249
tabiiy resurslarning batamon yo‘q qilinishi, ekologik diversiya va texnogen
falokatlardan himoya etish yo‘li bilan odamlarning me‘yoriy hayot faoliyatini
ta‘minlashga qaratilgan xalqaro va davlat miqyosidagi mintaqaviy va mahaliiy
ma‘muriy-ho‘jalik, texnologik, aslida esa siyosiy, huquqiy va ijtimoiy tadbirlar
majmui sifatida ta‘riflash mimkin. Mashhur olim N.Reymers ―Kishilar hayotini
saqlab qolishning hozirgi zamondagi eng samarali usullaridan biri tabiatni
muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishdagi ijtimoiy munosabatlarni
huquqiy- me‘yoriy jihatdan boshqarishdir‖,deb ta‘kidlagan edi.
Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikkni ta‘minlashning mukammal
huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy,ekologik asoslari yaratildi. Xususan, so‘nggi 24
yilda 51 qonun, Oliy majlisning 4 ta qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 8 ta farmon va qarori, 16 ta idoraviy normative-huquqiy hujjat
qabul qilindi.Ularda Respublikamizda ekologik xavfsizlikkni ta‘minlash
sohasidagi
islohotlar,atrof-muhitni
muhofaza
qilishning
samaradorligini
oshirishga,uni yanada takomollashtirishga, eng asosiysi,bugungi odamlar va
kelajak avlod hayoti hamda salomatligi uchun yanada qulay bo‘lgan atrof-muhit
barqarorligini saqlash bo‘yicha muhim me‘yorlar belgilangan. Binobarin
ekologik xavfni tushunib yetish, uning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb
vazifaridan biri sifatida xalqaro hamkorlikni va bunday hamkorlik prinsiplariga
qat‘iy rioya qilishni taqozo etadi. Buning uchun har bir davlat ekologik
siyosatining strategik maqsadi va tamoyillari, asosiy yo‘nalishlari va uni amalga
oshirish yo‘llari aniq belgilab shart. Dunyoning turli mamlakatlari o‘rtasidagi
ekologik siyosatning asosiy tamoyillari hamjihatlik, o‘zaro yordam, favqulodda
vaziyatlardan chiqishda beg‘araz moddiy ko‘mak, sheriklarga nisbatan to‘liq
ishonch, milliy va umum insoniy manfaatlarni uyg‘unlashtirish mamlakatlarning
ekologik va siyosiy ehtiyojlarini anglash har bir davlat mintaqadagi ekologik
vaziyatni sog‘lomlashtirishga hissa qo‘shishidan iborat. Chunki ekologik xavf
chegara bilmaydi, millat va elatni tanlamaydi, cheki yo‘q, hadsiz-hududsizdir.
Demak, ekologik xavf deganda, biologik tursonining kamayishi yoxud
butunlay yo‘qolishi, litosfera, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishi, ekotizim
mahsuldorligining kamayishi yoki butunlay yo‘qolishi, o‘rmonzorlarning keskin
qisqarishi, ozon tuynugining paydo bo‘lishi, qisqasi, har bir ekounsurning
biologic funksiyasi yo‘qotib yuborolishi, yashash muhitining sifat ko‘rsatkichi
manfiy tomonga o‘zgarishi kabilar tushuniladi. Ekologik xavf-ekologikm inqiroz
tomonga qo‘yilgan birinchi qadamdir. Aynan ilk xatoni tezda tuzatish orqali
ekologik foijalar oldi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: