rasm. DAT ”Asakabank” tomonidan tarmoqlar bo’yicha kiritgan investitsiyalari hajmi(2014y.mlrd.so’mda) 25
Statistik ma’lumotdan shuni ko’rishimiz mumkinki,keying yillarda bank tomonidan yengil va og’ir sanoatga qilingan investitsiyalar hajmi ortib bormoqda.Bu borada “to’qimachilik sanoati”ga kiritilgan qo’yilmalarning eng salmoqli ko’rsatkichga ega ekanligi e’tiborga molikdir.
Investitsiya siyosatini ishlab chiqish va investitsiya pоrtfeli tuzilmasini aniqlash vaqtida banklar avvalоmbоr likvidlik, darоmadlilik va хatarga e’tibоr beradi.Xususan, DAT ”Asakabank” o’zining investitsiya siyosatida iqtisodiyotning turli sohalariga mablag’lar kiritib,kelajakda sanoat,qishloq xo’jaligi,transport,qurilish va boshqa tarmoqlarning rivojiga ulkan hissa qo’shib kelmoqda. Bundan tashqari, investitsiya portfeli diversifikatsiyasi nuqtai nazaridan yakka sohaga mablag’ kiritmasdan,balki imkon qadar barcha tarmoqlar kesimida investitsiyalarni kiritishga harakat qilingan.
Berilgan ma’lumotlardan shuni ko’rishimiz mumkinki, DAT “Asakabank” asosan investitsiyalarni mamlakatimizning sanoat tarmoqlariga yo’naltirgan.Bundan ko’rinadiki,bu bank mamlakatimizda sanoat tarmoqlariga mablag’ yo’naltiruvchi eng yirik banklardan biridir.
rasm. DAT “Asakabank” tomonidan tarmoqlarga yo’naltirilgan investitsiyalar (2014y.%da) 26
Investitsiyalardan ko’zlangan yana bir maqsad bankrot korxonalarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ularni texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini takomillashtirish, shuningdek, loyihaviy investitsiyalash hamda investitsion kreditlar berishning kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqilgani qo‘l kelmoqda. Natijada, «Asaka Investment» investitsion kompaniyasi tashkil etildi. Bank balansiga 47 bankrot korxona qabul qilinib, ulardan o‘n beshtasi negizida 13 sho‘ba korxona tashkil qilindi. Hozirgi kunda 45ta yangi korxona investorlarga sotildi. Yangi ishlab chiqarish tashkil etilgan bankrot korxonalarda mulklarni inventarizatsiya qilish, uskunalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, sozlash va butlash, zaruriy muhandislik tarmoqlarini tiklash ishlari amalga oshirildi.
DAT “Asakabank” mamlakatimizdagi iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklashga ham ulkan e’tibor qaratmoqda. 2010-2014-yillarda faoliyati tiklangan korxonalarda 376,4 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, eksport hajmi 50, 8 million AQSh dollarini tashkil etdi. 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Ishlab chiqarish faoliyatini tiklash natijasida import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, mahalliy xomashyoni qayta ishlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish imkoniyati tug‘ildi. Amalga oshirilgan yumushlar bois mazkur korxonalarda 24 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanib, sakkiz yuzdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |