Amaliy mashg‘ulot №7
7.1. Neftdagi sulfidlarni termokimyoviy o‘zgarishlari, oksidlanishi
Zamonaviy yoqilg‘ilarni aksariyat qismi oltingugurtli xom ashyodan olinadi.
Neft sulfidlari kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Ushbuni hamma neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash kimyoviy texnologiyasida va ximmotologiyasida hisobga olish lozimdir. Deyarli hamma zamonaviy yoqilg‘ilar oltingugurtli xom ashyodan tayyorlanadi. Oltingugurt–organik birikmalar yoqilg‘i sig‘imlari va baklari tubida cho‘kma holida ko‘rinib, ular yoqilg‘i filtrlari va yoqilg‘i agregatlari ichki sirtida kuzatiladi.
Bir yil davomida samolyotning yoqilg‘i agregatlari (issiqlik almashtirgichlar, filtrlar, nasoslar) oltingugurt–organik birikmalarning 240 tonnasi bilan kontaktda bo‘ladi. Kislorodli birikmalar uchun ushbu raqam 2–3 marta, azotli birikmalar uchun esa taxminan 10 marta kamdir.
Neft sulfidlari quyi haroratlarda termik barqaror birikmalardir. Ular yuqori haroratlarda erkin R-radikallarini hosil qiladi. Ushbu radikallar uglevodorodlardan protonni olib–merkaptan, alkenlar va so‘ngra H2S va elementar oltingugurtni quyidagi sxema bo‘yicha hosil qiladi.
Dekalindagi dioktilsulfid geliy atmosferasida 1900S da merkaptan hosil qilib, so‘ng hosil bo‘lgan merkaptan H2S va oltingugurtga aylanishi kuzatilgan. С–S bog‘ining uzilish energiyasi 238 kDj/mol ni tashkil etgan. Inert muhitda Arlan va Tuymazin neftlaridan 100-1200S da merkaptanlar, 2200S da esa H2S ajralib chiqadi.
Kislorod ishtirokida 1500S da 0,510 soat davomida alifatik sulfidlar oksidlanib, chuqur oksidlanish mahsulotlari hosil qiladi. Jarayon ko‘p bosqichli bo‘lib quyidagi reaksiyalar ketadi:
Butil, ikkilamchi–oktilsulfidni oksidlanish mahsulotlari ichida sulfoksidlar, sulfonlar, sulfokislotalar, to‘yinmagan birikmalar, aldegidlar va ketonlar kuzatiladi.
7.2. Neftning smolali–asfaltenli moddalari
Neftning eng yuqori molekulyar geteroorganik moddalari tarkibiga bir vaqtda kirgan uglerod, vodorod, kislorod, oltingugurt va ko‘pincha azot, metallar smolasimon–asfaltenli moddalar deyiladi.
Ularning uchuvchanligi yuqori emas. Shu bois neft haydalganda ular asosan qoldiq neft mahsulotlarida yig‘ilib qoladi. Benzin distillati tarkibida bo‘lmaydi. Fraksiyaning qaynash chegarasi yuqori bo‘lgani sari ular bilan shuncha ko‘p smolalar haydalib o‘tadi. Biroq ularning ulushi neftning umumiy miqdoriga nisbatan 15 % dan oshmaydi. Smolasimon moddalar termik va kimyoviy beqaror bo‘lib, ular nisbatan oson oksidlanadi, kondensirlanadi. Qizdirilganda esa parchalanadi. Olimlarning fikricha smolalar–neftning oltingugurtli va azotli birikmalari parchalanganda hosil bo‘ladigan bo‘lakchalardir. Ularni individual komponentlarga ajratish hozircha butunlay bajarib bo‘lmaydigan vazifadir. Kimyoviy belgilari (xususiyatlari) bo‘yicha smolalar massasidan faqat bir oz asfaltogen kislotalar deb nomlanuvchi normal xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni ajratib olish mumkin. Tabiiy asfaltlarda ularning miqdori 6-7% ga yetadi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ushbu smolalar qovushqoq va qoramtir rangga ega. Ular spirt, benzol va xloroformda eriydi. Asfaltogen kislotalar juda kam o‘rganilgan. Ular ishqor bilan reaksiyaga kirishadi. Biroq ko‘pchilik xossalari bo‘yicha naften kislotalardan farqlanadilar. Ularning zichligi birdan yuqori. Karboksil guruhi bilan bir qatorda ularning molekulasida gidroksil guruhlari ham borligi ehtimoldan holi emas. 1200S gacha qizdirilganda ular angidridga o‘tib, so‘ngra esa ishqorlar bilan reaksiyaga kirisha olmaydigan smolasimon moddalarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |