Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


KICHIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDA MILLIY



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   192
Bog'liq
IV qism

 
KICHIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDA MILLIY 
MA‟NAVIYATIMIZ
ALLOMALARI FIKRINING AHAMIYATI 
A.A.Eshbekov
1
, O.Raximov
2
, D.Irgasheva
3
, D.Odilova

1-SamDU, 2-SamDAQI, 3-Samarqand shahar maishiy xizmat KHK 
Hunarni asrabon netgumdur oxir, 
Olib tuproqqami ketgumdur oxir. 
Alisher Navoiy
 
Barkamol avlodni tarbiyalash inson niyatning eng yorqin orzusi bo‗lib 
kelgan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma‘rifatga, madaniyatga mansub 
bo‗lgan yurtlarning donishmandlari — eng mo‘tabar ziyolilari, hukmdorlari 
hisoblanganlar. Ularning orasida O‗zbekistonda – muazzam zaminimizda 
yashagan bobolarimizning o‗z o‗rni va hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati 
tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga 
tariximizdan juda ko‗p dalillar keltirish mumkin. Al-Forobiyning «Fozil odamlar 
shahri» asaridagi g‗oyani oladigan bo‗lsak, unga ko‗ra jamiyatning har bir 
fuqarosi — mansabi, tutgan o‗rni, ya‘ni kim bo‗lishidan qatiy nazar fozil
 
kishi 
bo‗lishidir. Fozil inson o‗z davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi,
unga amal qiladi, fikrlaydi, o‗z kasbining ustasi, kerak bo‗lganda Vatan uchun 


182 
o‗z jonini fido qiladi. Bobolarimizning o‗y-fikrlari tildan tilga ko‗chgan, 
kitoblarda qolgan. Bundan xalq, ayniqsa yurtboshilar xabardor bo‗lishgan.
Chunonchi Soxibqiron Amir Temur ham buyuk davlat qurishda, ish yuritishda 
o‗tib ketgan bobolarimizning o‗gitlari, davr donishlarining maslahatlari bilan 
ishlaganligi tarixiy manbalarda bayon etilgan. Butun dunyoga ma‘lumki o‗sha 
davrda ilm-fan rivoji uchun sharoit yaratilgan. Madaniyat rivojlangan, bugun 
dunyoni lol etayotgan osmon o‗par minorayu masjidlar bunyod etilgan. Bu 
davlatni barcha davlatlar eng yuqori madaniyat o‗chog‗I sifatida tan olishgan, o‗z 
elchilarini jo‗natishgan. Elchilarni yuborish mazkur davlatni hurmat qilish va tan 
olish natijasidir. 
Test ta‘lim tizimidagi bir yangilik bo‗lsa, iqtidorli va iste‘dodli 
farzandlarimiz uchun yangi turdagi o‗quv muassasalarining tashkil etilishi ham 
o‗ziga xos yangilik bo‗ldi. Bu Islom Karimovning 1990-yildagi orzularidan biri
— «eng iste‘dodli bolalar uchun maktablar ochish» g‗oyasining amalga oshishi 
edi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kun tartibiga qo‗yilgunga qadar 
yurtimizda ko‗plab yangi turdagi o‗quv muassasalari ochildi. Ayniksa litseylar 
tilga tushib, ota-onalar «bolam litseyda o‗qiydi» deb g‗ururlanadigan bo‗lishdi. 
CHunki, litseylarni tugatganlarning ko‗pchiligi oliy o‗quv yurtlariga kirish 
uchun test imthonlaridan yuqori ball to‗plab, talabalik baxtiga musharraf
bo‗lishdi.
Hozirgi paytda zamonaviy ishlab chiqarishda inson mehnati vazifalarining 
o‗zgarishi yosh mutaxassislarni tayyorlashda yangi yondashuvlarni talab 
qilmoqda. ―Ta‘lim to‗g‗risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi‖ning qabul qilinishi shular jumlasidandir, unda aytilishicha: «Barkamol 
avlod jamiyat taraqqiyotining poydevoridir». Yosh avlodni har tomonlama yetuk 
qilib tarbiyalash esa ta‘lim jarayonini tubdan isloh qilishni taqozo etdi. Bunga 
yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy qilish orqali erishish mumkin. 
Shu 
sababli 
zamonaviy 
pedagogik 
texnologiyalar 
ta‘lim jarayonida 
qo‘llanilmoqda. 
Tahsil oluvchilar ongida kasb-hunar egallash, bunda ijtimoiy ahamiyati 
muhim bo‗lgan kasb-hunar fazilatlariga ega bo‗lish zarurligini shakllantirish o‗ta 
murakkab va uzoq davom etuvchi jarayon hisoblanadi.
Ma‘lumki, agar tahsil oluvchi kasbni to‗g‗ri tanlagan bo‗lsa, inson uchun 
mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa shaxs uchun ham, 
jamiyat uchun ham foydali bo‘ladi. 
Ongli kasb tanlash uchun o‗smirlar yetarli darajadagi umumiy vapolitexnik 
tayyorgarlikka ega bo‗lishi lozim. O‗quvchini u yoki bu kasbga maqsadli 
yo‗naltirishdan avval uning shaxsini o‗rganish kerak. Buning uchun uni kuzatish, 
o‗quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy 
harakatlarini tahlil qilish, so‗rovnoma o‗tkazish, suhbat, test, intervyu olish zarur 
bo‘ladi. Kasbga yo‗naltirishda turli kasblar, ularga qo‗yiladigan talablar, bu 
kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to‗g‗risida o‗quvchilarga ma‘lumot
berish katta ahamiyatga ega.
Kasb tanlash– jiddiy va mas‘uliyatli ishdir. O‗z hayot yo‗lini jiddiy 
suratda belgilab olish oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt maxsus 
tayyorgarlik ko‗rish talab etiladi. 


183 
O‗quvchilarning kasb–hunarga layoqatini o‗rganish uchun ularning aqliy, 
jismoniy qobiliyatlarini bilish, malaka va ko‗nikmalarini o‗rganish lozim. 
Ishchi mutaxassislarni tayyorlash hamma vaqt jiddiy masala bo‗lib kelgan, 
chunki ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ularning malaka darajasiga bog‗liq 
hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlar uchun ishlab chiqarishning hamma 
tarmoqlarida jismoniy mehnatning solishtirma og‗irligi barqaror kamayib borish 
tendensiyasi o‘rin tutadi. 
Ko‗pchilik rivojlangan davlatlarda havfli va zararli ishlab chiqarish, 
monoton va bir xildagi ish bilan bog‗liq bo‗lgan kam malaka talab qilinadigan 
ishlar mashina va robotlar bajarishi yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Mehnat funksiyalarining o‗zgarishi yoshlar uchun turli xildagi ishlarning 
o‗ziga tortish mezonini aniq ajratib berdi. Bajarish jarayoni qiziqarli va ijodiy 
kuch-g‗ayrat talab qiladigan faoliyat asosiy o‗ringa qo‗yilmoqda. 
Bu mehnat faoliyatining turli yo‗nalishlari – sanoat va qishloq xo‗jaligidan 
tortib to xizmat ko‗rsatish sohalarigacha tegishlidir. 
Dunyo olimlarining tadqiqotlariga ko‗ra yangi texnologiyalarning ishlab 
chiqarishga shiddat bilan kirib kelish tendensiyasi tez orada barcha joylarni 
qamrab olishi ma‘lum bo‘lmoqda. Odat bo‗lib qolgan ko‗pgina ishlab chiqarish 
jarayonlari o‗tmishga aylanmoqda yoki tubdan o‗zgarmoqda. Zamonaviy kichik 
mutaxassis qadimgi hunarmand – ishchilarning eng yaxshi sifatlarini saqlab 
qolgan holda yangi texnologiyalarga moslashishi va uni egallashga tayyor 
bo‗lishi zarur. 
Shunday qilib, mamlakat sanoati va xalq xo‗jaligi uchun malakali 
mutaxassislar tayyorlash vazifasi yoshlarga kasb sirlarini o‗rgatishda yangi 
yondashuvlarni anglashdan iboratdir. 
Bu qadimdan o‗quvchilar uchun har doim zarur bo‗lgan va ishlab 
chiqarishning 
istiqbolli 
talablarini 
hisobga 
oladigan 
qator 
sifatlarni 
shakllantirishdan voz kechishni bildirmaydi. Ular quyidagilar edi: 

Ishlab chiqarish va texnologik intizomni tarbiyalash; 

Jihoz va asboblarni asrab-avaylashni singdirish; 

Olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‗llay olish; 

Ishlab chiqarish texnika va texnologiyasi, mehnatni tashkil qilish 
to‗g‗risida, kasbni egallash va ishlab chiqarish malakasining keyingi rivojlanishi 
uchun zarur bo‗lgan hajmda chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, kollej bitiruvchilariga tanlagan kasblari bilan 
birga, mexnatsevarlik, fidoiylik, sabr-taqotlilik va boshqa insoniy xususiyatlarni 
singdirib borish katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi, ya‘ni kollejda 2012-
2013 o‘quv yilida bitiruvchilarning 78 % ish o‘rinlarida muqim qolgan bo‘lsa, 
2013-2014 o‘quv yili bitiruvchilarining 83 % va 2014-2015 o‘quv yili 
bitiruvchilarining 85 % ish joylarida doimiy qolishlariga erishildi. 
Tizimdagi kichik mutaxassislar tayyorlashning murakkabligiga qarab, 
ta‘lim jarayonining davomiyligiga e‘tibor berish kerak va XXI asr ta‘limi 
bo‗yicha YUNESKO tomonidan taqdim etilgan Xalqaro komissiya ma‘ruzasida 
ko‗rib chiqilgan ta‘limning quyidagi to‗rtta asosiy tamoyilini o‗rganish zarur 
hisoblanadi: 


184 
1) bilim olishni o‗rganish – shaxsning shakllanishi va keyingi rivojlanishi 
yangiliklarni uzluksiz kuzatib borish va mustaqil o‗rganishni ko‗zda tutadi; 
2) ishlashni o‗rganish – ishni oddiygina bajarish emas, balki har qanday 
buyurilgan ishga faoliyatli yondashuv tushuniladi (har bir bosqichdagi ish 
natijalari va o‗z faoliyatini baholash va tahrirlashni bilish); 
3) yashashni o‗rganish – tez o‗zgarayotgan zamon sharoitlariga moslasha 
olish, o‗zini shaxsiy va oilaviy hayotga, kelajakdagi kasbiy faoliyatga ijodiy 
safarbar qilaolish; 
4) birgalikda yashashni o‗rganish – dunyoga, insonlarga, o‗ziga nisbatan 
qadr-qimmatni shakllantirish. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish