3- mustaqil ishi mavzusi: O‘qituvchining ta’lim
jarayonidagi mahorati.
Ish rejasi:
Sinf bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatishda o‘qituvchining roli.
Zamonaviy darsni tashkil etishga qo‘yiladigan talablar.
O’qituvchi o'kuvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo'ladi) pedagogik ta'sir ko'rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o'quvchilar bilan muomala sohasida o'qituvchining asosiy yo'l-yo'rig’idan iborat bo'lib, u o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlariga monand bo'ladi. Tarbiyaning mavjud tajribasini tahlil qilib, tajriba sinov ishi o'quvchilarning yoshiga muvofiq ravishda o'qituvchi holati (tutgan yo'li) ning o'zgarish mezonini aniqlashga imkon beradi. Bu o'quvchilar jamoasiga nisbatan tashqi holatdan ma'lum darajada ichki holatga o'tish, o'quvchilarga bevosita ta'sir ko'rsatishning kamayishi va bevosita ta'sirning ortishi jamoani boshqarish organlariga berish, har bir bola shaxsining ichki olamiga ko'p ta'sir etishga o'tishdir.
Turli yoshdagi o'quvchilarning muomalasiga ta'sir kursatish sub'ekti bo'lgan o'qituvchi tutgan yo'l va mahoratining umumlashtirilgan tavsifini quyidagicha tasavvur qilishi mumkin: quyi sinflarda o'qituvchi tashkilotchi bo'lib maydonga chiqadi. V. Dalning lug’atiga qaraganda - tuzuvchi-ta'sis etuvchi (tashkil etish-yo'lga qo'yish, qat'iy asoslash degan so'zdan) ma'noni bildiradi. Pedagogning kichik yoshdagi o'quvchilar hayotiga -ta'sir ko'rsatishining asosiy mazmuni uni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar jamoalarida talabchan va quvnoq tarbiyachi bo'la oladigan, bolalarning faol ijodkorlik bilan to'la hayotini tashkil etib, ular orasida o'zaro xayrihoxlik, g’amxo'rlik vaziyatini, zavqli vaziyatni vujudsa keltira oladigai tarbiyachilar katta obro'-e'tibor qozonadilar. Bolalar katta yoshdagi bunday kishilarni o'z do'stlari deb qabul qilshiga moyildirlar.
Bunday munosabat eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga tashkiliy vazifalarnin hal etilishini osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini mohirlik bilan samarali hal etishga yordam beradi. O'smirlar o'qiydigan sinflarda o'qituvchining holati rahbar degan so'z bilan ifodalanishi mumkin. V. Dal bu so'zni quyidagicha, ya'ni ko'rsatuvchi, murabbiy, ishboshi, boshlovchi deb ta'riflaydi. Pedagoglarning o'smirlarga ta'sir ko'rsatishining asosiy mazmuni ularning faoliyatiga rahbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi, bu faoliyat o'z-o'zini tashkil qilishning ko'proq ulushiii o'ziga qamrab oladi, bu esa o'qituvchining ta'lim tarbiya jarayoning rahbari sifatida, o'quvchilarga quyidagi talablar mazmuinini ochib beradi. O’smirlar pedagogik talablarni ongli va sidqidildan bajarishlari uchun talab mavzuiga nisbatan o'qituvchi va o'quvchining bir xil yo’l tutishi zarurdir, u bilish nuqtai nazaridan qiziqarli bo'lishi yoki amaliy jihatdan foydali bo'lishi zarur, yoxud hissiyotlarni engillashtirish va xokazolar uchun kerak, boshqacha so'zlar bilan aytganda, jamoa faoliyat jarayonini qulaylashtirish zarurdir, aks holda talab samarasiz bo'lib qoladi. Katta yoshdagi o'smirlarga nisbatan o'qituvchi homiy yoki tarbiyachi holatida turadi bu so'zlar V. Dal lug’atida «homiylik qiluvchi, g’amxo'r, serharakat» sifatida ta'riflanadi. Bunday holat shuni taqozo qiladiki o'qituvchi faoliyatining shunday sohalarida, ya'ni bevosita aralashuv kam samara beradigan sohalarda, o'quvchilarning o'zaro harakatlariga alohida e'tibor berish lozim, bu esa pedagogdan katta yoshdagi o'smirlarga o'ziga xos homiylik qilishni talab etadi, bu avvalo ularning bu sohadagi ahvoli yaxshi bo'lishi haqida bevosita g’amxo'rlikni o'z ichiga oladi. Yuqori sinflarda o'qituvchining holati konsultant, ya'ni muayyan sohada maslahatlar beruvchi mutaxassis so'zi bilan ifodalanishi mumkin. O’qituvchi yuqori sinf o'quvchilari bilan muomala qilganda o'tmish g’oyaviy merosining muhim ahamiyatini tasdiqlab berish lozim. Bunday holda u keng muammolar bo'yicha maslahatchi bo'lib keladi va yuqori sinf o'quvchilariga samarali ta'sir ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi. O’qituvchi jamoa a'zolari bilan gaplasha olishi ham kerak.
O'quvchilar jamoasi - bilan muomala ko’pincha suhbat, leksiya, axborot shaklida bo'ladi. Birinchi navbatda suhbatni qaiday boshlash, qanday qilib darhol o'qituvchining gaplariga bolalarning diqqatini tortish, qiziqtirish haqida galirib o'tamiz. Jumladan, mavzuga diqqat tortish, uni tushuntirish, tahlil qilish, maqola, sitata keltirish mumkin. Bunda o'qituvchi suhbat olib borayotganda ancha qisqa, lekin etarli aniq qilib ochib berish vazifasi turadi. Bunda misollar, illyustrasiyalar sistemasi bayon qilinadi. Har qanday suhbat bolalarni qiziqtira olishi lozim. Faoliyat yo'nalishlarida keng miqyosgda joriy etilishi lozim bo'lgan «Ona yurt», «Yosh ishbilarmon», «Yosh hunarmandlar», «Meros», «Mehr-shafqat», «'Gabiat va inson» kabi ishlar qo'llashi bolalarni tarixni o'rganish va uni targ’vb qilish, xalq urf-odatlari, bolalar o'yinlarini o'rganishda katta yordam beradi. Oromgoh hududida istiqomat qiluvchi hunarmandlar, ya'ni temirchilar, kulollar, naqqoshlar, duradgorlar, zardo'zlar, kosiblar bilan kelishgan holda kichik ustaxonalarni ochish mumkin. Bolalar va o'smirlar orasida katta-yu kichikka doimo g’amxo’r bo'lish, ayiiqsa bemor yotgan qariyalarga yoki tengdoshga bo'lgan mehr-muruvvatni ayamaslik fazilatlarini singdira olish muribbiy va tarbiyachilarning muhim ishidir. Buning uchun ular o'z tarbiyalanuvchilari bilan oromgoh hududida istiqomat qilayotgan keksa, yolg’iz bemor qariyalardan xabar olishi, ularniig uy ishlarida ko'maklashishi, zarur - bo'lsa kichik ta'mirlash ishlarini olib borishi mumkin. Oromgohlarda ko'ngilli dam olish uchun sport bilan shug’ullanish, turli xil o'yinlar o'tkazish, kasb tanlash, bichish-tikish, qashtachilik va hokazolar. Yosh tabiatshunoslar, sayyohlar va texniklar ish olib borishlari lozim, Yozgi sport sog’lomlashtirish oromgohlarini tashkil etish an'anaga aylanib bormoqda. Oromgox odatdagidek 1 iyun kuni ochiladi.
Sinf rahbari dеganda o`quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham tеng bo`lgan jamoani boshqarib turuvchi pеdagog tushuniladi.
Maktab hayotida, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda sinf rahbari yoki boshlang`ich sinf o`qituvchisining boshqalar bilan almashtirib bo`lmaydigan o`ziga xos o`rni bor. Sinf rahbari (boshlang`ich sinfda sinf ukituvchisi) faoliyatining aksariyat kismi tarbiyaviy jarayon bilan bog`liqdir. Shu jihatdan olganda uni sinfning bosh tarbiyachisi, murabbiysi dеyish mumkin. Sinf rahbarlari avvalo, «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun, O`zbеkiston Rеspublikasining umumta'lim maktabi to`g`risida Nizom, O`zbеkiston Rеspublikasining ta'lim muassasalari sinf rahbarlari to`g`risidagi Nizomi va boshqa pеdagogik hujjatlarda bеlgilab bеrilgan yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalashning umumiy vazifalaridan kеlib chiqib, o`z tarbiyaviy ish faoliyatini aniqlab oladilar.
Sinf rahbari o`z faoliyati davomida maktab dirеktori, o`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari, ma'naviy va tarbiyaviy ishlar bo`yicha dirеktor o`rinbosarlari bilan , uz sinfiga dars bеruvchi o`qituvchilar, maktabdagi bolalar tashkilotlari еtakchilari bilan va maktab kutubxonachisi bilan hamkorlikda qator ishlarni olib boradi.
Ayniqsa, sinf jamoasini tashkil etish va jipslashtirishda sinf rahbarining o`rni muhimdir. U har bir o`quvchisini, uning xususiyatlari va shaxsini chukur urganib chikadi, kim bilan qanday muomala qilishni biladi. Turli tarbiyaviy yo`nalishlar bo`yicha tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O`quvchilar oilasi, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda qator tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
Sinf raxbari o`z ishlarini maktab ma'muriyati rahbarlari va bolalar tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. Shuning uchun uning faoliyatini rеjalashtirish umummaktab hamda bolalar va o`smirlar, «Kamolot» jamg`armasi ishining rеjalashtirilishi bilan uzviy ravishda bog`langandir. Sinf rahbari ishlarini, jumladan tarbiyaviy ishlarni to`g`ri rеjalashtirib olish tarbiya samaradorligini ta'minlovchi omillardan biridir.
Maktabda o`quvchilarga tarbiya asosan sinf rahbarining ishlari orqali bеriladi. Jumladan, tadbirlar, mushoiralar, har xil kеchalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o`yinlar orqali o`kuvchilarga ta'lim- tarbiya bеriladi.
Sinf rahbari maktab ma'muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma'muriyati sinf rahbari va uning olib borayotgan ishlarini doimo qo`llab-kuvvatlashlari lozim. Chunki sinf rahbari o`z o`quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalash uchun nimalar kеrakligini hisobga olib ish yuritadi. Sinf rahbari ishini ma'naviyat va ma'rifiy ishlar bo`yicha dirеktor o`rinbosari boshqarib turadi.
Boshlang`ich sinf maktab ta'limining dastlabki bosqichi bolalar o`qituvchi rahbarligida ta'limda birinchi qadam qo`yadilar. O`quv faoliyatida bilim, ko`nikma va malakalarni egallaydilar. O`qituvchi sinf bilan ko`pincha yolg`iz ishlaydi va tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
O`qituvchilar tomonidan o`quvchilarga qo`yiladigan pеdagogik talablar bеrishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bog`lab turadi. Zarur bo`lgan vaqtda o`qishda o`quvchilarga yordam ko`rsatishni tashkil etadi. Sinf rahbari qiladigan ishlari xujjatlarini olib boradi va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadi. O`quvchilar sog`lig`ini mustahkamlashga doir ishlarni o`tkazadi va jismoniy hamda aqliy mеhnat qilishga o`rgatib boradi.
Sinf jamoasini tashkil etishda, sinf majlisini tashkil etishda sinf rahbarining roli katta hisoblanadi.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim) iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko’rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o’quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta`minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo’ljal va darsni mahorat bilan o’tkazishni ta`minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo’yiladigan tarbivaviy talablar o’quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo’lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo’yish, faqat o’quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviymasalalarni belgilash, o’quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, maspuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o’quvchilarga diqqat- e’tiborli munosabatda bo’lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o’quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo’lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o’quvchilarda o’quv-o’rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik, shakllantirish hamda rivojlantirish, o’quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o’rganish, hisobga olish, «rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish», «o’zib ketish» darajasidagi o’quv mashg`ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag`batlantirish, o’quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko’ra bilish, boshlanayotgan o’zgarishlarni hisobga olish asosida o’quv mashg`ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |