Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Download 385,5 Kb.
bet9/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

Zargarlik. Qoraqalpoqlar zargarlik bilan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlari singari qadimdan shug‘ullanib kelganligi Qoraqalpog‘iston hududida etnografik ekspeditsiya jarayonida dala materiallari yig‘ilganda o‘z isbotini topgan.

Zargarlik hunarmandchiligi qoraqalpoq xalqi etnografik adabiyotlarida eng kam yoritilgan mavzu hisoblanadi. Biroq, Qoraqalpoq zargarlik buyumlari O‘rta Osiyo xalqlari bilan solishtirganda uncha farqlanmagan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qoraqalpoqlarda zargarlik san’ati ancha takomillashgan edi. Ular asosan ayollar zeb-ziynatlari, hamda kumushdan ot no‘xtasi va yugani, belbog‘ va boshqa buyumlarni yasaganlar. Oltin va kumush buyumlarini yasovchi usta-zargarlar, xuddi O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari singari zargarlar deb nomlanganlar va ularni asosan erkaklar tashkil etgan1.

Oltin va kumushdan yasalgan buyumlarga talab katta bo‘lgan. XIX asr oxiri va XIX asr boshlarida deyarli har bir ovulda o‘zining zargari bo‘lgan. Ular qo‘shni, nisbatan kichik ovullarda ham aholiga xizmat qilgan. XX asrda usta-zargarlar juda kamayib qoladi va ular bu davrga kelib zargarlik buyumlarini yasamay qo‘yganlar. Zargarlik an’anaviy hunarmandchiligining yo‘qolish holati sodir bo‘lgan.

Biroq, Qoraqalpog‘iston hududida juda ko‘p ovullar o‘rganilganda, zargarlar faoliyat yurgizgani ma’lum bo‘ladi. Odatda, zargarga bir yoki bir necha taqinchoqni buyurtmaga berishishgan. Asosan zargar uyida ishlagan. Bir xil hollarda zargar asbob-uskunalari bilan ovullarga buyurtma olish uchun eshakda kezib yurgan. U uy xo‘jayini ko‘z o‘ngida ishlagan. Ishni tugatdan keyin mehnati evaziga pul, don yoki chorva bilan haq to‘langan. Ba’zi zargarlar mehnatlari evaziga kumush ham talab qilganlar1.

Zargarlik buyumlariga talab katta edi. Shuning uchun buyurtmachi bir necha oylab kutishiga to‘g‘ri kelgan. Zargarlar har xil buyum yasaganlar, aniq bir buyumga to‘xtab qolmaganlar. Usta-zargarga shogird tushish, ba’zan 10 yilgacha davom etgan. Shu bilan birga qoraqalpoq ustalari yoshligidan boshlab o‘z o‘g‘illariga, yaqin qarindoshining o‘g‘liga yoki urug‘dagi boshqa kishining o‘g‘liga hunarlarini o‘rgatganlar. Tarixiy-etnografik ekspeditsiya davrida, hozirgi Qoraqalpog‘iston hududida ko‘p sonli usta-zargarlar mavjudligi va ularning ko‘pchiligi juda mashhurligi aniqlangan edi. Ular orasida bobokalonlari ham zargar, ya’ni vlodiy ustazodalar o‘z hunarlarini sakkiz avlodga yetkazib turgani ma’lum. Zeb-ziynatlar asosan buyurtma asosida qilingan. Xususan, avlodiy zargarlar qoraqalpoq-uyg‘ur urug‘i yashaydigan ovulda, SHartanboy yaqinida hayot kechirganlari, vaqti-vaqti bilan ular, uzoq qoraqalpoq ovullariga, masalan Qo‘ng‘irot atroflari, Tazkare, Kukuzyak hududlariga borganlari tadqiqotlar davomida ma’lum bo‘ldi. Qoraqalpoq zargarlari Xiva o‘zbeklari orasida ham juda mashhur bo‘lishgan. Hattoki, axborotchilar xabar berishicha, Xiva xonining o‘zi ham zargarlarni tez-tez o‘z huzuriga chaqirib, Xiva tangalarini buyurtma bergan ekan.

Orol dengizining janubiy sohilida, Amudaryo bo‘limi, Chimboy uchastkasi, Kukuzyak volosti, Terbenbes atroflarida qoraqalpoqlarning muyten qabilasidan Arzimbet-zargar yashagan. U yoshligidan ushbu hunarni otasi Alek-zargardan o‘rgangan. Arzimbet o‘zining san’ati bilan asta-sekin o‘zining va qo‘shni ovullarda, keyinchalik uzoq baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi ovullar aholisi orasida ham mashhur bo‘lgan. Arzimbet baliqchilar orasida eng yaxshi zargar bo‘lib tanilgan. U hamma ayollar bezaklarini va texnik jihatdan yasalishi qiyin bo‘lgan buyumlarni ham yasagan. Janubiy Orolbo‘yi xalqlari haligacha Arzimbetning avlodiy zargar ekanini eslashadi. Janubiy Orolbo‘yi zargarlari ichida faqat Arzimbet-zargar ayollar boshqa bezaklari qatorida qadimiy ayollarning bosh kiyimi, har xil qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan – saukelini yasab bilgan1 . Xuddi shunday bosh kiyimlilardan biri qoraqalpoq san’at muzeyida saqlanmoqda. Moskvada, Leningradda, Yugoslaviyada bo‘lib o‘tgan qoraqalpoq san’at ko‘rgazmalarida ushbu bosh kiyimli qoraqalpoqlarning ajoyib xalq san’ati namunasi sifatida namoyish etilgan.

Xudoybergan hamda Arzimbet zargarlar asosan buyurtma asosida ishlaganlar, pul yoki natura shaklida ularga haq to‘langan. Ayrim hollarda ularning yasagan buyumlari Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Chimboy bozorlarida sotilgan. Ammo, ko‘pgina zargarlarga faqat shu hunarlari ketidan hayot kechirish qiyin bo‘lgan. Shuning uchun ular dehqonchilik, baliqchilik, chorvachilik bilan ham shug‘ullanishgan. Qimmatbaho buyumlar yasab undan yaxshi daromad topa olgan zargarlar ham bo‘lgan. Qariyalarning aytishicha, chorva, er va boshqa xo‘jaliklarga ega bo‘lgan, o‘ziga to‘q yashagan zargarlar ham bo‘lgan. Bu mashg‘ulotlarni arxiv hujjatlari ham tasdiqlaydi.

Qoraqalpoq zargarlari ayollarning hamma xildagi bezaklarini yasaganlar: ziraklar (sыrg‘a), bilakuzuk (bilezik), uzuk (juzik), to‘g‘nag‘ich (karsыilchek), ko‘proq bezaklari (xaykel), o‘ng‘ir-monshak, har xil tugmalar, tumorlar (tumarma), saukeli uchun kumush toshlar bilan bezatilgan to‘g‘nag‘ichlar, kalitlar uchun osgichlar va boshqalar.

Qoraqalpoq zargarlarining ko‘pchiligining doimiy do‘konlari bo‘lmagan. Demak, ular yashab turgan joylarida ishlaganlar. Maxsus zargarlik ustaxonalari odatda eski pasxa uylarda yoki o‘tovda joylashgan. Zargarlarning zargarlik asbob-uskunalarining ko‘pchiligini temirchilar yasab bergan, ba’zilarini o‘zlari ijod qilishgan. Odatda, ular asboblarini avloddan-avlodga etkazishgan.


Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish