Њзбекистон республикаси олий ва њрта



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207
Bog'liq
falsafa

Sabab  va  oqibat.  Narsa  va  hodisalarning  ichki  birligi,  yaxlitligi  va  tarixiy-tadrijiy 
rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har 
qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega 
bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va 
shakl  o‘rtasidagi  aloqadorlik,  bog‘lanish,  munosabatning  xarakteri  muayyan  sababga 
asoslanadi.  YA’ni,  narsa  va  hodisalarning  sistema  shaklida  namoyon  bo‘lishi,  muayyan 
sabab  oqibatidir.  Demak,  narsa  va  hodisalarning  tadrijiy  rivojlanishi  sabab-oqibat 


 
95 
munosabatlari  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  SHunga  ko‘ra,  sabab -  biror  narsa  va  hodisa 
rivojlanish jarayonining oqibatidir. 
Narsa  va  hodisalarning  rivojlanishi  jarayonidagi  sabab  va  oqibat  munosabatlarini 
bilishda,  ularning  makon  va  zamondagi  tarixiy  va  mantiqiy  izchilligi  muhimdir. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  bir  tomondan,  har  qanday  sabab  avvalgi  hodisalar  yoki 
ularning  rivojlanish  oqibati  tarzida  namoyon  bo‘ladi.  Ikkinchi  tomondan  esa,  bu  oqibat 
keyingi rivojlanishning sababi bo‘lib hisoblanadi. 
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo‘lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli 
ravishda:  asosiy  va  asosiy  bo‘lmagan,  muhim  va  muhim  bo‘lmagan  sabablarga  ajratish 
mumkin. 
Sababning  mohiyati  avvalgi  hodisalarning  oqibati  sifatida  vujudga  kelayotgan 
hodisalar uchun sababligidadir. SHunga ko‘ra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida 
qarash  mumkin.  Aniqroq  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  har  qanday  oqibat  sabab  tarzida 
namoyon  bo‘ladi.  SHu  bilan  birga,  sababni  narsa  va  hodisalarning  rivojlanish 
jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. CHunki, sabab 
mavjudlikning  genetik  bog‘lanishlarini,  aloqadorliklarini  ifodalashi  bilan  birgalikda, 
ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hegel tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning 
harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga 
ega: 
1) uning  ob’ektiv  xarakteri  narsa  va  hodisalarning  ichki,  tarkibiy  elementlari 
munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi; 
2) sababning  konkretligi  narsa-hodisalarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi,  hamda 
uning individualligini ta’minlaydi; 
3) sabab  umumiy  xarakterga  ega  bo‘lib,  hech  qanday  narsa  va  hodisaning 
rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi; 
4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi; 
5) sababning  uzluksizligi,  bir  tomondan,  turli  sabablarning  izchil  bog‘lanishlarini, 
munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan 
bog‘liqligini xarakterlaydi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish