10-MAVZU: Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda mashg‘ulot samaradorligini
oshirish metodlari va vositalari
Reja:
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol usul va metodlarni qо‘llashda о‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish zarurati.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish yо‘llari.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol usul va metodlarning qо‘llashning о‘ziga xos jihatlari.
Tayanch tushuncha va iboralar: “Odobnoma” fani, interfaol usullar, interfaol metodlar, “Topishmoqlar”, “Tez javob topish о‘yini”, “Jumlani davom ettiring”, “Boshqotirma”, “О‘z о‘rningni top”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Guldasta”, “Xalq о‘yinlari lug‘ati”, “Eslab qol” mashqi, “Men qaysi kasbni tanlayman?” о‘yin texnologiyasi va hk.
1. Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda interfaol usul va metodlarni qо‘llashda о‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish zarurati.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol mashg‘ulotlarni о‘tkazishdan asosiy maqsad bolalarda mustaqil fikrlash, tо‘g‘ri sо‘zlash, jonivorlar, narsa-buyumlarni tо‘g‘ri nomlash, sanoq va miqdorni, katta va kichikni taqqoslash va farqlash, ular orasidagi о‘zaro о‘xshashlik va farqni kо‘ra bilish, ularning lug‘aviy ma’nolarini sharhlash kabi nutqiy-tafakkuriy kо‘nikmalarni, ravon og‘zaki nutqni hosil qilishdan iborat. Bu esa bolani intellektual rivojlanishga yо‘naltiradi, hozirjavoblik, jadal fikrlashga odatlantiradi.
Bunday ijodiy ishlar о‘qituvchidan, о‘z ish faoliyatini qiziqarli topishmoqlar, о‘ylash va izlanishga yо‘naltiruvchi lingvodidaktik va lingvopsixologik topshiriqlar bilan tо‘yintirish, lozim bо‘lsa, shunday yangi texnologiyalarni о‘rganish va о‘z mashg‘ulotlarida qо‘llashni taqozo etadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy taraqqiyotini jadallashtirish, mustaqil faoliyatga yо‘naltirishda tafakkur, idrok va xotirani rivojlantirish, nutqiy kо‘nikmalarni mustahkamlash mashg‘ulotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Sinfda va sinfdan tashqari dars-mashg‘ulotlari ushbu metodda tashkil etilganda о‘quvchilar erkin fikrlaydi, munozara-bahs yuritadi. Albatta, darsni bunday usulda tashkil etish oson kechmaydi. Bunda о‘qituvchining tashkilotchiligi, chuqur bilimi, ziyrakligi, nazokat va muloqatga kirishuvchanligi hamda boshqa xususiyatlari qо‘l keladi.
О‘quvchilarga bilim berishning asosiy shakli darsdir. Bugungi dars о‘quvchida ijodiy qobiliyatni о‘stirish, aqliy salohiyatni kengaytirish, ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish va har bir yangilikni tо‘g‘ri qabul qila olishni о‘rgatishi kerak. Shunday ekan, darsda о‘qituvchi va о‘quvchi munosabatlari ilmiy asosda tashkil etilishi, о‘quv maqsadlarini amalga oshirish uchun metod va vositalarni tо‘g‘ri tanlay olish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Hozirgi darsda о‘qituvchining asosiy vazifasi о‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va ijodiy izlanishga yо‘naltirishdan iboratdir.
Darsda о‘quvchilarning erkin, ijodiy ishlashlari uchun sharoit yaratish kerak. Buning uchun darslarning har bir qismi aniq loyihalashtirilishi, о‘quv materialini bilim egallovchilarning о‘zlashtirish darajalariga moslashtirish talab etiladi. An’anaviy ta’lim usullari bilan birga interfaol usullardan foydalanish dars samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Interfaol usullardan foydalanganda asosiy urg‘u о‘quvchilarni hamkorlikda ishlashlariga imkon berilishi hisoblanadi. Interfaol usullar о‘quvchida erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinflarda “Odobnoma” fani bо‘yicha dars berish jarayonida о‘qituvchilar har bir mavzuga ijodiy yondoshgan holda quyidagi jihatlarni alohida e’tibor berishlari zarur:
ilg‘or pedagogik texnologiya elementlaridan о‘rinli foydalanib, noan’anaviy, ya’ni suhbat, bahs-munozara, о‘yinlar, sayohat, davra suhbatlari tarzida tashkil etish;
dars mavzularini bayon etishda tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan muqaddas manbalarimizdan, ertak, rivoyat, hikoyat, maqol va hikmatlardan, buyuk ajdodlarimizning boy meroslaridan, hozirgi zamon bolalar shoiri va yozuvchilarining istiqlol davrida yaratgan asarlaridan unumli foydalanish;
shuningdek, fanlararo uzviylikka e’tibor berish, amaliy, ijodiy mashg‘ulotlarni kо‘proq kiritish, bu borada mahoratli о‘qituvchilarning ijodiy ish tajribalaridan keng foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |