218
MULOQOT JARAYONIDA SUHBATDOSHDA ATRAKTSIYANI
SHAKLLANTIRISHGA DOIR PSIXOLOGIK USULLARDAN
FOYDALANISH
T.E.Eshquvvatov.,
SamDU katta o’qituvchi
J.G’oyibnazarov.,
SamDU talabasi
Muloqot - kishilar o`rtasidagi o`zaro aloqa o`rnatilishi, rivojlanishi, o`zaro ta'sir
etishi jarayoni bo`lib, bu jarayon ularning o`zaro hamkorlik qilishga nisbatan
ma'naviy ehtiyojlari, anglashilgan motivlari asosida vujudga keladi va quyidagilarni
o`z ichiga oladi:
- o`zaro tushunish, anglash:
- o`zaro bir-birini idrok qilish:
- o`zaro axborot almashish:
- o`zaro harakat qilishning yagona uslubini ishlab chiqish.
50
Ta'limning mohiyati o`quvchilardagi bilish faoliyatini
bevosita boshqarish
ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, pedagogik muomala bilan muomalaviy
boshqarishning ko`pgina vazifalari o`zaro o`xshashligiga ishonch hosil qilamiz.
Shuning uchun ham muomalaviy boshqarish jarayoniga
berilgan tavsiyanomalar
pedagogik muomala jarayoniga ham xosdir. Muomalaning eng muhim xususiyatlari
o`zaro anglash va o`zaro idrok qilish, o`zaro ta'sir o`tkazishdir. O`zaro
anglash
quyidagi lahzalarga bog`liqdir:
- milliy tilning birligi;
- kasb bilan bog`liq bo`lgan tilning birligi;
- ma'lumotning to`laligi, uning mantiqiy bayon qilinishi;
- suhbatdoshning aqliy darajasi, madaniyati va kasbiy
tayyorgarligini hisobga
olish;
- diqqatini to`play olish;
- ko`rilayotgan masalani hal qilishda suhbatdoshlarning shaxsiy qiziqishida
umumiylik.
O`zaro idrok qilish esa quyidagi holatlarga bog`liq:
-
suhbatdoshning avtoriteti, nufuzi, obro`si uning kasbi bilan bog`liq bo`lgan
bilimi, amaliy ko`nikmasi;
- o`zaro shaxsiy munosabatning holati, uning qanchalik his-hayojonga boyligi:
rahbar o`z suhbatdoshida qanchalik ko`p ijobiy hissiy holat, kechinma uyg`ota olsa,
ularning o`zaro bir-birlarini anglash va idrok qilish shunchalik tez amalga oshadi.
O`zaro shaxsiy munosabatda hissiy holatning namoyon bo`lish darajasiga qarab,
insonlarda: empatiya, simpatiya, do`stlik yoqtirib qolish, ya'ni ijobiy hissiy
holatlarda: befarqlik, nafrat, yoqtirmaslik, ya'ni salbiy hissiy holatlarda: ko`rish
mumkin. Shuning uchun ham muamolaviy boshqaruv jarayonidagi eng muhim qoida:
har qanday yo`l va usul bilan ham suhbat jarayonida ijobiy hissiy holatni vujudga
50
Maxsudova.M. «Muloqot psixologiyasi». –N. 2005.
219
keltirishdir. Bu hol qanchalik kuchli namoyon bo`lsa, demak muomalaviy boshqaruv
shunchalik oson kechadi.
51
O`zaro shaxsiy munosabatlarda vujudga keladigan
ijobiy hissiy holatlar
natijasida namoyon bo`ladigan bir-biriga intilish,
bir-birini yoqtirib qolish
attraktsiya
deb ataladi.
Insonlardagi attraktsiyani shakllantirishning psixologik usullari.
-”Munosabatlar oynasi”;
-”Ismi bilan atash”:
-”Oltinga teng so`zlar”: (kompliment) xushomad.
-”Sabr-toqatli tinglovchi”:
-”Savollar bering”:
Ushbu usullar ko`p hollarda suhbatdoshda uning o`zi ham anglamagan holda
attraktsiyani vujudga keltiradi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: