Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


И.В. Грошева, Л.Г.Евстафьева, Д.Т.Махмудова



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
И.В. Грошева, Л.Г.Евстафьева, Д.Т.Махмудова,
 
Ш.Б.Набиханова,С.В.Пак, 
Э.Джанпеисова.
 
3.. Андрианова В.И., Талипова Р.Т. «Русский язык». Методическое руководство 
к учебнику «Русский язык в картинках» для 2 класса начальной школы с 
узбекским языком обучения. Ташкент. «Ўқитувчи», 1997г. 
4.Антология педагогической мысли Узбекистана. г. Москва «Просвещение». 
1988 год 
5.Кадырова Р.М. Обучение детей дошкольного возраста русской разговорной 
речи в национальных детских садах Узбекистана. Ташкент. «Укитувчи», 1992г 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA BILISHGA BO’LGAN 
QIZIQISHLARNING NAMOYON BO’LISHI 
 
 
Baqoyeva M 
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti magistri
 
Hozirgi kunda yosh avlodni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va jahon 
mamlakatlaridagi o‘z tengdoshlari bilan raqobatlasha oladigan kuchli bilimlar egasi 
etib tarbiyalash bugungi kunning muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yurtimizda 
yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar esa yosh avlodni ta‘lim-tarbiya olishida o‘zining 
munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.


292 
O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun har qaysi ta‘lim yoshida o‘ziga xos e‘tibor 
qaratilishi yoshlar tarbiyasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan darak beradi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim tizimini tubdan takomillashtirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2017―2021 
yillarda “Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risidagi qarori” (2016 yil 29 dekabr) qabul qilindi. 
Qarorga muvofiq O‘zbekistonda ― “... maktabgacha ta‘lim muassasalarining 
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; maktabgacha ta‘lim muassasalari tarmog‘ini 
kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta‘minlash; bolalarni maktab ta‘limiga 
tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash; ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta‘lim 
dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish; bolalarni har tomonlama intelektual, 
ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish”
28
yo‘nalishlari bo‘yicha puxta rejalar ishlab 
chiqildi va amalga oshirishga kirishildi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarining bilish jarayonidagi faolliklarini oshirish 
uchun yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an‘anaviy ta‘limda ko‘zda tutilgan 
natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning o‘rniga: 
- o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
- ta‘lim jarayonini samarali tashkil etish orqali bolalar o‘rtasida qiziqish 
uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
- bolalarni muvaffaqiyatli bilim olishga yo‘llovchi hamkorlikning paydo 
bo‘lishi;
- mustaqil faoliyatning tashkil etilishi;
- tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, 
nutq, xayol, xissiyot va irodasi juda jaddalik bilan rivojlanib boradi. Bola ranglarni hali 
bir-biridan yaxshi farqlay olmasa, unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan 
turli xildagi o‘yinchoqlarni berishimiz lozim, masalan: rangli kiyim-kechaklar, rangli 
28
O’zbekiston respublikasi Prezidentining -2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi’’qarori.-O’zbekiston ovozi gazetasi,2017 y 1 yanvar. № 1-сон (32.216). 


293 
xalqalar, rangli qushchalar, rangli gullar va shunga o’xshash turli tuman o’yinchoqlar 
orqali ularning qiziqishlarini yanada oshirmog’imiz lozim. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning turli narsalarni idrok qilishlarida ularning 
ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin 
hali ularni chuqur tahlil qila olmaydilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni idrok qilish 
qobiliyatiga ega bo’ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil 
savollar bilan ularni tahlil qilishga o‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini:
1. Suratning mazmunini to‘g‘ri idrok qilishga;
2. Suratning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning o‘rnini 
to‘g‘ri idrok qilishga; 
3. Tasvirlangan narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni bolalar to‘g‘ri idrok 
qilishlariga e’tibor qaratishimiz kerak. Maktabgacha yoshidagi bolalar diqqati asosan 
ixtiyorsiz bo‘ladi, bu yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o‘sib borishi uchun o‘yin 
juda kata ahamiyatga ega. O’yin faoliyati vaqtida bola ko’p narsalarni o’rganadi,biladi va 
qiziqishlari yanada oshib boraveradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning xotirasi yangi 
faoliyatlar,yangi bilimlar va bolaning o‘z oldiga qo‘ygan yangi talablari asosida 
takomillasha boradi. 
Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘zlari uchun ahamiyatga ega bo‘lgan,ular 
uchun katta taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor 
eslarida olib qoladilar. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi o‘ziga xos 
xususiyatga ega. Maktabgacha yoshidagi bolalarda har bir narsalarga, har bir sohaga 
doir savollarning tug‘ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. 
Bola o‘z savollariga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat 
bermasalar, undagi bilishga bo’lgan qiziquvchanlik sekin asta so’nishni boshlaydi. 
Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va 
natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bo‘ladi va juda ko‘pgina ota-onalar 
va ayrim tarbiyachilar agarda bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, “ko‘p 


294 
mahmadonalik qilma”, “sen bunaqa gaplarni qayerdan o‘rganyapsan”, deb koyib 
beradilar. Natijada bola o‘ksinib, o‘z xolicha, bilganicha tushunishga harakat qiladi.
Ayrim tortinchoq, uyatchang bolalar esa hech bir savol bermaydilar.Bunday 
bolalarga turli xil mashg’ulotlarda va sayohatlarda kattalarning o‘zlari bolaga savollar 
berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari, qizqishtirishlarini lozim. Har qanday 
tafakkur, odatda biron narsani taqqoslash, analiz va sintez qilishdan boshlanadi.Shuning 
uchun biz ana shu taqqoslash, analiz va sintez qilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. 
Sayohatlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam 
beradi. Bolalar tabiatga qilingan sayohatlarda turli xildagi narsalarni bir-biri bilan 
taqqoslaydilar, analiz hamda sintez qilib ko‘rishga intiladilar.
Agar 2 yashar bolaning so‘z boyligi taxminan 250 tadan 400 tagacha bo‘lsa, 3 
yashar bolaning so‘z boyligi 1000 tadan 1200 tagacha,7 yashar bolaning so‘z zahirasi 
4000 taga yetadi, Demak, maktabgacha yosh davrida bolaning nutqi ham miqdor, ham 
sifat jihatidan anchagina takomillashadi. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining o‘sishi 
oilaga uning madaniy saviyasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Ota onalar bolalar nutqini o‘stirish bilan shug‘ullanar ekanlar,maktabgacha 
yoshidagi bolalarning ba’zi hollarda o‘z nutq sifatlarini to‘laqonli idrok eta 
olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashqari, bolalarda murakkab nutq 
tovushlarini bir-biridan farqlay olish qobiliyati ham hali to‘la takomillashmagan 
bo‘ladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng muhim shartlaridan biri, bola bilan to‘la va 
to‘g‘ri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir. 
Xulosa o’rnida Maktabgacha ta‘lim muasasasi tarbiyachisi bolalarda 
o‘qishga,bilishga nisbatan qiziqishini rivojlantirishda quyidagilarga amal qilishlari 
lozim:
-Bolalardagi bilishga nisbatan qiziqishini hamda aqliy mehnat jarayoniga nisbatan 
muhabbatni rivojlantirish uchun o‘quv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, unda bola 
doim faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni o‘zi - kashf eta olishi va 
muammoli masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak; 
-Bir turdagi ma‘lumotlar va bir xil o‘qitish bolaning juda tez zerikishiga sabab 
bo‘ladi.


295 
-O‘rganilayotgan yangi bilimlar bolaning o‘zi uchun qanchalar ahamiyatini, 
foydaliligini bilishi muhimdir. 
- Yangi ma’lumotlar qanchalar bola tomonidan avval o‘zlashtirilgan bilimlar 
bilan bog‘liq bo‘lsa , bu ma’lumotlar bola uchun shunchalar qiziqarli bo‘ladi.
-Haddan ziyod oson va haddan ziyod qiyin material bolada qiziqish 
uyg‘otmaydi. Berilayotgan bilimlar qiyin, lekin bolaning kuchi yetadigan darajada 
bo‘lishi lozim. 
Shuning uchun iroda qatiyatlilik, mehnatsevarlik kabi hislatlarni kamol 
toptirilishi nihoyatda zarurdir.Ana shu xislatlar bolaning kelgusida o‘z-o‘zini nazorat 
qilishga, o‘z-o‘zini baholashiga va mustaqil ta‘lim olishiga asos bo‘la oladi.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish