Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети


II BOB. QORAQALPOQ XALQI AN’ANAVIY XO‘JALIGI VA MODDIY MADANIYATI



Download 385,5 Kb.
bet7/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

II BOB. QORAQALPOQ XALQI AN’ANAVIY XO‘JALIGI VA MODDIY MADANIYATI

2.1.AN’ANAVIY XO‘JALIGI: HUNARMANDCHILIK, DEHQONCHILIK, CHORVACHILIK VA

BALIQCHILIK
Hunarmandchiligi. Hunarmandchilik qoraqalpoqlarning an’anaviy mashg‘uloti bo‘lib, kompleks xo‘jaligida muhim ahamiyat kasb etgan. Xususan, qishloq xo‘jaligi qurollari, suv ko‘tarish moslamalari (chig‘ir), transport vositalari (arava, qayiq), aholini esa kiyim-kechak , uy-joy (o‘tov), xo‘jalik predmetlari bilan ta’minlab turgan. Tarixiy va arxeologik ma’lumotlar qoraqalpoqlar hunarmandchiligining hamma tarmoqlari asosini bilish imkonini bermaydi, rus arxivlarida esa ushbu ma’lumotlar XVIII asrning 30-yillaridan paydo bo‘lgan. Rossiyaning qoraqalpoqlarni zabt etishi to‘g‘risidagi ayrim hujjatlarda, ushbu xalq Sirdaryo bo‘ylab ko‘chib yurib, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullangan va tinch, osuda hayot kechirganliklari ta’kidlanadi.1

XIX asrning 20-60-yillarida, Amudaryoning quyi oqimida yashovchi qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lishlariga qaramay, ularda hunarmandchilik taraqqiy etgan. Yetarlicha yoritilmagan tarixiy va tarixiy-etnografik materiallar shuni ko‘rsatadiki, qoraqalpoqlarda har bir sohaning o‘zining ustasi – temirchilar, quyuvchi-degrezlari, duradgorlar, egarchi, mo‘ynado‘z, telpakdo‘zlari, zargarlar va hokazolar bo‘lgan. Ayollar to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, kashtado‘zlik bilan shug‘ullanganlar.2 Ammo Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy darajasi pastligi , ichki bozorning va tovar xo‘jaligining sust rivojlanishi, ayniqsa, xonlikning chekka hududlarida yashovchi qoraqalpoq aholisining yarim natural xo‘jaligi hunarmandchilik o‘sishini to‘xtatib qo‘ygan edi. Qoraqalpoq ustalari qishloq xo‘jaligi bilan ham aloqani uzishmagan, ya’ni hunarmandchilik bilan bir qatorda chorvachilik va dehqonchilik bilan ham shug‘ullanganlar. Xiva xonligining XIX asrdagi ayrim arxiv hujjatlarida, shu narsa e’tiborliki, masalan, ayrim usta-zargarlar sobiq chorvadorlar bo‘lganlar.1



Keyingi tarixiy bosqichda o‘ng qirg‘oq Qoraqalpog‘istonning Rossiyaga qo‘shilishidan keyin, hunarmandchilik ahvoli ham o‘zgargan. XX asr boshida sanoatning rivojlanishi va savdoning taraqqiy etishi, sanoat ishlab chiqarish shaklining hukmronligiga qaramay Qoraqalpog‘istonda ichki bozor talabini hunarmandchilik va uy-ro‘zg‘or kasb-korligi qondirgan edi.2

1912-1913 yillarda olib borilgan statistik-iqtisodiy kuzatishlar bo‘yicha qariyb 25 ming aholi, butun aholining 12,6 foizi uy-ro‘zg‘or kasb-korligi va hunarmandchiligi bilan shug‘ullangan, ammo, bular asosan qishloq xo‘jaligi ishchilari va batraklar, cho‘ponlar, baliqchilar, savdogarlar, karvonda va qayiqlarda mahsulot tashuvchi shaxslar edilar. Hunarmandlar – temirchilar, duradgorlar, tikuvchilar bir yarim ming kishini tashkil etgan., shunga qaramay, asosiy hunarmandchilik mahsulotlaridan tashqari, ular har doim buyurtma asosida va qishloq xo‘jaligi bilan aloqani uzmagan holda ishlashardi. Masalan: temirchilar haqida quyidagilar aytilgan: “Qishda to‘rt oy ishlab, qolgan oylar qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishgan. Faqatgina buyurtma asosida ishlashadi. Uzoqdagi buyurtmachilar ish haqini pul bilan, yaqinlari esa – natura shaklida (bug‘doy yoki ish bilan) to‘lashardi.”3 duradgor haqida: “Mahalliy duradgorlar, darvoza, eshiklar, chig‘irlar, o‘tovlarning asosini mahalliy qurilishlarning asosini aravalar, qayiqlar yasaydilar. Xom-ashyo ko‘pgina hollarda buyurtmachining o‘zidan, shunday qilib, qoraqalpoqlarda hunarmandchilikning rivojlanish darajasi, tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, inqilobiy davrdan oldin, ancha past bo‘lgan. Tabiiyki, qoraqalpoqlarda xo‘jalikning ekstensiv shakllari, iqtisodiy hayotning qoloqligidan, shahar markazlarining sust rivojlanishidan va patriarxal feodal munosabatlar hukmronligidan hunarmandchilik Xivaning katta shaharlari Xiva, Urganchga nisbatan ancha sust rivojlangan. Xiva xonligining arxiv hujjatlari orasida Xiva xonligi hunarmandlarining ro‘yxati saqlangan. Bunda 1860-yillarda bozorda o‘rin uchun boj to‘langan. Xivada o‘sha davrda 27 xil hunarmandchilik turi mavjud bo‘lgan. Xiva bozorida 556 ta ustalarning o‘z do‘koni bo‘lgan, biroq, bu ro‘yxatga, hunarmand bo‘lib, quruvchilar, kulolchilar kirmaganlar, chunki ular bozor bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan o‘z mahsulotlarini olib sotarlar orqali sotardilar. Bu erda manufaktura korxonalari paydo bo‘lib, hunarmandchilikda mehnat taqsimoti vujudga keladi”.1 Qoraqalpoqlar hunarmandchiligi chuqur tarixiy an’analarga ea bo‘lgan Xorazm ustalarining ta’siri ostida edi, ammo, umumiy ko‘rinishi jihatidan (ishlab chiqarish sohalari, buyumlar xarakteri va chorvachilik – dehqonchilik xo‘jaliklari bilan bog‘liq ehtiyojlar v.b) qo‘shni hisoblangan qozoqlar hunarmandchiligi bilan ko‘p jihatlardan yaqin bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, qoraqalpoqlar hunarmandchiligini o‘rganish bevosita Orolbo‘yi xalqlarining xo‘jalik-madaniy an’analariga tegishli juda muhim va qiziqarli tarixiy-etnografik muammolarni har tomonlama o‘rganib chiqish bilan bog‘liq. Afsuski, hatto XIX - XX asr boshlarida, bu mavzularga doir tarixiy manbalar nihoyatda kam. Shuning uchun ushbu sohaga oid etnografik materiallar, Qoraqalpog‘iston shahar va qishloqlarida yashovchi yoshi ulug‘ ustalar bilan ishlash, ularning xotiralarida saqlanib qolgan ishlab chiqarishning har xil sohalari bo‘yicha ma’lumotlar, buyumlarning turli ko‘rinishlari hamda hali ham an’anaviy usulda ishlaydigan ustalar ishini kuzatish orqali ma’lumotlarga ega bo‘linadi. Lekin bunday ishlar O‘z SSR FA Qoraqalpoq bo‘limi etnograflari va Xorazm ekspeditsiyasi guruhi a’zolari tomonidan, yo‘l-yo‘lakay boshqa mavzularni yoritish bilan birgalikda 1970-yilgacha olib borilgan. 1971-yildan 1975-yilgacha ushbu muhim soha to‘g‘risida, sistemali, butun respublika hududini qamrab olgan etnografik materiallar to‘plamini yig‘ishni maqsad qilib qo‘yiladi, ammo bu vaqtda qoraqalpoqlarlarning ba’zi hunarmandchilik turlari butunlay yo‘qolib ketgan, ba’zilari esa boshqa mahalliy ishlab chiqarish sohalari bilan chatishib ketgan.1

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qoraqalpoq hunarmandlari asosan Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot shaharlarida yashashgan. Masalan, Chimboyda temirchilar, yog‘ochga ishlov beruvchilar, zargarlar, bo‘yoqchilar, kulollar, to‘qimachilarning maxsus mahallalari bo‘lgan. Ammo ovullarda ham, ya’ni qishloqlarda hunarmandlar ko‘p bo‘lib, hunarmandlarning qishloq xo‘jaligi bilan yaxshi aloqada bo‘lganligini etnograflar o‘z tadqiqotlarida qayd etishadi. Yoshi ulug‘ keksalarning hikoya qilishlaricha, ustalarga mehnati uchun natura shaklida, ya’ni bug‘doy, chorva yoki ishlab chiqaruvchi mahsulotlari uchun xom-ashyo tarzida haq to‘langan; boy buyurtmachi yoki kelgindi savdogarlargina pul berganlar. Shu davrning o‘zida ayrim qishloqlarda mehnatga haq to‘lashning yanada arxaik shakllari saqlanib qolgan edi; Usta hunarmand ovuldagi qabilaning a’zosi hisoblangan va shu ovulning a’zolariga xizmat ko‘rsatgani uchun unga yig‘im-terim mavsumidan so‘ng, ma’lum miqdorda bug‘doy berilgan. Bug‘doyning narxini, ya’ni ustaning haqini shu ovul oqsoqoli belgilagan.

Temirchilar (asosan shaharda yashovchilari) mahsulotlarini bozorlarda sotishgan, ammo nafaqat o‘z shaharlarida, balki Urganch, Toshkent, Orenburg kabi shaharlarda va hatto Nijegorod yarmarkasiga ham olib borishgan. 1974-yilda Qorauzoq viloyati, “Moskva” sovxozida yashovchi, nafaqaxo‘r, Qallibaev Ismoilning aytishicha, uning katta bobosi bundan 175-200 yil oldin o‘zining temirchilik buyumlari bilan “Nijnegorod” yarmarkasida ishtirok etgan ekan.1


Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish