Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти кредит-иқтисод факультети


Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda banklarning roli va



Download 1,65 Mb.
bet6/19
Sana31.03.2022
Hajmi1,65 Mb.
#522282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kudratov BMI uz 0fc53-конвертирован

Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda banklarning roli va


ularning huquqiy asoslari
Mamlakatimizda tijorat banklari investitsiya faoliyatini amalga oshirishidagi imkoniyatlari va bu operatsiyalarga riskni boshqarish nuqtai nazaridan o'rnatilgan cheklovlar, tijorat banklari investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish maqsadidagi barcha imtiyozlar quyidagi me'yoriy hujjatlarda o'z aksini topgan:O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonun; “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonun; “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonun;Prezident qarorlari; Vazirlar Mahkamasi qarorlari; Markaziy bank yo’riqnomalari va boshqa qonun hujjatlari. Banklar:

  1. amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga;

  2. ko'chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga egalik qilishga;

  3. boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir shartlarga rioya etishlari lozim.

Banklar:

  1. kapitalni taqsimlash natijasida o'z kapitali talab qilinadigan eng kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo'lsa, kapitalni taqsimlashga;

  2. aksiyalar shaklidagi o'z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan kredit berishga;

  3. oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o'z aksiyalarini sotib olishga haqli emaslar.

“Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 25-moddasiga binoan: Investitsiya faoliyati sub'ektlarining manfaatlariga muayyan tarzda daxldor umummajburiy tusdagi qonun hujjatlaridan ular erkin foydalana olishlari lozim. “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, "Tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalar bajarishga doir yo‘riqnoma" (1996 yil 26 aprel):
Mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga,investitsiyalarga yo’naltirish banklarga o'z aktivlarini diversifikatsiya qilish, bu bilan tavakkalchilikni pasaytirish va potentsial daromadlarni oshirish, shuningdek bank mijozlari omonatlarini xo'jalik yurituvchi sub'ektlar kapitallariga samarali investitsiyalash uchun safarbar qilish vositasida makroiqtisodiy jarayonlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish imkonini beradi. Banklar investitsiyalari qo‘yilgan har qanday korxona faoliyati monitoringi bo'yicha boshqarish tajribasiga ega bo'lishi shart,chunki investitsiyalarni amalga oshirishda prudentsial(oqilona) yondashuvni talab qiladigan investitsiyalar bilan bog‘liq muayyan tavakkalchiliklar mavjud.
Banklar shuni anglashlari kerakki, ular korxona aksiyalariga egalik qilib va unga kredit beradigan bo'lsalar, qarzdor moliyaviy qiyinchilikka uchragan hollarda ham o'z investitsiyalarini himoyalash maqsadida kreditlashni davom ettirishga majbur bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, banklar moliyaviy hamjamiyatda o'z obro'sini himoya qilish uchun korxonaning moliyaviy barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga majbur bo'lishi mumkin.Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda banklar shuni inobatga olishlari lozimki, bank yo‘qotishlari summasiga doir mavjud tavakkalchilik qisqa muddatli
bo'lishiga qaramasdan, bu uning asosiy kapitaliga nisbatan juda yuqori bo'lishi mumkin. Bank qimmatli qog‘ozlar emitenti bo'lgan korxonaning bankrotlikka uchrashi tufayli zarar ko'rishi mumkin, biroq bunday yo‘qotishlarning asosiy sababi qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatini noto‘g‘ri baholash va ularni uzoq vaqt saqlashdir. Bunday ahvol bank obro'sining tushishi hamda uning ahvolining yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
2009-yil 28-iyul "Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko'paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1166-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Bu qarorda Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytiri lishini yanada rag‘batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo'naltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash to‘g‘risida bayon etilgan. Ushbu qabul qilingan qarorga muvofiq:

  1. yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha bankning kredit hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, buning asosida bankning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlash;

  2. loyiha hujjatlari, ularning moliyaviy jihatdan o'zini qoplashi va rentabelligini chuqur tahlil qilish asosida investitsiya loyihalarini puxta tanlab olish, kompleks baholash hamda sifatli ekspertiza qilishni ta'minlash;

  3. investitsiya loyihalarini moliyalashga o'z moliya mablag‘larini sarflash va ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy monitoring qilish, qo‘yilgan mablag‘larning o'z vaqtida va to‘liq qaytarilishini ta'minlash.

`2015-yilning 1-yanvarigacha respublikamiz bank tizimida shunday tartib o'rnatilishi ko'zda tutilganki, unga ko'ra tijorat banklari kredit portfeli tarkibida
uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo'yicha foyda solig’i to'laydilar.

  1. Tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari bo'yicha yuridik shaxslar besh yil muddatga Soliqqa tortishdan;

  2. tijorat banklari avval berilgan kreditlarni to'lash hisobiga undirib olinadigan mulkni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to'lashdan;

  3. lizing xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslar 2009 yilning 1 sentabridan boshlab uch yil muddatga foyda solig‘i va lizing operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo'yicha yagona soliq to'lovidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, 2010-yil 6-aprelda 1317-son "Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va uning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasi prezidentining qarori qabul qilindi. Unda Respublika bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini o'stirish, ularning investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish hamda ichki manbalar hisobidan iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yo'naltiriladigan kreditlar hajmlarini ko'paytirish, shuningdek aholi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning bo'sh pul mablag‘larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etish yo'llari bayon etilgan. Ushbu qaror asosida ichki manbalar hisobiga iqtisodiyotga uzoq muddatli kredit qo‘yilmalar ulushini yanada oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishini tashkil etishga yo'naltirilgan tijorat banklari investitsiyaviy faolligini kuchaytirish ko'zda tutilgan.
Tijorat banklari tomonidan, jumladan, ishlab chiqarishni tashkil etish va yo'lga qo‘yish hamda mahsulotlarni sotishda muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega boshqa investorlar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalarga O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi PF-4010-son farmoyishida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilgan.
“Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (27.05.2000y):Bank sindikati sindikatli kreditda ishtirok etadigan ikki yoki undan ortiq bank o'rtasida bitim tuzish yo'li bilan tashkil qilinadi.Sindikatli kreditlash tashabbuskori bo'lgan hamda ishtirokchi-banklar nomidan ssuda hisobi va xujjatlarni yuritish mas'uliyati yuklangan bank sindikatning yetakchi banki xisoblanadi.Tijorat banklari tomonidan sindikatli kreditlash qaytarish, to'lash, ta'minlash, qisqa muddatli va maqsadli foydalanish shartlari bilan amalga oshiriladi. Sindikatli kredit qarz oluvchi va yetakchi bank o'rtasida tuzilgan shartnoma asosida beriladi. Sindikatli kredit yirik investitsiya loyihasining iqtisodiy jihatdan o'zini o'zi qoplash muddatiga qadar berilishi mumkin. Sindikatli kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi mikdori, shuningdek, investitsiya loyihasini kreditlash muddati qarz oluvchi va yetakchi bank o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasida sindikatli kredit haqidagi bitimda kelishilgan shartlarda belgilanadi. Zarar ko'rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega xo'jalik sub'ektlarini kreditlashga yo'l qo'yilmaydi, avval berilgan kreditlar esa belgilangan tartibda muddatidan avval undirilishi zarur. Bu qoida kredit shartnomasida majburiy tartibda qayd qilinishi shart.
Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi investitsiyalarni uzluksiz amalga oshirishni talab qiladi. Respublikamiz mustaqilikka erishib, bozor munosabatlarini shakllantirayotgan ekan, iqtisodiyotni jadal rivojlantirishning eng asosiy omillardan biri bo'lgan investitsiya siyosatiga bog‘liqdir. Investitsiya siyosatining samaradorligini ta'minlash iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlari va hozirgi kun talablariga javob beradigan mukammal investitsiya dasturini ishlab chiqishni talab etadi. Shu bois ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarni ustuvor investitsiya loyihalariga jalb qilishga alohida e'tibor berildi. Investitsiya faoliyatining erkinligi va rivojlanishini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.

Download 1,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish