo‘lishi;

-   o‘quv materialining mazmuni;

-   darsning har bir qismida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan 

metod va ish usullari;

-   dars o‘tish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari;

-   uyga topshiriqlar.




Download 19,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish