Mahsulotlar nomi |
Miqdori (%mass.)
|
Etilen
|
16 – 23
|
Propilen
|
15
|
Suyuq mahsulotlar
|
50
|
Hozirda piroliz jarayoni uchun yanada og‘irroq bo‘lgan xom ashyoni ishlatish tendensiyasi kuzatilayapti.
8.3. Kokslash
Kokslash jarayonining maqsadi–neft koksi va keng fraksion tarkibli distillat olishdir.
Neft koksini olish uchun xom ashyo sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin: benzinsizlangan neft, birlamchi qayta ishlash qoldiqlari–mazutlar, yarim–gudronlar, gudronlar; ikkilamchi kelib chiqish mahsulotlari–kreking qoldiqlar, katalitik kreking og‘ir gazoyllari, piroliz smolalari hamda tabiiy asfaltlar va moy ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlari (asfaltlar, ekstraktlar).
Kokslashning sanoat jarayonlari 3 tipga bo‘linadi:
davriy;
yarim uzluksiz;
uzluksiz.
Kokslash davriy usulining ko‘lami va texnik rasmiylashtirilishi – neftni qayta ishlash zamonaviy talablariga mos kelmay qoldi.
Kokslashning uzluksiz usuli esa hozircha tajriba-sanoat bosqichida turibdi.
Hozirda eng ko‘p tarqalgan yarim uzluksiz sanoat jarayoni–asta–sekin kokslash qurilmalarida amalga oshiriladi.
Neft qoldiqlarini asta–sekin kokslash 505–5150С haroratda, 0,2–0,3 MPa bosimda olib boriladi. Kokslash natijasida neft koksidan tashqari gaz, benzin, o‘rta va og‘ir koks distillatlari hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan mahsulotlarning miqdori va sifati xom ashyoning kimyoviy va fraksion tarkibiga va kokslash sharoitlariga bog‘liqdir.
Neftning birlamchi qayta ishlash qoldiqlaridan olingan koks miqdori 15–25% (mass.) ni, ikkilamchi mahsulotlardan olingani esa 30–35% (mass.) ni tashkil qiladi.
Koks bilan birgalikda ko‘p miqdorda qimmatli suyuq va gaz holidagi mahsulotlar hosil bo‘ladi. Ularning yig‘ma miqdori xom ashyoga nisbatan hisoblaganda 70% (mass.) ga yetadi.
Kokslash jarayonining eng katta effektivligi hosil bo‘layotgan hamma mahsulotlarni o‘z o‘rnida to‘la ishlatilganda kuzatiladi.
Uglevodorod tarkibi bo‘yicha asta–sekin kokslash gazlari termik kreking gazlarinikiga yaqin bo‘lib, neftkimyoviy sintez uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Kokslash benzini quyi sifat (motor usuli bo‘yicha oktan soni 60-67, oltingugurt miqdori 1-2%)li bo‘lgani uchun uning ishlatishdan oldin tozalanishi va boshqa jarayonlarni o‘tashi lozim. Uni gidrotozalash va katalitik riformingga uchratish lozim. Kokslash benzini tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlarning ko‘pligi (37-60%)–uni neftkimyo ishlab chiqarishlar (masalan, oksosintez) da o‘ta qadrli xom ashyo qilib qo‘yadi.
Kerosin–gazoyl fraksiyasi gaz–turbina va motor yoqilg‘ilarining komponenti sifatida, katalitik kreking va qurum ishlab chiqarish xom ashyolari sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |