O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.
Tijorat banklarining tuzilmalari qayta tashkil etildi, eng yirik banklarda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish bo‘yicha departamentlar(boshqarmalar) tuzildi, investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish, moliyalash va amalga oshirilishini monitoring qilish bilan shug‘ullanuvchi banklarning tarkibiy bo‘linmalari sezilarli ravishda o‘zgartirildi hamda ularning funksiyalari kengaytirildi;
Barcha tijorat banklarida investitsiya faoliyati masalalariga mutasaddilik qiladigan banklar boshqaruvi raislarining o‘rinbosarlari lavozimi joriy etildi, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-oktabrdagi PF-3075- sonli farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha qonunchilik bazasini chuqur biladigan, investitsiya loyihalarini investitsiyaviy moliyalash, tanlab olish va ekspertiza qilish sohasida zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbarlar tayinlandi;
Banklar balansiga qabul qilingan bankrot-korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini moliyalash bo‘yicha tijorat banklarining faoliyati rivojlandi. Banklarning umumiy kredit portfeli tarkibida bir yildan ko‘proq muddatga berilgan kreditlar hajmi 70 foizdan ortiqroqni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda quyidagilar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblanmoqda:
yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash;
loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o‘zini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta’minlash;
investitsiya loyihalarini moliyalashga o‘z moliya mablag‘larini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qo‘yilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta’minlash;
tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning o‘z vaqtida hamda to‘liq qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar bo‘linmalarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan yaxshilash.
2015 yilning 1 yanvarigacha shunday tartib o‘rnatilgan bo’lib unga ko‘ra, tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘i to‘laydilar.
Tijorat banklariga korxona va tashkilotlar–yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish tavsiya etilgan.
Investitsiya loyihalarini moliyalash uchun jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan kreditlarni qayta moliyalovchi tijorat banklari boshqaruvi raislari zimmasiga loyihalar va qarz oluvchi korxonalarning moliyaviy ahvolidan qat’i nazar mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ularni ajratilgan foizlarni hisobga olgan holda to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilgan. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan tijorat banklari maqsadga nomuvofiq
foydalangan holatlar aniqlangan taqdirda maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi aniqlangan barcha pul miqdori jarima sanksiyalari qo‘llangan holda muddatidan avval to‘lanadi.
tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo‘yicha yuridik shaxslar besh yil muddatga soliqqa tortishdan;
tijorat banklari avval berilgan kreditlarni to‘lash hisobiga undirib olinadigan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar 2009 yilning 1 sentabridan boshlab uch yil muddatga foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo‘yicha yagona soliq to‘lovidan ozod etilgan va bu keying yillarda, xususan, 2015-yilda banklarning investitsion salohiyatini oshib borishi va barqarorlashuvida muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Tijorat banklarining resurs bazasini xususiy kapitalni jalb etish orqali mustahkamlash, banklarning kreditlash va investitsiyalash imkoniyatini tubdan oshirishga imkon yaratadi. Shu sabali, tijorat banklari tomonidan aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun jozibador omonatlar va depozitlar ko‘lamini kengaytirish har tomonlama maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog‘ozlar, yani oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, deposit va jamg‘arma sertifikatlari hamda boshqa qimmatli qog‘ozlarga mablag‘larni qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda “2011-2015-yillarda sanoatni rivojlantirish” davlat dasturiga asosan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilmoqda.Tijorat banklarining iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan mablag‘lari summasi 2013-yilga nisbatan 30.1% ga oshib, 2014- yilda 26.5 trln so‘mni tashkil etgan.
2014-yilning oktabr oyida e’lon qilingan Jahon banki va Xalqaro Moliya korporatsiyasining “Biznesni yuritish-2015” reytingida O‘zbekiston qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha jahonning 189 ta mamlakati orasida 141-o‘rin va “Kreditlar olish” indikatoriga ko‘ra 26-oringa ko‘tarilib, umumiy hisobda 104-o'rinda qayd etildi. O‘tgan yili iqtisodiyotning real sektoriga ajratilgan kreditlarning 79.3 % ini investitsion maqsadlarga yo‘naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil qilgan. O‘tgan yili tijorat banklarining investitsion faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 mlrd. 700 mln.dollar yoki 2013-yilga nisbattan 20 % ko'p investitsiyalar yo'naltirilgan.Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, tijorat banklarining investitsion faolligini oshirish natijasida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, banklar aktivlarini yanada diversifikatsiyalash va kengaytirish yangi daromad manbalarining yuzaga kelishiga sharoit yaratishni amalda isbotlagan.
Eksportni rag‘batlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishning davom ettirilishi hamda jahon bozorida respublikamizda ishlab chiqarilayotgan asosiy eksport mahsulotlariga talab va narxlar prognozini inobatga olgan holda, 2015-yilda ham mamlakatimiz to'lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansi ijobiy saldosining saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda. Xususan, mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko'maklashish, eksport shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish va erkinlashtirish borasidagi islohotlarning izchil davom ettirilishi 2015-yilda ham mamlakat eksportining yuqori sur'atlarda o'sishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlash hajmini yanada oshirish, shu jumladan, tijorat banklarining investitsion faolligini kuchaytirish hamda investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish bugungi moliya sohasidagi islohotlar doirasidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. 2015-yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektori korxonalariga ajratiladigan kredit qo'yilmalari umumiy hajmining
2014-yilga nisbatan 25 foizdan ziyod o'sishi prognoz qilinmoqda. Xususan, 2015-yilda yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo qilish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda qishloq joylarda zamonaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi yangi turar-joylarni barpo etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan barcha manbalar hisobidan 2014-yilga nisbatan 1,2 barobarga ko'p investitsion kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni investitsiyalash hajmini kengaytirish natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan investitsion xatarlarning oldini olish maqsadida tijorat banklari tomonidan aktivlarni diversifikatsiya qilish, shu jumladan, kredit portfelini yaxshilash, tavakkalchiliklarni samarali boshqarishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi.
Umuman olganda barcha tijorat banklari o‘z ish faoliyatining yakunlarini foyda bilan tugatishga harakat qiladilar. Bank muassasalarining moliyaviy natijalarini yakunida asosiy ko‘rsatkich foyda hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan moliya-bank tizimidagi islohotlar natijasida bugun yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bank muassasalari katta- kichik sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, dehqon hamda fermer xo‘jaliklarining ishonchli hamkoriga aylandi. Negaki, yalpi ichki mahsulot hajmi, aholi real ish haqi va daromadlarining o‘sishida, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida o‘z xaridoriga ega bo‘lishida, ijtimoiy obyektlar hamda turar-joy binolari barpo etishdek keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarda aynan bank muassasalarining moliyaviy ko‘magi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan, 2014-yilda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama qulay shart- sharoitlar yaratish, ularga keng erkinlik va imtiyozlar berish iqtisodiyotning
ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda aholiga barqaror daromad manbalarini joriy etilishiga imkoniyat yaratmoqda. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ko‘plab qaror va farmonlar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida, bank filiallari tomonidan tadbirkorlik harakati qo‘llab-quvvatlanib, kichik biznes vakillariga qulay shart-sharoitlar asosida xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Bu orqali, yuqorida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston bozorini raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi tovarlar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga tijorat banklari tomonidan o‘ziga yarasha hissa qo‘shib kelinmoqda.
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilish orqali ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham qo‘shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul mablag‘larini bankdan tashqari jamg‘arilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy etilmoqda. Investitsiya dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonida banklarning moliyaviy ko‘magi katta bo‘lmoqda. Banklar ham bu borada yetarlicha sarmoya yo‘naltirib, ishlab chiqarish jarayonining kengayishi, korxonalar faoliyatining yuksalishiga qo‘shayotgan hissasi yil sayin ortmoqda.
Hozirda banklarning investitsion faoliyatini samarali amalga oshirishda quyidagi muammolar mavjud:
Birinchi navbatda, milliy valuta barqarorligini ta’minlash, inflatsiya darajasini me’yorida, bir maromda ushlab turish, chunki valuta barqarorligi past va inflatsiya darajasi yuqori bo’lsa investitsiya faoliyatidan kelajakda daromad juda ham past darajada yoki daromad keltirmasligi mumkin;
Qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo’qligi banklarning investitsion faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi.
Emitentlar faoliyatini shaffof emasligi banklarning faol investitsion faoliyat yuritish o'rniga qimmatli qog’ozlar bozorida passivligiga olib keladi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion va emission siyosatining sifatini pastligi va ularda qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi.
O’zbekistоn Respublikasida emitentlardan o’z хo’jalik-mоliyaviy hоlati, ishlab chiqarish faоliyati, aksiyalar, to’langan dividendlar, оlingan darоmad, sоf fоyda va shunga taaluqli ma’lumоtlarni оshkоr etish talab etiladi. Ammо ta’kidlash lоzimki, hоzirda respublikamiz оmmaviy aхbоrоt vоsitalarida emitentlar tоmоnidan e’lоn qilayotgan ma’lumоtlar juda sust hоlda tarqatilmоqda. Bu esa bo’lajak investоrlar uchun yetarli ma’lumоt оlоlmayotganligi, hamda qimmatli qоg’оzlarga sarmоya sarflashiga shоshilmayotganiga оlib kelmоqda.
Yuqoridagi amalga oshirilgan bir qator tahlillar natijasida quyidagi bir nechta takliflar va tafsiyalarni taqdim etamiz:
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarini rivojlantirish orqali bank kapitalini rivojlantirish;
Mamlakat miqyosida iqtisodiyot va moliya tizimini imkon qadar elektronlashtirish, bank-moliya tizimiga eng so‘nggi texnologiyalarni jalb etish.
kapital qo‘yilmalarini moliyalash manbalarini oqilona shakllantirish, ularni samarali sarflash;
kreditning yangi turlarini rivojlantirish;
bank kafolatlariga, sug‘urta tashkilotlari kafolatlariga e'tiborni kuchaytirish bilan bir qatorda kafolat bozorini rivojlantirish;
-tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash.
Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar natijasida O'zbekistonda tijorat banklari faoliyatini qimmatli qog’ozlar bozorida faollashtirishda asosiy e'tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Ushbu yo’nalishlarni amaliyotga chuqurroq tadbiq etilishi qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklari investitsion faoliyatini yanada jadallashtirishga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishim mumkinki, ko’rib o’tilgan muammolar hal etilib, ko’rsatib o’tilgan tadbirlarni amalga oshirishni hal qilsak milliy qimmatli qоg’оzlar bоzоrimizda investitsiya pоrtfellari tahlili va uning mоnitоringini qo’llash uchun zarur sharоitlar yaratiladi. Buning natijasida likvidli aksiyalarning birja va birjadan tashqari bоzоrlarda qiymati оrtishi va investоrlarning sоni va darоmadi ko’payishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |