Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус



Download 5,76 Mb.
bet76/123
Sana14.07.2021
Hajmi5,76 Mb.
#118941
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123
Bog'liq
BIOZARARLANISH

Uzoqsharq termiti (Reticulitermes speratus Kolbe.), bundan kopp yillar avval Yaponiya va Janubiy Koreyadan Vladivostokka olib kelingan R.speratus Xitoyning ayrim xududlarida ham qayd etilgan.

Vladivostokda bu termit ayrim yashash va xizmat binolarining devorlari, pollari, shiftlari, deraza va eshik romlarida oprnashib olib zarar berishi aniqlangan.

Termitlarning yetqazayotgan zarari yildan yilgan ortib bormoqda. Termitlarning vayronagarchiligi tufayli keltirgan zarari hech -bir mamlakatda aniq hisoblab chiqilmagan. Hammadan kopra AQSHda batafsil hisoblar shuni koprsatadiki bu davlatda termitlar talofatidan 1938 yili 40 mln dollar zarar koprilgan boplsa; optgan asrning 50 yillari-100; 60 yillari- 250 mln dollarga ortgan; 70 yillari-500; 1982 yili 1,17 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2000 yillar boshiga kelib termitlarga qarshi har yili 2 mlrd.dollar sarflansada, talafotdan keltirilgan zarar 1 mlrd. oshgan (Xamraev va b. 2007).

2002 mahlumotiga kopra (Aminova, 2002) birgina Qoraqalpog’iston Respublikasining termitlardan koprgan zarari 900 mln. dan oshib ketgan.

Termitlarning vayronagarchilik faoliyati asosan yog’ochdan qurilgan uylar Xitoy, Vehetnam, Kongo, Avstraliya va Misr kabi mamlakatlarda halokatli tus olgan. Birgina Avstaliyada termitlar tufayli yog’ochdan qurilgan 3 mln dan ortiq binolar shikastlangan. AQSH ning Kaliforniya shtatida taxminan 4 mingdan ortiq firmalar faoliyati bu shtat xonadonlarini termitlardan himoya qilishga qaratilgan.

33-rasm. AQSH termitlardan koprilgan iqtisodiy zarar (mln. dollar hisobida)


Markaziy Osiyoda termitlarning Turkmanistonga keltirgan katta iqtisodiy zarar mahlum (Kakaliev, 1983). Tojikistonda termitlar muammosi respublikaning shimoliy mintaqasida keskin va jiddiy tus oldi. Ayniqsa Xopjand va Konibodom shaharlariga termitlar katta iqtisodiy zarar keltirmoqda (Baeva i dr., 1993)

Respublikamizning barcha xududlarida, ayniqsa Farg’ona vodiysi, Surxon, Qashqa va Xorazm vohalari hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida termitlar minglab xonadonlar, korxona, maktab, bolalar muassasalari, kasalxona, mehmonxona, omborxona, molxona va boshqa inshootlarga jiddiy zarar keltirmoqda.

SHuning bilan bir qatorda injener va konstruktorlarning koppincha xalokatni oldini olish maqsadida xavotirlanib urinishlari asossizdir, chunki ular termitlarning bir qator fiziologik va ekologik xususiyatlarni hisobga olmaydilar. Material va konstruktsiyalar zararkunandalaridan avallambor termitlarni jamoa hosil qilish xususiyati bilan ajratmoq kerak. Termit oilalarining doimiy uyalarda yashashi, ularning barcha jamoa ahzolarini mahlum bir joyga yashashga bog’lab qopyadi. Qanotli termit zotlari yiliga bir marta uyadan uchib chiqadi va ular shamol yordamisiz uyadan uzoqqa ucha olmaydi. Voyaga yetganlari (imago) uyadan tashqarida boplgan davrda oziqlanmaydi. Keyin termit asosochilari tuproqda uyacha qazisa, ularning yog’och turlari imagosi albatta yog’ochni kemiradi.

SHunday qilib tuproq-termit turlari asoschilari hech qanday materiallarga zarar yetqazmaydilar. Qanotli termitlar ommaviy uchgan davrda turli moslamalar va apparaturalarga kirib qolib ularni ifloslashi mumkin. Ammo bunda ularning zarari har qanday oziqlanmaydigan boshqa hasharotlari zararidan ortiq boplmaydi.

Barcha termitlarning asosiy zararlash tabaqa va rivojlanish fazalari qanotsizlaridir. Oziqa materiallariga tushib qolgan bita-yarimta termit zotlari, qoidaga binoan oz-moz boplsada u yerda yashay olmaydi va sezilarli darajada ham zarar yetkazmaydi. Termitlarni qoniqarli hayot kechirishi uchun tashqi sharoitdan tashqari mos ravishda har bir tur uchun mahlum darajada ular zotlarining minimal soni boplishi kerak. Ammo tuban termitlarda tashqi muhitdan izolyatsiyalangan kichik guruhlari ham qopshimcha jinsiy zotlar hosil qilishi tufayli undan yangi oila rivojlanib kuchli zarar beradi.

Tuproq va quruq yog’och termitlarning hayot kechirishida biozararlanish nuqtai nazaridan jiddiy tafovut mavjud. Quruq yog’och termitlari kamera va yopllarini qurish uchun faqat yog’ochni kemirib ular chegaradan tashqariga chiqmaydilar. Uning naslsiz tabaqalari qurilish va konstruktsiyalarga faqat yog’och elementlari va buyumlar orqaligina optishi mumkin. Bu termitlar zararlangan yog’ochlar bilan nooziqa materiallari orasida kontakt boplgandagina ularga optishi mumkin.

Tuproq termitlari oziqa izlash maqsadida uyadan bir muncha masofaga ketishi mumkin. Bunda ular yopliga duch kelgan bir qancha nooziqa materiallarni kemiradilar. Termitlar loy-suvoq galereya qurishda, turli bopshliqlarni loy suvoqlar bilan topldirib koppchilik apparat va asboblarni ifloslaydi. Bu termitlarning yirik oilalari boplib, binolarning barcha qismiga tarqaladi, kopp sonli koloniyalar hosil qilib natijada keltiradigan zarari jiddiy ravishda ortib boradi.

Koppchilik tadqiqotchilar diqqat ehtiborini turli materiallarni termitlar bilan zararlashga qaratganlar. Bu shuning bilan asoslanadiki, bunday materiallardan turli-tuman buyumlar tayyorlanib, ularning konstruktsiyalari koppincha tez-tez opzgarib turadi. SHuning bilan bir qatorda termitlarning kuchli zararlashi buyumlarning konstruktsiyasiga bevosita bog’liq. Buyumlarning eng yuqori barqarorligi termitlarni oziqa sifatida jalb qilmaydigan materiallardan foydalanish. Yog’ochdan yoki termitlar oziqasi materiallari asosida tayyorlangan buyumlarni termitlar zarariga chalinishiga qarab quyidagi 5 tipga guruhlanadi;



  1. Topliq izolyatsiyalangan buyumlar. Bu tipdagi buyum-yog’och yoki boshqa oziqa material buyumlari termitlar bilan kontaktlanishni oldini olish maqsadida, ular istemol qilmaydigan va ularni opziga jalb qilmaydigan materiallar bilan doimiy izolyatsiya qiligan bopladi. Bunga germitizatsiya qilingan buyumlar, kabellar va boshqalarga tahluqlidir. Buyumning ustki qavati termitlarni optqazmaydigan topsiqdan iborat boplsa, bunday hollarda hech qanday qopshimcha himoyaga ehtiyoj qolmaydi. Buning misoli sifatida qog’oz bilan izolyatsiyalangan elektr quvvat optqazuvchi simlarning qanaqa boplmasin bronlashtirilgan kuchli tok kabelini koprsatish mumkin.

  2. Tuproqdan izolyatsiyalangan buyumlar. Bu guruhga termitlar tuproqdan opta olmaydigan binolarda joylashgan zamonaviy qurilishlarning beton va toshdan ishlangan yog’och elementlari, mebelgp va boshqa preparatlar kiritiladi. Bunday konstruktsiyalarni faqatgina quruq yog’och termitlarigina zararlay olishi mumkin.

  3. Kopchma buyumlar. Mamlakatimiz xududlaridagi g’ildirakli barcha buyumlarni eksplutatsiya qilish davomida termitlar amalda ularga erisha olmaydi. Faqat alohida hollardagina ularni himoyalash zarurati tug’iladi.

  4. Inson turar joydan tashqarida tuproq bilan kontaktda bopladigan buyumlar. Temir yopl shpallari, telegraf simyog’och ustunlari, koppriklar va gidrotexnik inshootlarning yog’och qismlarini chirishdan albatta himoyalanadi. Odatda bu tadbir zavodlarda yog’ochga toshkopmir moyi, yoki kreozotni chuqur shimdirish orqali amalga oshiriladi. Moy shimdirilgan yog’och uzoq yillar davomida termitlarni chopchitishi tufayli, ular bilan zararlanmaydi.

  5. Turar joylar va sanoat inshootlari ayniqsa termitlardan kuchli zarar kopradi. Markaziy Osiyo mintaqasida qayd etilgan 4 turdagi termitlardan ikki turi-oproqchilar turkiston va katta kaspiy orti termitlar jiddiy zarar yetkazadi. Bu ikkala tur ham tuproq termitlarga oid boplib ularning uyalari topliq yoki qisman tuproqqa joylashgan bopladi. Bu termitlarning zarari ular tarqalgan arealga topg’ri keladi. Binolar va inshootlarni termitlardan himoyalash maqsadida muhim ishlar amalga oshirilmoqda, maxsus konstruktsiyalar ishlab chiqilgan (Kakaliev, 1983; Xamraev va boshq., 2001, 2007) himoya chora tadbirlarining asosiy printsiplarini koprib chiqamiz.

Kopp yillik tajriba shuni koprsatadiki binolarni termitlardan ishonchli himoya qilish uni topg’ri loyihalash va qurish orqali amalga oshiriladi. Zararlangan binolarda termitlarga qarshi kurash ancha-muncha mablag’ talab qiladi. Har qanday binoni qurishda uni tuproq termitlar zararidan uzoq muddatda himoyalash maqsadida ikki masala (vazifa) hal qilinadi: qurilish amalga oshiriladigan binolar ostidagi tuproqda termitlarni qirib yopqotish va bino atrofidagi tuproqdan unga termitlar optishini oldini olish.

Birinchi vazifani hal qilishda yirik binolar osti poydevor yotqazish uchun 1,5 m va undan chiqurroq qazilib tuprog’i olinadi va tuproq bilan bir yopla termitlar ham chiqarib olinadi. Qurilish ostidagi tuproq chuqurroq yoki umuman qazib olinmaganda imoratlar mopljallangan maydonlarda kimyoviy preparatlar bilan ishlab chiqiladi, sopngra tuproq ag’darilib chopib chiqiladi va yopl g’altakmasi bilan yer zichlanib chiqiladi.

Imoratlar mopljallangan maydonlarda termitlarni suv bostirish yopli bilan ham yopqotish mumkin.

Ikkinchi vazifani hal qilishda uylar qurilishi amalga oshiriladigan loyihalar kompleks tadbirlarning mohiyati shundaki, termitlar yer osti uyasidan binolarning yog’och konstruktsiyalari va boshqa qismlariga boplgan yopliga optib boplmaydigan kuchli mexanik topsiq-termitoizolyatsiya hosil qilishdir.

SHu maqsadda ishlab chiqilgan va jahon amaliyotida bir necha opn yillab sinalgan quyidagi qoidalarga amal qilish zarur.

Yog’och konstruktsiyali binolar termitlarni optqazmaydigan, fundament va tayanch devorlarining pastki qalinroq qismi balandroq boplgan, pishgan g’ishtlarni terishda esa yuqori markali tsementdan tayyorlangan murakkab qorishma ishlatilgan, temirbeton va boshqa termitlarga qarshi pishiq materiallardan dastlab tuprog’i zichlangan beton yostiqqa joylashtirilgan asosga oprnatilishi kerak, yoki imoratning yarim yer toplasi tamoman shu materiallardan ishlangan boplishi kerak.

Imoratning yog’ochli konstruktsiyalari ostidagi tosh fundament va devorning pastki qalinroq qismi tsement qorishmasi (1:1) bilan 3 sm qalinlikda yoppasiga suvalishi yoki bir-biriga zich taqalgan, chekallari (ichki va tashqi) tashqariga 5 sm chiqib turadigan (450 burchak hosil qilib) va zanglamaydigan metall tabaqa yotqazilishi, yoki pastki qavat qoq yarmigacha yoppasiga betondan ishlangan boplishi kerak. (33-34-rasmlar)

34-rasm. podvolsiz birinchi qavat polini yechish sxemasi. (po K.Kakalievu, 1983)



1-devor, 2-laga, 3-yog’och reykali pol, 4-qalin beton qavat, 5-gidroizolyatsiya qavati, 6-yupqa beton qavati, 7-zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlangan qum qavati, 8-termitlarga qarshi topsiqlar
Termitlarning imorat devori va beton qavati orasidagi tirqishlari optishiga yopl qopymaslik uchun devor ichki piremetri bopylab devor tagi chopkishiga qarshi yopishtiriladigan izolyatsiya oprama materiallari bilan maxkamlanadi.

Beton pollarning issiqlik choxlari va devorga tegib turgan qismlari bitum (smola) bilan topldiriladi, devorlar piremetri esa 5 sm radiusdan kam boplmagan tsement bilan tuzatilishi kerak.



35-rasm. a) Termitlarga qarshi topsiqlarning joylashish va ichki devorning tashqarisiga birikkan sxemasi: 1-tashqi devor, 2-gidroizolyatsiya qavati, 3-4-termitga qarshi topsiqchalar, 5- beton fundament.



b) Himoya topsiqchalari ustidagi birinchi qavat poli topsinlarning joylashish sxemasi: 1-tashqi devor, 2-termitga qarshi topsiqchalar, 3- gidroizolyatsiya qavati, 4-beton fundamenti, 5-shamollatish panjarasi, 6-yog’och topsin. (po K. Kakalievu, 1983)
Imorat tagidagi tuproq quruq boplishi uchun, nam joylardagi zaxni qochirish (drenaj) ni tahminlash zarur.

Ertopladan xopjalik ehtiyojlari maqsadida foydalanish, ayniqsa optin va qurilish yog’och materiallarini saqlashga chek qopyish kerak. Bunday joylar yaxshi shamollatilmog’i zarur.

Qurilish jarayonida imorat ostidagi va atrofidagi barcha keraksiz yog’och buyumlarni imoratdan chetlashtirish kerak. Imorat ostidagi tuproq yog’och materiallardan, opsimlik ildizi va qoldiqlaridan tozalanishi kerak.

Qurilish tugatilishi bilanoq uning atrofiga 1-1,5 m kenglikda beton yoki asfalt yotqazilishi kerak.

Uy devoriga turli xil boshqa qurilishlar, yog’och darvoza, paxsa devorlar yondoshib turishiga yopl qopymaslik zarur. CHunki ular orqali termitlar yog’och konstruktsiyalarga fundamentni chetlab opta olishi mumkin.

Imoratning oson zararlanadigan qismlarini tuproqdan qathiy izolyatsiya qilish termitlarning unga suqulib kirishiga chek qopyadi. Bundan tashqari termitlarga va chirishga qarshi kompleks majburiy tadbirlar quyidagi sharoitlar tahminlangandagina imorat, inshoot yoki binoning uzoq yil turishiga kafolat beradi: barcha konstruktsiyalarga qurish uchun kirish yopli, ayniqsa yer yuziga yaqin boplgan pastki qismlariga: konstruktiv va kimyoviy himoya amalini muntazam ravishda nazorat qilib turish, ehtiyoj tug’ilganda bunday choralarni qayta tiklash: kopringan termit yopllarini va ulardagi zamburug’ qatlamini hamda termit uyasini yopqotish.

Termitlar bilan zararlangan uylar kapital tahmirlanadi.

Kapital tahmirlashdaa bu yerda ham yangi imoratlar qurilishida amalga oshirilgan ishlar deyarli bajariladi.



Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish