Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqeligi



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/207
Sana29.12.2021
Hajmi1,57 Mb.
#76046
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   207
Bog'liq
falsafa

Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon bo‘ladi. Buning 
mohiyati  shundan  iboratki,  narsa  va  hodisalardagi  sezilarli  bo‘lmagan  miqdoriy  o‘zgarishlar 
asta-sekin  to‘plana  borib,  taraqqiyotning  ma’lum  bir  bosqichida  me’yorni  buzadi  va  sakrash 
yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi. 
Moddiy  olamdagi  xilma-xil  narsa  va  hodisalar  bir-biridan  o‘z  sifati  bilan  ajralib 
turadi. Sifat — narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, belgi, 
xususiyatlari  birligini  ifodalaydi.  Sifat  narsa  qanday  bo‘lsa,  uni  shundayligicha ko‘rsatib 
beradi, jismning barcha tashqi xossalarini bog‘liqlikda namoyon qiladi. 


 
87 
Demak,  sifat  narsaning  umumiyligini,  yaxlitligini,  uning  nisbiy  barqarorligini,  bir-
biriga  o‘xshashligi  yoki  o‘xshamasligini  ifodalaydi.  U  keng  ma’noda  narsalarning  turli-
tuman  xossalari  yig‘indisidir.  Lekin  sifat  va  xossa  aynan  bir  xil  ma’nodagi  tushunchalar 
emas.  Sifatning  o‘zgarishi,  muqarrar  sur’atda,  xossaning  o‘zgarishiga  olib  keladi.  Biroq 
xossaning  o‘zgarishi  har  doim  sifatning  o‘zgarishiga  ta’sir  etavermaydi,  ayrim  xossalar 
narsalarning  sifatiga  ta’sir  etmasdan  yo‘q  bo‘lib  ketishi  mumkin.  Sifat  predmetning 
doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi. 
Narsalar  sifat  muayyanligidan  tashqari,  bir-biridan  miqdoriy  tomonlari  bilan  ham 
farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o‘lchovi, og‘irligi, harakat tezligi va shu kabilar 
bilan  tavsiflanadi.  Tabiat  hodisalari  kabi  ijtimoiy  hodisalar  ham  miqdoriy  tomonga  ega. 
CHunonchi,  suv  o‘z  solishtirma  og‘irligiga,  qaynash  va  muzlash  darajasiga  ega.  Bir 
ijtimoiy  tuzum  boshqasidan  xususiyati  jihatidangina  emas,  balki  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. 
Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega 
bo‘lgan, ya’ni sifati bo‘lib miqdori, miqdori bo‘lib aksincha, sifati bo‘lmagan narsaning 
o‘zi yo‘q. 
Miqdor  va  sifatning  birligi,  o‘zaro  bog‘liqligi  me’yor  tushunchasida  ifodalanadi. 
Me’yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo‘lmagan holatga olib keladi. 
Har  qanday  narsa  va  hodisaga  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlari  xosdir.  Miqdor 
o‘zgarishlari  bilan  sifat  o‘zgarishlari  o‘rtasida  qat’iy  qonuniyat  mavjud  bo‘lib,  bu 
qonuniyat  quyidagicha  ifodalanadi:  miqdoriy  o‘zgarishlar  sifat  o‘zgarishlarini  tayyorlab, 
har  bir  aniq  holatda  muayyan  tub  sifat  o‘zgarishlarini  keltirib  chiqaradi  va  shu  holatda 
miqdor  o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi  sodir  bo‘ladi.  Olamdagi  barcha 
o‘zgarishlar  asta-sekin  sodir  bo‘ladigan  miqdor  o‘zgarishlaridan  boshlanadi.  Miqdor 
o‘zgarishlari  muayyan  chegarada  sifatning  barqarorligiga  ta’sir  etmaydi.  Miqdoriy 
o‘zgarishlar  chegaradan  chiqishi  bilan  sifatning  barqarorligi  buziladi.  Natijada  sifat 
yo‘qolib,  yangi  sifat  yuzaga  keladi. Taraqqiyot  jarayonida  miqdor  o‘zgarishlari  tub  sifat 
o‘zgarishlariga  o‘tishi  bilan  birga  sifat  o‘zgarishlari  miqdor  o‘zgarishlariga  ham  o‘tadi. 
Miqdor  o‘zgarishlari  bilan  sifat  o‘zgarishlari  o‘zaro  chambarchas  bog‘langan  bo‘lishiga 
qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xusussiyatlarga ham ega. CHunonchi: 
- birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar sifatining 
nisbiy  barqarorligi  davrida  ham  miqdoriy  o‘zgarishlar  asta-sekin  yuz  beradi.  Sifat 
o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi; 
- ikkinchidan,  miqdor  o‘zgarishlari  ma’lum  vaqtgacha  narsalarga  muhim  ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo‘qotmaydi, 
keyin  esa  bug‘ga  aylanadi,  sifatini  o‘zgartiradi.  Demak,  sifat  o‘zgarishlari  hodisalarni 
tubdan o‘zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi; 
- uchinchidan,  miqdor  o‘zgarishlari  asta-sekin  amalga  oshadi  va  ko‘p  hollarda 
sezilmasdan  o‘tadi.  Sifat  o‘zgarishlari  esa  ancha  tez,  ayrim  holatda  to‘satdan  sodir 
bo‘ladi; 
- to‘rtinchidan,  sifat  o‘zgarishlari  miqdor  o‘zgarishlariga  qaraganda  tub  o‘zgarish 
bo‘lib hisoblanadi. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish