89
narsa va hodisalarning doimiy ravishda o‘zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib
borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko‘ra, har bir mavjud bo‘lgan narsa va hodisa o‘zigacha bo‘lgan sifat
va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o‘zi
ham sharoitning o‘zgarishi, vaqtning o‘tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har
bir narsa va hodisaning o‘zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko‘proq inkor
etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi - avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida
ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning
muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi
belgilar takrorlanadi. Masalan, don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana
o‘simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to‘g‘ri chiziq shaklida emas, doira
shaklida bo‘ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu
yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo‘lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir
bo‘lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo‘ladi. Bu spiralning har bir yangi o‘rami
oldingi o‘ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi bog‘lanishni butkul rad qiladi, deb
tushunmaslik kerak. YAngi qanchalik ilg‘or bo‘lmasin, u yo‘q joydan paydo bo‘lmaydi,
balki eskining qobig‘ida asta-sekin shakllanadi. SHuning uchun ham ko‘p hollarda eskidan
yangiga o‘tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari
saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o‘rtasida vorislik
mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini
tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y berayotgan
hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. YAngi jamiyatni barpo
etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma narsani butunlay yo‘q qilishni bildirmaydi.
Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy,
ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir.
Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini qurmasdan, eskini
buzmaslik lozimligi to‘g‘risidagi xulosasida yaqqol o‘z asosini topgan.
Har qanday fanning o‘ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo‘ladi. Masalan,
fizikada fizik qonunlar, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko‘p duch kelish
mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining
nomi bilan bog‘langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro va hokazo.
Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin.
Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va
kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya
tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko‘ra, «Qonun»
falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy,
nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o‘zaro bog‘lanishlar, aloqalar,
munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko‘rib o‘tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati
va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: