ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ КРЕДИТ-ИҚТИСОД ФАКУЛЬТЕТИ
“ТАСДИҚЛАЙМАН”
“Кредит-иқтисод” факультети декани в.в.б.,и.ф.н., проф.
Каралиев Т.М.
“ ” 2015 й.
“БАНКЛАРДА БУХГАЛТЕРИЯ ВА АУДИТ” КАФЕДРАСИ КУДРАТОВ УМИДЖОН БАХОДИРОВИЧ
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ИНВЕСТИЦИОН ФАОЛИЯТИ ВА УНГА ТАЪСИР ҚИЛУВЧИ ОМИЛЛАР
5230700 – “Банк иши” таълим йўналиши бўйича бакалавр даражасини олиш учун
БИТИРУВ МАЛАКАВИЙ ИШИ
Илмий раҳбар:
Отамуродов Ҳ.
“ ” 2015 й.
“ Ҳимояга тавсия этилади” “Банкларда бухгалтерия ва аудит” кафедраси мудири в.в.б.
Болтаев Т. “ ” 2015 й.
Тошкент - 2015
|
MUNDARIJA
Kirish
|
2
|
I BОB
|
TIJORAT BANKLARI INVESTITSION FAOLIYATI-
NING IQTISODIY MAZMUNI
|
|
1.1.
|
Investitsiyalar va ularning bozor iqtisodiyotida tutgan
o'rni
|
5
|
1.2.
|
Tijorat banklari investitsiya faoliyatining shakllari va
investitsiya portfeli
|
10
|
1.3.
|
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda banklarning
roli va ularning huquqiy asoslari
|
16
|
II BОB
|
II BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA
SIYOSATI VA UNING AMALIY JIHATLARI
|
21
|
2.1.
|
Tijorat banklari tomonidan investitsiya siyosatini ishlab
chiqish jarayoni
|
21
|
2.2.
|
Tijorat banklari investitsiya faoliyatiga ta'sir qiluvchi
omillar
|
25
|
2.3.
|
Tijorat banklari investitsiya jarayonlarining joriy holati
|
36
|
III BОB
|
TIJORAT BANKLARI INVESTITSIYA FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
|
49
|
|
Хulоsa
|
59
|
|
Fоydalangan adabiyotlar ro’yхati
|
63
|
Kirish:
Mavzuning dоlzarbligi. Iqtisоdiyotni mоdernizatsiyalash sharоitida tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rivojlantirishning asоsiy vazifalaridan biri investitsiоn faоliyat barqarоrligini ta’minlash natijasida iqtisоdiyotni, shu jumladan, mоliya bоzоrini ham rivоjlantirishga erishish mumkin.
Bank tizimi korxona va fuqarolarning kundalik faoliyatida, iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynamoqda. Banklar pul aylanishini ta’minlaydi, iqtisodiy sub’ektlarga o‘zaro tovar almashishda to‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik qiladi. Bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish–iqtisodiy faoliyatlarning rivojlanishiga, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga, xizmatlar bozorini yanada rivojlanishiga yordam beradi. Shuningdek, banklar mamlakatni pul bilan ta’minlashda asosiy moliyaviy institut hisoblanadi. Aholining pulga bo‘lgan ehtiyojlarini banklar o‘zlarining turli aktiv operatsiyalari orqali amalga oshirish orqali qondiradilar. Bunda ularga kredit, investitsiya va qator boshqa operatsiyalar yordam beradi.Bank tizimi iqtisodiyotni eng katta ajralmas qismi hisoblanib, bunda katta hajmdagi pul mablag‘lari aylanadi, ishlab chiqaruvchi va investitsiya korxonalariga joriy xizmatlar ko‘rsatadi, bu tizimning rivojlanishi jamiyatning rivojlanishiga va o‘z maqsadlariga yetishishiga olib keladi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Karimov I.A. “Vatanimizning kelajagi uning jahon iqtisodiy aloqalari tizimidagi o‘rnini Investitsiyalarga bog‘liq bo‘lib turibdi”1 deganlari bejizga emas.
Bank sektorini muvaffaqiyatli isloh qilish uchun asosiy shart-bu davlat tomonidan bu sohada izchil siyosatini olib borishdan iboratdir. Bank sohasida bu siyosat moliyaviy sektor va bankni bir maqsad ostida birlashtirgan holda tizimli barqarorlikni ta'minlash va sog'lom ichki va tarmoqlararo raqobat asosida bank bozorini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish hisoblanadi. Davlat bank faoliyati va kredit tashkilotlari uchun umumiy tamoyillarni ishlab chiqishi
1 Karimov I.A. “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik”.–Т.: O’zbekiston, 2005y.-B-7.
kerak. Bank sektorining asosiy vazifalari pul mablag'larini jamg'arish va ularni kredit va investitsiyalarga aylantirish hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |