Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган давлат университети


Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish yо‘llari



Download 1,6 Mb.
bet98/144
Sana09.02.2022
Hajmi1,6 Mb.
#438142
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   144
Bog'liq
МФУМ Маъруза матн

2. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish yо‘llari.
Interfaol metodlarga asoslangan darslarning an’anaviy darslardan farqi shuki, bu darslarda о‘quvchiga erkinlik muhiti hamda о‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyati yaratib beriladi. О‘z fikrini erkin bayon etish imkoniyatining yaratilishi ayniqsa boshlang‘ich sinf о‘quvchilariga juda zarur. Bu imkoniyat eng avvalo ularda о‘ziga bо‘lgan ishonch tuyg‘usini sо‘ng bilishga ehtiyojni shakllantiradi.
Xо‘sh, bu imkoniyat qanday yaratiladi? Avvalo, о‘quvchiga hech qanday tazyiq о‘tkazmasdan, uni shaxsiyatiga tegmasdan savollar berish orqali dо‘stona munosabatdagi о‘quv muhiti yaratiladi.
Ilk boshlang‘ich sinflarda “Odobnoma” fanini о‘qitishda interfaol metodlarni tatbiq etish yо‘llarini 1-sinf hamda 2-sinf “Odobnoma” fani dasturlaridan о‘rin olgan ayrim mavzular misolida qо‘rib chiqamiz.
1-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “1 sentabr Mustaqillik kuni” mavzusini о‘qitishda rasmlardan foydalangan holda “Tez javob” о‘yinidan foydalanish tavsiya etiladi.
“Tez javob” о‘yinida о‘qituvchi qator oralab yurib о‘quvchilardan birini turg‘azadi va qо‘lidagi rasmni kо‘rsatadi. О‘quvchi bu rasmdagi predmetning nomini tez topishi va nima uchun bu predmet mustaqillik bayrami bilan bog‘liqligini aytishi lozim. Javob uchgacha sanaguncha aytilishi kerak. Javob bera olmagan о‘quvchi о‘yindan chiqadi. О‘yin toki bir о‘quvchi qolguncha davom ettiriladi. Bunday о‘yin davomida о‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash malakasi rivojlanib, atrof – muhitni, sodir bо‘layotgan voqea, hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatish kabi kо‘nikmalar shakllanadi.
Bu о‘yindan “1 sentabr Mustaqillik kuni” mavzusi о‘tib bо‘lingach, uni mustahkamlash qismida yoki dam olish daqiqalarida foydalanish mumkin.
1-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Odob-salomdan boshlanadi” mavzusini о‘qitishda О‘qish kitobi, Ona tili, Matematika fanlari bilan fanlararo bog‘lanishlarni amalga oshirish orqali ma’naviy mazmunga ega, kichik maktab yoshidagi о‘quvchilar uchun qiziqarli bо‘lgan о‘zbek xalqining avloddan-avlodga о‘tib kelayotgan topishmoqlari, tez aytishlari, maqollari kabi asrlar davomida sayqallanib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish asqotadi. Jumladan, topishmoqlar xalq pedagogikasida azaldan muhim tarbiyaviy qurol sanalgan. Topishmoqlar inson umrining oxirigacha, ya’ni dastlab oila, maktab, о‘quv dargohlaridan tortib jamoatchilik ichidan о‘rganiladigan bilimlarini yanada aqlan chiniqtiradi, ruhiy estetik jihatdan boyitadi. 
О‘zbek xalq topishmoqlarining yosh avlod tarbiyasidagi о‘rni, jumladan, dars mashg‘ulotlarida ma’naviy-axloqiy ta’lim berishda topishmoqlarda mujassamlashgan xalq donishmandligi saboqlaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik xususiyatlariga doir qator maqolalar yozilgan bо‘lsa-da, bu muammo haligacha fundamental tadqiq etilmagan. 
Topishmoqlar bolaning о‘ylash, qiyoslash-taqqoslash, hozirjavoblik, ziyraklik qobiliyatini shakllantirib sо‘z boyligini oshiradi.
Deyarli har bir topishmoq odob-axloq g‘oyalarini tashiydi. Odobnoma darslarida bitta topishmoqning о‘zi dars mavzusi bо‘la oladi. Odob-ahloq normalarining azaliy ifodasi aks etgan bunday topishmoqlar yoshlar xotirasida chuqurroq о‘rnashadi va yaxshi ta’sir kuchiga ega bо‘ladi:
О‘tda yonmas, Suvga botmas,
Yerda chirimas (tо‘g‘rilik).
Osmondan buyuk (maqsad).
Bir tо‘kilsa qayta tо‘lmas (obrо‘, nomus).
О‘zi farz, bebismillo (salom berish).
О‘t emas, kuydirar,
Pichoq emas, sо‘ydirar (yolg‘on sо‘z).
Zarga sotilmas,
Zо‘rga topilmas (vaqt).
Qadimdan xalqimizda axloqiy tarbiyaga keng о‘rin berilganligi tufayli, odob-axloq haqidagi dono fikrlar, g‘oyalar topishmoqlar tarkibiga singib ketgan. Shuning uchun ham topishmoqlarni ta’lim modellarining hamma turida keng qо‘llash maqsadga muvofiq. 
Ayniqsa, kichik guruhlarga bо‘lib ishlashda, “Aqliy hujum”, bahs munozara, “Charxpalak” kabi metodlardan foydalanilganda topishmoqlarni asosiy obyekt qilib olish mumkin. Qolaversa, diqqatni jamlash uchun ham sinfga jumboq tashlab samarali natijaga erishish mumkin. 
1-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan yana bir mavzu –“Oila – baxt qо‘rg‘oni” mavzusini о‘qitishda “Hikoya” metodini qо‘llash maqsadga muvofiq. Ushbu mavzuni о‘qitish jarayonini quyidagicha tashkil etish mumkin. Buning uchun avvalo sinf о‘quvchilarini tо‘rt guruhga bо‘lib olish tavsiya etiladi:

  1. guruhga: “Oila – qanday maskan?”

  2. guruhga: “Oilada ota va onaning о‘rni”

  3. guruhga: “Oilada bobo va buvining о‘rni”

  4. guruhga: “Oilada aka-uka va opa-singillarning о‘rni” mavzulari topshirilib, muayyan vaqt ajatiladi va shu vaqt davomida о‘z guruhiga berilgan mavzu bо‘yicha har bir guruh a’zosining oilasi haqidagi hikoyasini jamlab turib hikoya tuzish topshiriladi. Vaqt tugagach guruh sardori kichik guruh hikoyasini aytib beradi. О‘qituvchi har bir hikoyaga о‘z munosabatini bildiradi va yakun yasaydi. Dars yakunida о‘qituvchi bolalarning hikoyasidan kelib chiqqan holda nima uchun oila – baxt qо‘rg‘oni deb atalishi borasida xulosa qiladi. Mazkur metod о‘quvchilarda eng avvalo о‘z oilasidan faxrlanish, shu oilaga munosib bо‘lish hislarini tarbiyalasa, ikkinchidan, о‘quvchilarda fikrlash, mulohaza qilish, erkin mushohada yuritish qobiliyatining shakllanib borishiga zamin hozirlaydi.

1-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Vatan bо‘ylab sayohat” mavzusini о‘qitishda “Kichik guruhlarda ishlash” usulidan foydalanish о‘quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi, har bir о‘quvchining munozarada qatnashish huquqini va bir-biridan о‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, о‘quvchilarning darsga qizg‘in tayyorgarlik kо‘rishiga, ular о‘rtasida о‘zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga zamin hozirlanadi.
Buning uchun sinfdagi о‘quvchilar kichik guruhlarga bо‘linadi. Har bir kichik guruhda 5-6 ta о‘quvchi bо‘ladi. Kichik guruhlarga Vatanimizning tarixiy obidalarga boy bо‘lgan shaharlari nomi beriladi:
Bu mavzuni о‘qitishdan bir dars oldin о‘qituvchi tomonidan kichik guruhlarga ularga berilgan shahar nomidan kelib chiqib, bu shahar haqida, bu shahardagi tarixiy obidalar, yodgorliklar haqida ma’lumot tо‘plashni topshiradi. Navbatdagi darsda о‘quvchilar guruh a’zolarining tо‘plagan ma’lumotlarini jamlab turib, о‘zlariga berilgan shahar va tarixiy obidalar haqida hikoya qilib beradilar. О‘qituvchi ularning hikoyasini tinglab, yakunida yangi ma’lumotlar bilan boyitadi. Shu tariqa о‘quvchilarning “Vatan bо‘ylab sayohat”i ta’minlanadi.
2-sinf “Odobnoma” fanini о‘qitishda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish yо‘llarini ushbu sinflarda о‘qitiladigan “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “О‘zbekiston - buyuk allomalar yurti”, “Sog‘liging -boyliging”, “Ona tabiat”, “Dо‘stlikni qadrlang” kabi mavzular misolida kо‘rib chiqamiz.
2-sinfOdobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “О‘zbekiston -buyuk allomalar yurti” mavzusini о‘qitishda “Tarmoqlar” (Klaster) metodidan foydalanish mumkin. Bu metodning ma’nosi – fikrlarning tarmoqlanishi bо‘lib, “Klaster” metodi 2-sinf о‘quvchilarini ushbu mavzuni chuqur о‘rganishlariga yordam beradi. О‘quvchilar “Klaster”ning maketini tayyorlab markaziga “О‘tmishda yashab о‘tgan buyuk allomalarimiz” deb yozib qо‘yadi. О‘quvchilar navbat bilan о‘zlari bilgan allomalarning nomini aytib tarmoqlashni davom ettiradilar. О‘quvchilarning fikrlari jamlanib bо‘lgach, о‘qituvchi ushbu allomalar merosi haqida kengroq hikoya qiladi.
Bu metoddan biroz boshqacharoq tarzda ham foydalanish mumkin. YA’ni doskaga tarmoqlash chizmasi chizilib, har bir tarmoqqa bittadan mutafakkirlarning rasmini joylashtiradi. О‘quvchilar har qaysi allomaning ismini topishga va uning merosi haqida sо‘zlab berishga harakat qiladilar. О‘quvchilarning javoblari tinglab bо‘lingach, о‘qituvchi ularni tо‘ldiradi.
Mazkur metod о‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga о‘rgatish bilan birga ularning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun ham xizmat qiladi. Shuningdek, о‘tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
“Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Sog‘liging -boyliging” mavzusini о‘qitishda xalq maqollaridan unumli foydalanib, maqollar asosida “Jumlani davom ettiring” metodini qо‘llash tavsiya etiladi.
Ushbu metodni qо‘llash jarayonida о‘qituvchi sihat salomatlik, sog‘liqni saqlash haqidagi xalq maqollarining birinchi qismini aytadi, о‘quvchilar uni davom ettiradilar. Masalan: о‘qituvchi: “Sog‘ tanda...” desa о‘quvchilar “sog‘lom aql” deya, “Salomatlik...” desa “tuman boylik” deya, “Dorining achchig‘i yaxshi” desa “sо‘zning – shirini” deya davom ettirishlari lozim. Jumlani tо‘g‘ri davom ettirgan о‘quvchiga rag‘bat kartochkasi berib boriladi. Eng kо‘p rag‘bat kartochkasi tо‘plagan о‘quvchi g‘olib chiqadi. Dars yakunida о‘qituvchi dars davomida ishlatilgan maqollarning mazmunini tushuntirib beradi.
Bu metod о‘quvchilarda ziyraklik, donolik va topqirlikni tarbiyalash bilan bir qatorda ularda sо‘zlarning mazmun-mohiyatini anglab yetish kо‘nikmasining shakllanishiga va sо‘z boyliklarini oshirishga yordam beradi.
2-sinf “Odobnoma” fani dasturidan о‘rin olgan “Ona tabiat” mavzusini о‘qitishda “Boshqotirma” usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu jarayonda о‘quvchilarga “Boshqotirma” savollari va jadvallari tarqatiladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish