6.2. Ta’lim dasturlari bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarga qо‘yiladigan talablar
6.2.1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bо‘yicha talablar
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki bо‘yicha talablar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bо‘yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qо‘yilgan talablar» asosida belgilanadi.
6.2.2. Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bо‘yicha talablar
Matematik kommunikativ kurs
6.2.2.1. Oliy matematika fani bо‘yicha
Bakalavr:
matematika dunyoni bilishning о‘ziga xos usuli, uning tushunchalari va tasavvurlarining umumiyligi haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
obyektlarning miqdoriy va sifat nisbatlarini ifodalash uchun matematik simvollardan foydalanish;
analitik geometriya, chiziqli algebra, matematik tahlil, nazariyasi, ehtimollik nazariyasi va statistikaning asosiy tushunchalari va metodlarini;
funksional va hisoblash masalalarini yechish modellarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
algebraik tenglamalarni analitik va sonli yechish;
amaliy masalalarning matematik modulini tuzib, bu masalalarni analitik va sonli yechish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.
6.2.2.2. Informatika va axborot texnologiyalari fani bо‘yicha
Bakalavr:
axborot, uni saqlash, ularga ishlov berish va ularni uzatish usullari haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
turli darajadagi dasturlash tillarini, ma’lumotlar bazalarini, dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasini bilishi va ulardan foydalana olishi;
dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan foydalanish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.
6.2.2.3. Tabiiy geografiya va ekologiya fani bо‘yicha
Bakalavr:
yer yuzidagi davlatlarning mintaqaviy joylashuvi;
xorijiy mamlakatlarning geografik joylashuvi;
biomuhit va inson biosotsial tabiati birligi nuqtai nazaridan о‘z kasbiy faoliyatining oqibatlari;
inson ham tabiatning uzviy bо‘lagi ekani;
tabiat uchun foydali va zararli omillar
biosfera va inson, tabiatdan foydalanish haqida tasavvurga ega bо‘lishi;
tabiatning fizik qonuniyatlarini;
muayyan hududlardagi tabiiy resurslarni baholashni;
tabiiy resurslarni ishlab chiqarishdagi о‘rni, insoniyat farovonligiga ta’sirini tahlil qilishni
biosferaning tuzilmasi, ekologik tizimlar, muhit va organizmlarning о‘zaro munosabati, ekologiya va inson salomatligi, atrof-muhitning global muammolari;
tabiiy resurslardan ratsional foydalanish va tabiat muhofazasining ekologik tamoyillari, tabiatdan tejab-tergab foydalanish asoslari, ekologik himoya texnikasi va texnologiyasini, atrof-muhit sohasida xalqaro hamkorlikni bilishi va ulardan foydalana olishi;
geografik qobiqdagi qonuniyatlarini ;
quruqlik va okeanlarning о‘zaro aloqadorligi;
quyosh energiyasi tabiat rivojlanishining bosh omili ekanligi;
materik va okeanlarning rivojlanish qonuniyatlarini tо‘g‘ri tahlil qilish
ekologik huquq asoslari va kasbiy mas’uliyat, qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishida ekologik masalalarni yechish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |