Њзбекистон республикаси олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


Marketolog tashqi parametrlarni



Download 1,69 Mb.
bet92/121
Sana13.06.2022
Hajmi1,69 Mb.
#663270
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   121
Bog'liq
Servis faoliyati asoslari fanidan majmua

Marketolog tashqi parametrlarni, yo'ldosh predmetlar ro'yxatini ishlab chiqilishiga va servis mahsuloti narxini shakllanishiga ta'sir qiladi. Tashqi jihatlarni takomillashtirilishi serisni bezatilishi va dizayoni Bilan, ya'ni asosiy servis mahsulotiga ergashib borishi mumkin bo'lgan qo'shimcha predmetlar, xizmatlar ro'yxati bilan bog'liq. Bunda firmani markasi va tovar belgisi, o'ralishini dizayni va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi.
Marketingni servis mahsuloti narx siyosatiga ta'siri narxni shakllanishi bosqichini (bu yerda mahsulotni hayotiy davrini tushunishga, sifat talablariga tayanish muhimdir) hisobga olish bilan bog'liq. Xarajatlarni baholashda doimiy va o'zgaruvchan parametrlar, shuningdek ushbu servis mahsulotini raqobatbardoshligi bilan bog'liq bo'lgan shart-sharoit va tavsiflar hisobga olinadi.
Servis mahsulotini yuqori narx asosi uning afzalliklari, takliflarni antiqaligi, jamiyatdagi ahamiyati zaminida shakllanadi, ya'ni yetkazib berish va tarqatishni (masalan, tumanlarga yetkazib berish) chegaralanganligi yoki murakkabligi bilan belgilanadi. Bozor liderlari odatda, servis mahsulotlariga yuqori narx belgilashlari mumkin.
Oqilona narx uchun asos servis mahsulotini tarqatishning turli tomonlarini mutanosbili, oqilona harakatlari natijasida shakllanadi.
Past narx odatda, servis mahsulotini birinchi partiyasi yoki seriyasini tarqatish boshida, shuningdek mavsumiy yoki bayram oldi sotuvida, omborxonalarni bo'shatilishi jarayonida foydalaniladi. Raqobatchilarga nisbatan past narx iste'molchilarni jalb qilish muhim bo'lgan hollarda belgilanishi mumkin bo'lib, bu holat iqtisodiy zaiflashish hollarida uchrab turadi. Ammo bunda narx xarajatlarni qoplashi lozim.
Servis amaliyotida differensiyalangan (tabaqalashtirilgan) narx foydalaniladiki, bunda bir xil tovar yoki servis mahsuloti uchun turli vaqtda yoki turli iste'molchilardan bir xil bo'lmagan haq olinadi. Masalan, magazinlardagi narx tungi xizmat ko'rsatishda yuqori bo'ladi. Mahsulotlar partiyasi sotib olinganda narx pasaytirilishi mumkin.
Tovarni sotish ham ishlab chiqaruvchi va iste'molchilar o'rtasida servis mahsuloti yuzasidan va u bilan bog'liq bo'lgan intensiv kommunikasiyalar o'rnatilishi zarurligi bilan bog'liq.
Firma vakillarini iste'molchilar bilan kommunikasiyalarini belgilaydigan hamma narsalar servis mahsuloti yoki tovarni sotishga bo'ysindirilgan bo'lishi kerak. Bundan eamiyat qiziqishini firmaga qaratishni har bir imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ko'rinib turibdi. Bunda chegaradan chiqib ketish va teskari jarayonni, ya'ni firma obro'sini iste'molchilar o'rtasida tushib ketishini yuzaga keltirish mumkin emas. Jamiyat fikrida firma mashxurligini kengaytirish uchun har bir imkoniyatlardan foydalanish zarur:
- yarmarka, ko'rgazmalarda ishtirok qilish;
- jamiyat uchun foydali ishlar homiyligini o'z zimmasiga olish;
- mashhur va obro'li namoyandalar nomlariga mrojaat qilish (ular roziligi bilan) va boshqalar.
Marketing reklama staretgiyasi va taktikasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Reklamani vazifasi hamma vaqt ham iste'molchilarni xarid qilishga yo'naltirishdan iborat bo'lmaydi. Ko'p hollarda reklama ma'lum iste'molchilar guruhini xabardorligini saqlash, yangi mahsulotni sinab ko'rish uchun taklif etish, servis mahsuloti yoki tovarni sotib olganlarni bular haqida ma'lumotlar olishga initilishlaridagi noaniqlikni pasaytirishga yo'naltirilgan bo'ladi.
Reklamani xarakteri, vositalari va davomiyligi ko'p hollarda reklama qilinayotgan mahsulotni firmani rivojlanish strategiyasida tutgan o'rniga bog'liq bo'ladi. Gar firma qisqa mudatli muvofaqqiyatga mo'ljal olayotgan bo'lsa, u holda bu u tomonidan unchalik ko'p kuchni talab qilmaydi. Uzoq muddatli harakatga mo'ljal olish turli reklama vositalari va usullaridan foydalanish Bilan bog'liq bo'lib, ular oldingi reklama effekti so'nganida yana qaytariladi, bu esa ko'p xarajatlarni talab qiladi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish