Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин Муҳаммад Бобур номидаги



Download 5,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/271
Sana03.07.2022
Hajmi5,43 Mb.
#736701
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   271
Bog'liq
2-секция. Халқаро анж АнДУ 2021

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Усмонов Ҳ.У., Ҳ.Р.Рустамов, Ҳ.Р.Раҳимов. “Физикавий химия”.
2.
Ш.Исҳоқов “Тўқимачилик кимёси”, Т.1995 
3.
Гулбоев, Я. И., & Исомиддинов, Ж. Ўсимликларни химоя қилишда 
кимёвий тадбирларни қўллаш. 
Журнал естественных наук
, 2020. №1.
4.
Гулбаев, Я. И., Исомиддинов, Ж. Қ. Ў., & Дадоева, М. С. Қ. (2020). Синтез 
семикорбазона 
параоксибензоальдегида 
с 
молибденом. 
Science 
and 
Education

1
(9).
5. Internet ma’lumoti ZiyoNet.Uz 
 
ZANJABILNING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA KONTRENDEKATIVLIGI 
 
O.I. Xolmirzayev – kimyo kafedrasi o’qituvchisi 
M. M. Madaminova, X.G’. Maxmudova – kimyo ta’lim yo’nalishi talabalari. 
Andijon davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
ushbu maqolada zanjabilning foydali xususiyatlari va xalq 
tabobatidagi ahamiyati haqida bayon qiligan.
 
Kalit so'zlar
: efir moylari, lipidlar, gingerol, felandrin, sineol, sitral, 
borneol, komfin, lizin, fenilalanin, metionin, «singabera». 
Аннотации: 
в этой статье описывается полезный анализ имбиря и 
его значение в народной медицине. 
Ключевые слова: 
эфирные масла, липиды, гингерол, феландрин, 
цинком, ситрал, борнеол, комфин, лизин, фенилаланин, метионин, "сингбера". 
Annotation: 
In this state opisivaetsya useful analysis ginger and ego 
znachenie in narodnoy meditsine. 
Key words
: essential oils, lipids, gingerol, felandrin, sineol, sitral, borneol, 
metionin, lizin, fenilalanin, singbera. 


71 
Xalq tabobatida qo`llaniladigan dorivor o`simliklar juda ko`p. Ulardan biri 
zanjabil o`simligidir. Ko‘pchilik zanjabil ildizini ko‘rgan va tatib ham ko‘rgan 
bo‘lishi mumkin, ammo hamma ham bu o‘simlikning asl ko‘rinishi, foydali 
xususiyatlari, qanday sharoitda o‘sishi va nima maqsadlarda foydalanishini 
to‘laligicha bilmaydi. Zanjabil boy tarkibga va tarixga ega bo‘lgan eng qimmatli va 
sirli o‘simlik. U ko‘p qirrali o‘simlik, eng issiq ziravor, go‘zallik va yoshlikni 
saqlovchi samarali vosita. Zanjabilning ildizi eng ko‘p foydali xususiyatga ega. 
To‘liq nomi “dorivor zanjabil”, sanskritcha ”singabera” ya‘ni “shoxli” yoki “shox 
shaklidagi” degan ma‘no anglatadi. Bu nomni u ildiz qismining paydo bo‘lishidan 
olgan. Ildizi ajoyib shaklga ega. Buni mushtning tasviriga o‘xshatish mumkin. 
O‘sishi va tashqi ko‘rinishi: Oddiy zanjabil 1000ga yaqin turdagi 
zanjabildoshlar oilasiga mansub bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik. Zanjabilning vatani 
Hindistonning shimoli mintaqalari bo‘lib, keyinchalik o‘simlik Xitoy, Indoneziya, 
Avstraliya, Yaponiya, Tailand va boshqa mamlakatlarda yetishtirila boshlandi. 
Issiq va nam tropiklar an‘anaviy qulay o‘sish zonasi hisoblanadi. O‘simlikni bo‘yi 
o‘rtacha 1- 1.5m balandlikka yetadi. Uning barglari tor, nayzasimon, tanasi kuchli, 
gullari ko‘zga tashlanmaydigan (mayda).
Kimyoviy tarkibi efir moylari, lipidlar, kraxmal, Vitaminlar (C, B1, B2, A),
muhim biogen elementlar (Ca, Mg, Fe, Zn, Na, K, P), organik moddalar (felandrin, 
sineol, sitral, borneol, gingerol,komfin), muhim aminokislotalar (lizin, fenilalanin, 
metionin) dan iborat. 
U zaharlanishga qarshi ta‘sir kuchiga ega. Mikroorganizmlarga qarshi 
kurashda, xususan, virusli kasalliklarni davolashda, immunitetni oshirish va ovqat 
hazm qilishda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Surunkali yallig‘lanish, shamollash va 
tananing turli sohalarida uchraydigan xavfsiz o‘sma (mioma) hastalliklaridan xalos 
etadi, garmonlarni tartibga soladi. Tomoq shamollashi, yo‘tal, tumov kasalliklari 
profilaktikasi va ularni davolashda qo‘llaniladi. Ushbu o‘simlik asosida 
tayyorlangan choy asab tizimini tinchlantirish, mushaklarni tetiklashtirish, 
kayfiyatni ko‘tarish, teri rangini yaxshilash, ko‘zga quvvat berish xususiyatiga ega. 
Organizmda modda almashinuvini (metobolizm) tartibga soladi, bu ortiqcha 
vaznni oldini olish va zararsiz ozishga xizmat qiladi.Homiladorlikning birinchi 


72 
bosqichida ko‘ngil aynishida (taksikoz) samarali vosita hisoblanadi. Beldagi va 
bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan halos bo‘lishda kompress ko‘rinishida qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari zanjabil tromblar hosil bo‘lishi va saraton kasalligini oldini oladi. 
Kontrendekativligi (qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollar). Bu o‘simlikni 
iste‘mol qilish jarayonida uning shifobaxsh xususiyatlari bilan bir qatorda juda 
kuchli ta‘sirga ega ekanligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Qizituvchi xususitati 
borligi tufayli harorati yuqori bo‘lgan kishilarni yozni issiq kunlarida yoki 
tanasida qon ketish kuzatilganda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ziravor-sirkaga 
solingan zanjabil ovqat hazmini yaxshilashda qo‘llaniladi. Ammo bu aralshmani 
ko‘p miqdorda iste‘mol qilish oshqozon yallig‘lanishi,me‘da yarasi kabi o‘tkir 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. Homiladorlikning birinchi davridan tashqari boshqa 
davrda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Divertikulit, divertikulez, qizilo‘ngach 
kasalliklari,o‘t pufak xastaliklari bor bemorlarga ham tavsiya qilinmaydi. Bulardan 
tashqari, hisobga olish kerakki, zanjabil tarkibida juda ko‘p miqdorda kardeoktiv 
moddalar bor. Shuning uchun uchun ham gipotenziv va ritmik o‘zgarishlarga 
qarshi bo‘lgan dori vositalarini ichayotgan yoki shunga aloqador kasallikka 
chalingan bemorlar qabul qilishi man etiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ushbu dorivor o‘simlik va u asosida 
tayyorlanadigan damlamalarni qanday qo‘llanilishini bilish, amaliyotga joriy qilish
tabiiy va uy sharoitida turli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun foydali. 
Zanjabilning xalq tabobatida keng qo‘llanilishi, shuningdek oziq-ovqat 
sanoatida,tibbiyotda, kosmetologiyada muhim vosita hisoblanishi uning boy 
tarkibga ega ekanligi bilan bog‘liq. Shu tufayli undan zamonaviy tibbiyot 
retseptlarida qo‘llanilish imkoni yuqori. Uning boshqa o‘simliklardan farqi, 
dorivor va ziravor xususiyatidan tashqari dekorativ (manzarali) o‘simlik sifatida 
yetishtirilishidir.Namlik, harorat va boshqa talablar bo‘yicha ko‘rsatgichlarga
rioya qilib parvarish qilinsa, uning gullariga qoyil qilish mumkin. Ko‘plab 
xususiyatga ega zanjabildan oqilona foydalanish inson salomatligi uchun benihoya 
foydali hisoblanadi. 

Download 5,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish