AMIR TEMUR SALTANATIDA SAYYIDLAR TABAQASINING
TUTGAN O‟RNI.
Davlatov Nuriddin SamDU Tarix fakulteti 4 kurs talabasi
Amir Temurning islom diniga bo‟lgan munosabati-
dagi eng muhim qirra, bu musulmonchilik aqidalarini
jamiyat osoyishtaligi, ravnaqi, ijtimoiy adolat, iymon
butunligi, manaviy poklik uchun xizmat qildirishga
safarbar etilishidir
8
.
Islom Karimov.
Sohibqiron Amir Temurning o`z davrida dunyo siyosatida hamda xalqaro
munosabatlarda tutgan buyuk o`rnini ko`rsatib beruvchi salmoqli isbot –
dalillarni o`z manbalarimizdan ham, xorijiy manbalardan ham ko`plab keltirish
mumkin. Amir Temurning bunday yuksak darajaga ko‘tarilishida turli tabaqalar
bilan bir qatorda sayyidlar, ruhoniylar, ulamolar ham katta xizmat qilishgan. Bu
haqida V.V.Bartold - Amir Temur ulamolar homiysi edi, ular bilan tengma-teng
suhbatlashardi, payg‘ambar avlodlariga alohida xurmat munosabatida bo‘lardi,
Amir Temurning o‘z avlodlaridan tashqari sayyidlar uning davlatida, chamasi,
birdan-bir daxlsiz kishilar hisoblanganlar
9
- degan fikrlarni bildiradi. Amir
Temurning ruhoniylar qatlamiga munosabati o‘zining ―Temur tuzuklari‖ asarida
quyidagicha bayon qilingan: ― Sayyidlar, ulamo, shayxlar, fozillarni o‘zimga
yaqinlashtirdim..., sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim
ochiq edi‖
10
.
Amir Temur Muhammad (s.a.v.) etiqodini yoyishni o‘z oldiga maqsad
qilib qo‘yib, payg‘ambar avlodlariga hamda musulmon davlatlarida katta obruga
ega ruhoniylarga homiylik qilgan. Bosib olingan yerlarda etiqod ishlarini
boshqarish uchun Muhammad (s.a.v.) avlodiga mansub kishilardan bosh
muftiylar tayinlagan. Din nazoratiga tegishli mol-mulkka, masjidlarga
Muhammad payg‘ambar avlodlariga, olimlar va barcha xizmat ko‘rsatgan,
xurmatga sazovor kishilarga nafaqa to‘lash va hollaridan xabar olib turish uchun
maxsus nazoratchilar tayinlagan
11
. Amir Temur Muhammad payg‘ambarning
avlodlariga, avliyolarga, islomning tarixiy shaxslariga katta hurmat bilan qaragan.
Bularning orasida shayx Said Baraka, shayx Shamsiddin Kulol, shayx Said
Jurjoniy, shayx Zayniddin Toybodiylar bo‘lgan
12
.
Sohibqiron Amir Temur hukmronligi davrida uning buyrug‘i bilan
ko‘pgina mulk va yerlar sayyidlar, ulamo, shayxlarga hadya qilib berilgan.
8
I.Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. 5-jild. T. 1997.
9
S.Saidqosimov, A.Ahmedov, B.Ahmedov va boshq. Amir Temur jahon tarixida. T. 2006. 92-bet.
10
―Temur tuzuklari‖. X.Karomatov tahriri ostida.T.1991.
11
M.Ivanin.Ikki buyuk sarkarda:Chingizxon va Amir Temur. T. 1994 y. 163-bet
12
A.F.Fayzullayev. Amir Temur boshqaruvining nazariyasi va amaliyoti. Amir Temur va uning jahon
tarixida tutgan o‘rni mavzusidagi xalqaro konferensiya tezislari. T. 1996.
244
Bunday mulk va yerlar iqto tarzida hadya qilinganligi tarixiy xujjatlarda qayd
etilgan. O`zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi
Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar xazinasida ana shunday muhim bir nodir
hujjatning asl nusxasi saqlanadi. Xitoy qog`oziga turkiy tilda nastaliq xatida
bitilgan ushbu yorliq mazmuni o`n bir satr matnga joylashtirilgan. Vaqt o`tishi
bilan uning qog`ozi ancha uringanligidan ayrim so`zlarni o`qish mushkul bo`lib
qolgan. Yorliqqa bosilgan bodom shaklidagi muhrning o`rta qismida yirik harflar
bilan ―Amir Temur bin Tarag`ay Bahodir‖ deb yozilgan. Muhr hoshiyasidagi
o`qilishi mumkin bo`lgan mayda yozuvda Qur`on oyatlari keltirilganligi taxmin
qilinadi
13
.
Bevosita Sohibqiron nomidan amr qilinib, muhri bosilgan ushbu yorliq
mazmuni quyidagicha
:
―Abul Muzaffar val Mansur Amir Temur Bahodirxon
so`zim! Hukmi humoyuni jahonpanohim bo`ldikim, qadim ul-ayyomdin ila ha-
zal-hangom ta`zim va tavqirni avlodi Sayyidi koinot, xulosa va zubdayi mavjudot
ahli hukumat–podshohlarga, soiri ahli islomg`a vojib va lozim erdi, bu vajhdin
hukamoi zu-l-ehtirom ma taqaddumlarki, avlodi Abu Muslimni jam`i taklifotidin
sivo va marfu` al- qalam qilib, nishoni muboraklarini bergan ekanlar. Biz ham
badasturi sobiq bu avlodni altofi xusravona birla sarafroz va marhamat
qildukkim: onchi amaldorlarki, misli inoqlar va atoliqlar, va to`qsovullar, va
jig`dovullar, va udaychi, va elchilar, va yo`lchilar, va qo`shchilar, va tamomi
olig`dor, va jam`i tahsildorlar va sohib dahllarki dor-us-saltanayi viloyati
Xorazmda havolagardurlar, misli aqo va arbob va g`ayrihum, bu inoyatnoma –
Yorliq alarga manzur bo`lgo`n, kamo haqqihu bu avlodlarning bavojibi izzat va
ikromlarini barjo keltirub, alarg`a hech vajhdin sababi tasdi` va ozor
(bermasunlar). Bu jamoa… ala-l-xusus va muxtasib nikohona va muhtasibona
talab qilmasunlar, alarning o`zlaridin ahli salohlari qozi bo`lib, tablig`i xukkom
va qozi qilsunlar, ofaridalardin bozorda va yo`lda xarju boj talab qilmasinlar, toki
la`natlarga giriftor bo`lmag`aylar deb, hukmi oliy bitildi‖.
Bu yorliq Sohibqironning turkiy tilda bitilgan qonun maqomidagi hujjati
bo`lib, uning so`zsiz bajarilishi barcha uchun shart hisoblangan. ―Abu-l Muzaffar
va-l-Mansur Amir Temur Muhammad Bahodir so`zim‖ deb boshlashi, uslub esa
Sohibqironning o`z nomidan yozilgan barcha farmon, yorliq va hatto xalqaro
yozishmalariga xosdir.
Bu farmon turkiy (eski o`zbek) tilda yozilgan bo`lib, unda Abu Muslim
avlodlariga berilgan imtiyozlar haqida gapiriladi. Darhaqiqat, ushbu Yorliqning
tarixiy mohiyatini belgilashda birinchi navbatda unga O`rta Osiyoni
mo`g`ullarning 150 yillik zulmidan ozod etgan Amir Temur tomonidan mustaqil
davlat negizlarini, ya`ni ota-bobolarimizdan davom etib kelayotgan milliy, diniy
an`analarga qat`iy amal qilgan holda mamlakatda ijtimoiy adolatni, aholining
turli qatlamlari orasida o`zaro hurmat-izzatni, tinch-totuvlikni barqaror qilishga
qaratilgan tadbirlardan guvohlik beruvchi dastlabki g`oyat qimmatli yozma
manbalardan biri sifatida yondashmoq lozim
14
.
Yorliqda nomi zikr etilgan Abu Muslimning (727-755) ajdodlari
xoshimiylar qabilasiga mansub bo`lib, Muhammad payg‘ambar avlodidan, ya`ni
sayyidlardan sanalardi. Tarixiy voqealar taqazosiga ko`ra Xorazm diyoriga kelib
13
Moziydan sado jurnali. 3.(11).2001. 35-bet.
14
Moziydan sado jurnali. 3.(11).2001.
245
joylashgan Abu Muslim avlodlari Amir Temur davrida el-yurt nazdida sayyidlar,
ya`ni payg`ambar avlodlari sifatida katta hurmat-e`tiborda bo`lganlar. Buni
hisobga olgan Sohibqiron sayyidlarning haq-huquqlarini himoya qilish bilan el
orasida o`z ta`sirini yanada mustahkamlashga zamin yaratgan.
Yorliqda bayon etilgan ―o`zlaridan ahli salohlari qozi bo`lib, tablig`i
hukkom va qozi ishlarini qilsunlar‖ deyilgan jumladan sayyidlar jamoasi ma`lum
mavzeda, ya`ni Darxonotadagi bir necha qishloqlarda yashab, ma`lum miqdorda
yer-suv, tegirmon kabi boyliklar egasi bo`lganliklarini anglash mumkin.
Hujjatda sanab o`tilgan ―misli inoq va atoliqlar, va tuqsovullar, va
jig`dovullar‖ ning har qaysisi mol-mulk va yer-suv soliqlarini hamda boshqa
turdagi oliq-soliqlarni undirish bilan shug`ullangan. Shuning uchun ham
Sohibqiron ―tamomi olig`dor va jam`i tahsildor… olarg`a hech vajhdin sababi
tasdi` va ozor (bermasunlar)‖ degan amri oliy bilan sayyidlarning barcha
boyliklari shu amaldorlarning xizmat vazifasiga kiruvchi mulkiy yig`inlardan
ozod etilganligini ta`kidlamoqda
15
. Olig`dorlar qatorida tilga olingan
―qushchilar‖, ya`ni hukmdor ixtiyoridagi ov qushlarini qarovchi kimsalar ayni
vaqtda podshoh ovini tashkil etuvchi ov beklari sanalgan. Ma`lumki, o`sha davr
podshohlarining ovlari katta tantana bilan uyushtirilib, yuzlab, ba`zan minglab
kishilar ishtirokida o`tgan. Bir necha kun, ayrim hollarda haftalab davom etuvchi
ovlarga beklik qiluvchilarga –qushchilarga zarur bo`lgan paytda, o`sha joydagi
aholidan oziq-ovqat, ulov olish, odamlarni safarbar etish huquqi berilgan.
Sayyidlar bunday tashvishlardan ham xoli qoldirilganlar.
Amir Temur Turonzamin hukmronligiga erishgach, mustaqil davlat
nomidan turli mamlakatlar va katta-kichik podshohliklar bilan diplomatik
aloqalarni izchil suratda yo`lga qo`yishga intilgan. Manbalarning guvohlik
berishicha, uni dastlab yaqin atrofdagi mamlakatlarning podshohlari muborakbod
etib, birin-ketin Samarqandga elchilar yo`llashgan. Saltanat tashkil topgandan
keyin esa bu yerga jahonning turli burchaklaridan vakillar kela boshlagan. O`z
navbatida, Sohibqiron nomidan o`nlab davlatlarga turli masalalar yuzasidan
elchilar jo`natib turilgan. Har xil darajadagi choparlarni ana shunday ―elchi‖lar,
―yo`lovchilar‖ sirasiga kiritish mumkin. Mahalliy aholi bu ikkala toifaga moddiy
jihatdan ―qarashib‖ turishi qoida bo`lib, farmonga muvofiq sayyidlar bu
―olig`dorlar‖ oldidagi majburiyatlardan ozod etilganlar
16
.
Yorliqning kirish qismida bayon qilinishicha, ―hukmi humoyuniy
jahonpanohim bo`ldikim, qadim ul-ayyomdin ila-haza-hangom ta`zim va tavqir-i
avlodi Sayyidi koinot xulosa va zubdai mavjudot hukmat-podshohlarig`a, soyiri
ahli islomga vojib va lozim erdi, bu vajhdin hukkomi zu-l-ihtiromi ma
taqaddumlarki, avlodi Abu Muslimni jam`i takolifotdin sivo va marfu` ul – qalam
qilib, nishoni muboraklarini bergan ekanlar…‖.Bu yerda payg`ambar avlodlari –
sayyidlar islom dunyosida avvaldan katta imtiyozlarga sazovor bo`lib
kelganliklariga alohida urg`u berilmoqda. Movonaunnahrda Amir Temur
saltanati qaror topgach esa, Sohibqironning islom dinini mustahkamlash yo`lidagi
siyosatidan yaxshi xabardor bo`lganlar azaliy haq-huquq va imtiyozlari rasman
va maxsus farmon bilan qonunlashtirilishini iltimos qilib, oliy hukmdorga
murojaat etganlar. Saltanat sohibi bo`lsa bu boradagi o`z e`tiqodi va yo`rig`iga
15
Moziydan sado jurnali. 3.(11).2001.
16
Moziydan sado jurnali. 3.(11).2001. 37-bet
246
amal qilib, ularning barcha istaklarini mazkur yorliq bilan ro`yobga chiqargan.
Ibn Arabshoxning ―Amir Temur tarixi‖ asarida Temurning piri Sayyid Baraka
janglardan birida Temurga katta yordam berganligidan o‘z talabiga ko‘ra
Xuroson yerlaridagi Andxoy hududi Temur tomonidan iqto qilib berilganligi
qayd etilgan
17
. Bu misollar Amir Temurning ―Tuzuk‖ larida aytilgan: ―Birinchi
navbatda… sayyidlar va ulamoni izzat-hurmat qilishni, har qanday istaklari
bo`lsa, darhol muhayyo etib, muqarrar ravishda ularning ahvolidan xabardor
bo`lib turishni buyurdim‖
18
, degan so`zlari og`ishmay hayotga tatbiq etilganini
ko`rsatadi. Saltanat tarkibidagi mahalliy xalqning payg‘ambar avlodlariga
bo‘lgan hurmati va Amir Temurning sayyidlar tabaqasiga qaratgan e‘tibori
nafaqat zabt etilgan hududlarda islom dining keng yoyilishiga, balki, Temur
saltanatining mustahkamlanishiga ham olib keldi.
Umuman olganda, Temurning o‘z davri talablari va imkoniyatlari doirasida
islom diniga ko‘rsatgan rag‘batlarini islom ma‘rifatparvarligi deb atash mumkin.
Xususan, islom ma‘rifatparvarligiga bo‘lgan e‘tiborni Temurning muhim
sifatlaridan hisoblamoq kerak. O‘tmishda biron bir hukmdor jahondagi yirik
dinlarning birontasiga ham Amir Temurchalik e‘tibor bermagan bo‘lsa kerak. Bu
faoliyat insonda va jamiyat miqyosida ma‘naviy qadriyatlarning salmog‘i va
ahamiyatini oshirmasligi mumkin emas edi. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar Amir
Temurning ma‘naviyat va ma‘rifatni jamiyatni harakatga keltiruvchi, uning
taraqqiyotini ta‘minlovchi kuch ekanligini amalda isbot etganligini ko‘rsatadi.
Uning ana shu yo‘nalishdagi siyosiy faoliyati, dinga e‘tibori va ilmga
rahnamoligi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarda katta o‘zgarishlarga
olib keldi va Temur shuhratini butun dunyoga yoydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |