Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Sistema,  struktura,  element



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   207
Bog'liq
falsafa

Sistema,  struktura,  element  falsafaning  muhim  kategoriyalaridan  bo‘lib 
hisoblanadi.  Sistema  -  grekcha  so‘z  bo‘lib,  mantiqiy  ma’nosi  butunlik,  yaxlitlik, 
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
Sistema  kategoriyasining  mazmuni,  uni  tashkil  qilgan  elementlarning  strukturaviy 
munosabatlariga  mos  keladi.  SHu  nuqtai  nazardan,  bilish  jarayonidagi  sistemalashtirish, 
nazariy  faoliyat  sifatida,  ularning  tashkil  qilingan  tarkibiy  elementlarini  tarixiy-mantiqiy 
izchil  tartibga  keltirish  bilan  izohlanadi.  Xususan,  bu  elementlarning  funksional 
faoliyatini,  ahamiyatiga  ko‘ra  turkumlashtirish,  muhim  metodologik  ahamiyatga  ega, 
chunki  insonning  borliqni  bilish  faoliyati  sistema  strukturasidagi  elementlarning 
mavjudlik  holati  va  rivojlanishi  ob’ektiv  qonuniyatlarini  o‘rganish  asosida,  ularni 
maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. YA’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy 
bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi 
va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi. 
Sistema  —  narsa  va  hodisalarning  bog‘lanishlari,  aloqadorligi  va  munosabatining 
tartibli  tadrijiy  rivojlanishini  ifodalaydi.  Struktura  esa,  narsa  hodisalar  bog‘lanishi, 
aloqadorligi  va  munosabatlari  tizimining  makon  va  zamondagi  birligini  ta’minlaydigan 
sistemaning  mavjudlik  holatidir.  Umuman,  struktura  (lotin  tilida  tuzilish,  tartib  degan 
ma’noni  anglatib),  sistemani  tashkil  qilgan  elementlarning  nisbatan  turg‘un  bog‘lanish, 
aloqadorligi  va  munosabatidir.  Hozirgi  mavjud  falsafiy  qarashlarda  strukturani 
sistemaning  aspekti  sifatida  qarash  ustuvordir.  Sistemani  tashkil  qilgan  elementlarning 
strukturaviy  tuzilishi  uning  mavjudlik  holatini  hamda  rivojlanish  istiqbollarini  belgilab 
turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy 
olamning  xilma-xil  ko‘rinishlari,  DNK  yoki  RNK  larning  o‘zaro  ichki  munosabatlari, 
xromosomalar  xilma-xilligi,  tirik  organizmlar  turli-tumanligi  aniqlangan.  Ular 
umumlashgan  xolda,  moddiy  olamning  ob’ektiv  realligi  tarzida  mavjud  bo‘lsa  ham, 
moddiylikning  konkret  strukturasiga  ega  bo‘lgan  sistemalardir.  Borliqni  tashkil  qilgan 
elementlarning  munosabatlariga,  makon  va  zamon  xususiyatlariga  qarab,  ularni  «ichki 
struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. 
Element  sistemani  tashkil  qilgan  strukturaning  o‘zaro  bog‘lanish,  aloqadorlik, 
munosabat  jihatlarini  ta’minlaydigan  nisbatan  mustaqil  tarkibiy  qismidir.  Jamiyatda 
element  ijtimoiy  munosabatlarning  konkret  ko‘rinishlari  tarzida  namoyon  bo‘ladi. 
Masalan,  jamiyatni  yaxlit  sistema  deb  oladigan  bo‘lsak,  undagi  element  alohida 
individlar,  ijtimoiy  qatlamlar,  tabaqalarning  ongli  munosabatlari  tarzida  ko‘zga 


 
93 
tashlanadi.  YA’ni,  jamiyatning  axloqiy,  huquqiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va  boshqa 
munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani to‘laligicha 
bilish,  uning  stukturaviy  tuzilishidagi  har  bir  elementning  funksional  faoliyatini  alohida 
tahlil qilishni taqozo etadi. 
SHuni  alohida  ta’kidlash  keraki,  insonlarning  narsa  hamda  hodisalarga  muayyan 
manfaatlari  va  ehtiyojlariga  ko‘ra  yondashishiga  qarab,  har  bir  elementni  nisbatan  mustaqil 
sistema  sifatida  olib  qarash  mumkin.  Masalan,  ma’naviyat  jamiyat  strukturasida,  uni  tashkil 
qiluvchi  muhim  elementlarning  biri  hisoblanadi,  lekin  ma’naviyatni,  maxsus  ijtimoiy  hodisa 
sifatida  alohida  olib  tahlil  qiladigan  bo‘lsak,  uning  ichki  elementlardan  iborat  mustaqil 
sistemaligini ko‘ramiz. SHunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, 
kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. 
SHuning  uchun  «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa 
va  hodisalarni  bilishga  sistemali  yondashish,  strukturaviy  tahlil  usullarining 
umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va 
muhim  bo‘lmagan,  asosiy  va  asosiy  bo‘lmagan  elementlarga  ajratib  o‘rganish  alohida 
ahamiyatga ega. CHunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon 
xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Biroq, ularning ahamiyatini, yuqorida 
ko‘rsatilganidek,  turkumlashtirish  mutlaqo  nisbiy  hamda  shartli  xarakterga  ega  bo‘lib, 
muayyan  manfaatlar  va  ehtiyojlar  asosida  yondashishdan  kelib  chiqadi.  SHunga  ko‘ra, 
konkret  makon  va  zamonda  sistemani  tashkil  qilishdagi  elementlarning  ahamiyati 
strukturaviy  funksiyasida  muqobilliklar  vujudga  kelib  turishi  bilan  izohlanadi.  YA’ni, 
sistemadagi  uning  xarakterini  belgilab  turgan  muhim  element,  ma’lum  vaqtga  kelib 
muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 
Umuman,  falsafaning  sistema,  struktura,  element  kategoriyalari  narsa  va 
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. 
Falsafa  fanidagi  an’anaviy  tarzda  yozilgan  darsliklar,  o‘quv  qo‘lanmalaridan  farqli 
o‘laroq,  bu  kategoriyalarni  qiyosiy  tahlil  qilishimizdan  maqsad,  boshqa  juft 
kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. CHunki, «mohiyat va 
hodisa»,  «mazmun  va  shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va 
voqelik»  kategoriyalarining  mazmuni,  yuqorida  ko‘rsatilgan  «alohidalik»,  «xususiylik» 
«umumiylik»,  «butun»,  «qism»,  «struktura»,  «element»,  kategoriyalari  mazmuni  bilan 
uzviy  bog‘liqdir.  SHuning  uchun  biz  falsafa  kategoriyalarini  bir-birini  taqozo  qiluvchi, 
nisbatan  mustaqil  bilish  usullarining  yaxlit  sistemasi  tarzida  olib  qarashni  lozim  topdik. 
Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida tahlil qilish zarur. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish