antik va Evropa falsafasi va fani asoschilaridan biri; yunon astronomiyasi va
geometriyasiga asos solgan; quyosh tutilishini bashorat qilgan (mil. av. 585
yil), bir qancha geometrik teoremalarni birinchi marta isbotlagan.
Forobiy Abu Nasr (870-950)
- SHarq faylasufi va qomusiy olimi, Aristotel va Platon asarlariga sharhlar
yozgan; uning «Musiqa haqida katta risola» asari – SHarq va qadimgi yunon
musiqa tizimi haqidagi muhim manba; SHarqda ham, G‘arbda ham falsafa
va fanning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Foma Akvinskiy (1225-1274)
- italyan faylasufi va ilohiyotchisi; ortodoksal sxolastikani tizimga solgan;
dominik mazhabiga mansub monax; tomizm asoschisi; asosiy asarlari -
«Ilohiyot yig‘indisi» va «Dahriylarga qarshi yig‘indi»da etuk sxolastika
ratsionalistik izlanishlariga yakun yasagan.
146
Frank F. (1884-1966)
- avstriya-amerikalik fizik va faylasuf; neopozitivizm namoyandasi;
fizikaning asosiy tushunchalarini falsafiy tahlil qilish, fizik bilimlar sohasini
mantiqiy tahlil qilish bilan shug‘ullangan, biologiyada vitalizmni tanqid
qilgan.
Freyd Z. (1856-1939)
- avstriyalik nevropatolog, psixiatr va psixolog, psixoanaliz asoschisi; bosh
miya fiziologiyasi va anatomiyasini o‘rgangan, nevrozlar muammosi bilan
shug‘ullangan; seksuallik rivojlanishining psixik jihatlarini birinchilardan
bo‘lib o‘rgana boshlagan; 1907 y.da ongsizlikning klassik ta’rifini bayon
qilgan; «Men va u» (1923) asarida shaxsning psixologik strukturalari
haqidagi ta’limotni rivojlantirgan.
SHlik M. (1882-1936)
- avstriyalik faylasuf va fizik; mantiqiy pozitivizm dastlabki bosqichi
namoyandasi; pozitivistik fan falsafasini faol ishlab chiqqan Vena to‘garagi
asoschisi; fan falsafasi muammolari, zamon, makon, sababiyat, ehtimollik
tahlili bilan shug‘ullangan.
SHpengler O. (1880-1936)
- nemis faylasufi, «hayot falsafasi» oqimining vakili, madaniyat falsafasi
asoschilaridan biri; asosiy asari – «Evropaning so‘nishi» (1918-1922);
evropotsentrizmga, tarix jarayonining «chiziqli» yo‘nalishiga qarshi chiqqan,
to‘laqonli, lekin har xil madaniyatlarning ko‘pligi g‘oyasini himoya qilgan.
Eynshteyn A. (1879-1955)
- hozirgi zamon fizikasi asoschilaridan biri, nisbiylik nazariyasi muallifi,
kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri, Nobel mukofoti
laureati (1921); zamon va makon, ularning o‘zaro aloqasi, ob’ektning zamon-
makon munosabatlari uning harakati tezligiga, tortishish kuchlariga
bog‘liqligi haqidagi yangi qarashlarni rivojlantirgan; M.Plank bilan birga
kvant fizikasiga asos solgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |