Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Download 385,5 Kb.
bet5/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Qoraqalpoq xalqi oilaviy turmushi, xususan, moddiy madaniyati va uning bilan bog‘liq e’tiqod va marosimlari qoraqalpoq etnograflari muhim tadqiqotiga aylangan. Uzoq yillar davomida qoraqalpoq xalqi etnografiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, hamda bugungi kunda qoraqalpoqlar hayotiga yangi urf- odat hamda marosimlarining kirib kelishi masalalari bilan mahalliy etnograflardan X.Esbergenov1 va T.Atamuratovlar2 shug‘ullangani yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Har bir xalqning oilaviy-turmush marosimlari kompleksidan tashqari, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq marosimlari ham mavjud. Ma’lumki, O‘rta Osiyo etnografiyasida tojik, o‘zbek, turkman, qozoq va qirg‘izlarning dehqonchiligi, chorvachiligi va ovchiligi bilan bog‘liq marosim va e’tiqodlari to‘g‘risida ahamiyatli, diqqat sazovor adabiyotlar mavjud. Qoraqalpoqlarning tarixiy etnografiyasida sohasida ilk bor kompleks tarzda etnografik ma’lumotlarni reja asosida yig‘ish 1970 yilda O‘Z SSR FA Qoraqalpoq filiali tomonidan amalga oshiriladi. Natijada etnografik dala-tadqiqotlari asosida qoraqalpoqlar etnografiyasiga bag‘ishlangan rus tilida monografiya yaratiladi3.

Aytish joizki, ushbu monografiyani yaratish oson kechmagan. Chunki xalq moddiy va ma’naviy turmushiga oid materiallarni to‘plash qiyin masala edi, sababi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashagan yoshi ulug‘, keksa axborotchilarni topish amri mahol edi.

Xususan, e’tiqod, tasavvur va irim-sirimlar sikli sobiq sovet davrida juda tez yo‘qolib borgan, chunki respublika iqtisodining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mexanizatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi, qishloqlarda mutaxassis kadrlarning oshuvi, dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilikda ilg‘or ilmiy agranomik usullarning tadbiq etilishi an’anaviylik ko‘rinishlariga zarba bergan edi. Tabiiyki, zamonaviy qishloq aholisi, kolxozchi va ishchilar qadimiy marosimlarga rioya etmaganlar, hatto keksa axborotchilar ham qishloq xo‘jaligi barcha marosimlariga oid urf- odatlarni dehqonlar, cho‘ponlar va baliqchilarning afsonaviy homiylarini eslay olmas edilar.

Qoraqalpoqlar xo‘jaligi bilan bog‘liq e’tiqod va marosimlarni dala ma’lumotlariga tayangan holda umumlashtirib, yaratilgan etnografik ocherk 1980 yilda tarix fanlari doktori T.A. Jdanko va akademik S.K. Kamolov tahriri ostida Toshkentdan “Fan” nashriyotidan chiqadi. Ushbu monografiya kirish va besh bobdan iborat. Birinchi bobi – turar joy, ikkinchi bobi - kiyim –kechak, uchinchi bobi-taom, to‘rtinchi bobi- hunarmandchilik deb nomlangan. Kirish qismini T.A. Jdanko va X. Esbergenov, I, II va V – bobolarini X.Esbergenov, III-bobni, A.T.Bekmuratova, IV- bobini A.Utelensov, xulosa qismini T.A.Nedenko va S.K. Kamalovlar yozganlar.

Ushbu monografiyani tayyorlashda mualliflar Rossiya Etnografiya Muzeyi (Sankt-Peterburgdagi) eksponatlari fondidan va kolleksiyalaridan foydalanishgan. Ushbu muzey fondi 70-yillarda tashkil etilgan etnografik ekspeditsiya jarayoni natijasi sifatida yaratilgan edi.

Tarix sahifalaridan ma’lumki, XVIII asrda yuz bergan qalmiq bosqini oqibatida qoraqalpoq xalqining ayrim guruhlari Xorazm vohasini tashlab, o‘zga yurtlarga ko‘chganlar. Chunonchi, XVIII-XIX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi hududiga ham qoraqalpoqlarning ayrim guruhlari kelib joylashganlar.

Farg‘onalik qoraqalpoqlar, haqidagi tarixiy – etnografik ma’lumotlar XIX asrda va undan keyingi davrlarda yashagan bir qator mualliflar asarlarida uchraydi. 1813-1814-yillarda Qo‘qon xonligida bo‘lgan rus elchisi F.Nazarovning “Zapiski o nekotorix narodov i zemlyax sredney chasti Azii” nomli asarida Qo‘qon yaqinida, Sirdaryo bo‘ylarida qoraqalpoqlar yashaganligi hamda ular gilam, jun va boshqa turdagi matolar to‘qish bilan mashg‘ul bo‘lganliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan1. Muallifi noma’lum “Obozrenii Kokandskogo xanstva v nineshnem ego sostoyanii” nomli ishda ham vodiy qoraqalpoqlari ijtimoiy – siyosiy, xo‘jalik va madaniy hayotiga taalluqli ko‘plab faktlar keltirilgan2.

V. Nalivkin, V.I. Massalskiy, V.N. Kushelevskiy kabi tadqiqotchilar ishlarida ham Farg‘ona qoraqalpoqlari turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘ulotlarining o‘ziga xos etnografik xususiyatlari va mahalliy aholi bilan o‘zaro aloqalari haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi1.

Farg‘ona vodiysi qoraqalpoqlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar mahalliy qo‘lyozma manbalarni tahlil qilish asosida yozilgan rus ilmiy adabiyotlarida ham uchraydi. V. Bartoldning “Izvlecheniya iz Taarix- Shaxrixi”, A.A.Semenov tomonidan rus tiliga o‘girilgan “Ubaydulla- Name”, Muhammad Vafo Karminogiy tuzgan “Taarix-i-Raximxani” kabi asarlar shular jumlasidandir.

Mutaxassislar YA.R.Vinnikov va I.I.Inog‘omovlar ham Farg‘ona qoraqalpoqlarning ushbu hudud bo‘ylab joylanishi, ular soni, urug‘- qabilaviy tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Ko‘proq statistik materiallarga asoslanib yozilgan ushbu ishlarda vodiy qoraqalpoqlarining etnografik xususiyatlari ham imkon darajada yoritilgan2. Taniqli etnograf L.S.Tolstova ham Farg‘ona vodiysi qoraqalpoq etnik guruhlarini uzoq yillar mobaynida maxsus o‘rganadi3.

Ushbu tadqiqotni tayyorlash jarayonida yuqorida nomlari qayd etilgan mualliflar asarlariga murojaat qilindi va qoraqalpoq xalqining bugungi davr bilan bog‘liq yangi tarixiy etnologik ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganish asosida uning etnografiyasi yoritildi.

Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati. Mavzuni tayyorlash jarayonida unga oid yaratilgan ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanildi. Natijada qoraqalpoq xalqi etnografiyasini mukammal va keng o‘rganish uchun yig‘ilgan ma’lumotlardan unumli foydalanish imkoniyati yaratildi. Mavjud imkoniyatdan foydalanib, “Arxeologiya va etnologiya asoslari”, “Markaziy Osiyo xalqlari etnologiyasi”, “O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”, “Tarixiy antropologiya”ni o‘qitishning turli usullarni qo‘llash sharoiti yaratildi. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan fanlardan o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratish uchun tadqiqotning amaliy ahamiyati oshdi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, to‘rt qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, tadqiqot hajmi 58 betni tashkil etadi.

I BOB. QORAQALPOQ XALQINING ETNOGRAFIK O‘RGANILISHI


    1. QORAQALPOQLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Qoraqalpog‘iston – O‘zbekistonning tarkibiga kiruvchi avtonom respublikadir. Bu respublika hududining katta qismini Ustyurt platosi, Qizilqum sahrosi va Orol dengizi egallagan bo‘lib, u o‘zining boy tarixi, madaniyatiga, qiziqarli yodgorliklariga ega. Uning zamonaviy hududi O‘rta Osiyoning eng qadimgi davlati bo‘lgan Xorazmning hududida joylashgan.

Qoraqalpog‘istonning hududida eng qadimgi turar joylar tosh asri davrida paydo bo‘lgan. Amudaryoning quyi oqimida eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Qadimgi Xorazm davlati joylashgan edi. Qoraqalpog‘istonning avvalgi poytaxti bo‘lgan Xo‘jayli shahridan 3 km. narida uchta tepalikda Mizdakxan nomli betakror tarixiy-arxeologik majmua joylashgan. Ulardan eng qadimgi bo‘lgan tepalikda olimlar eramizning IV asrida asos solingan hamda XIII asrda tatar-mo‘g‘ul bosqinchilari xarobaga aylantirgan G‘ayur-qal’a shahrini topganlar. Mizdakxanga yaqin joyda bizning davrimizgacha yaxshi saqlanib kelgan zardushtiylikning marosim inshooti-Chilpiq daxmasi joylashgan1.

Xorazmning Ellikqal’a vohasida joylashgan Qirq qiz, Ayoz-qal’a- 1,2,3, Guldursun, Ichan-qal’a maqbarasi kabi ko‘p sonli tarixiy obidalar va yodgorliklar YUNESKO tomonidan jahon madaniyati yodgorliklarning ro‘yxatiga kiritilgan.

Tuproqqal’a shahri alohida ahamiyatga ega. II-IV asrlarda Tuproqqal’a Xorazm hukmdorlarining yashagan poytaxti bo‘lgan edi. VIII asrning ikkinchi yarmida mamlakatni arablar istilo qildilar. 1220 yilda Xorazm davlati mo‘g‘ullarning ishg‘ol etgan ulkan yerlarining tarkibiga kirgan. Xorazmning shimoliy qismi Chingizxonning katta o‘g‘li, Oltin O‘rda xoni Jo‘jixonning ulusiga aylangan, uning janubiy qismi esa Chig‘atoy ulusiga kirgan.

Xorazm tuprog‘ida o‘rta asrlar buyuk allomalari- al Beruniy va al-Xorazmiylar, Najmiddin Kubrolar etishib chiqqan. XIX asr XX asrning boshida bu yerda ulug‘ shoirlar Ajiniyoz va Berdaq yashab, ijod etganlar.

Qoraqalpoqlar 1825 yilgacha Dashti Qipchoq dashtlarida ko‘chmanchilik qilib yurar edilar. 1825 yilda ular o‘z yerlarida jung‘or qabilalari (Qozog‘istonning janubiy qismi) tomonidan haydalganlar. Qochoqlarning katta qismini Xiva xoni qabul qilib, ularga Orol dengizining janubida yer ajratib bergan. Inqilobdan so‘ng XX asrning 20-yillarida asosan qoraqalpoqlar yashagan hududlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuzilgan2.

Qoraqalpog‘istonning poytaxti-Nukus shahri bo‘lib, respublikaning iqtisodiy va madaniy hayotining markazidir. Bu shahar haqidagi birinchi qaydlar XIX asrning ikkinchi yarmiga tegishli, bu baland loy devor bilan to‘sib qo‘yilgan qator yurtalardan iborat qishloq edi. Bu joylarda 1883 yilda sayohat qilgan vengriyalik olim Armeniy Vamberi o‘z hikoyalarida Amudaryoning qirg‘og‘ida joylashgan Nukus qal’asini aytib o‘tadi. 1932 yilda Nukus shahar maqomiga erishdi, 1939 yilda esa Qoraqalpog‘istonning poytaxti bo‘lib qoldi. Shaharning chekkasidayoq Qizilqum sahrosi boshlanayotganligiga qaramay, uning ko‘chalari va xiyobonlarida daraxtlar sadolari shovullaydi, maydonlarida gulzorlar barpo etilgan1.

Nukusga kelgan har bir kishi, albatta, Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyini ziyorat qiladi, unga uning asoschisi va birinchi direktori I.Savitskiyning nomi berilgan. Moskva shahridagi badiiy institutning talabasi bo‘lgan Igor Savitskiy urush yillarida O‘rta Osiyoga evakuatsiya qilingan edi, bu erda u etnografiya va qadimiy ma’naviyat bilan qiziqib qolib, umrbod shu go‘zal o‘lkada qolib ketdi. U o‘zi uchun qoraqalpoqlarning xalq ijodi boyliklarining ajoyib olamini kashf etib,uning fikricha, bu xalqning sirli sehrgarlik bilimlari shu nafosat olamida yashiringan. Tez orada Savitskiy stalinizm davrida qatag‘on qilingan va O‘zbekistonga surgun etilgan rus avargand rassomlarining tasviriy asarlarini qutqarish bilan shug‘ullana boshlaydi. Ko‘pgina asarlarni u erto‘lalar va chordoqlarda topgan edi, egalari bu rasmlarni “san’at shaklbozlari” bilan aloqalarda ayblanishidan qo‘rqib, har xil erlarga yashirgan edilar. San’at asarlarini yig‘uvchi kolleksioner Savitskiyning qiziquvchanligi va beg‘arazligi unga 1966 yilda ochilgan Nukus muzeyining asosini yaratishga imkon berdi.

Muzeyda bu o‘lkada azaldan yashagan xalqlarning qadimiy va o‘rta asrlar davridagi san’ati namunalari, shuningdek, xorazmliklarning SHarq va G‘arb bilan bog‘lagan savdo va madaniy aloqalari to‘g‘risida hikoya qiluvchi buyumlar namoyish etiladi. Zardushtiylik buyumlari, unumdorli ma’budasi bo‘lgan. Anaxitaning terrakotadan yasalgan haykalchalari, ossuariylar-otashparastlarning o‘lgan ajdodlari qoldiqlarini ko‘mish uchun mo‘ljallangan, arslonlar, ayol va erkaklarning boshlari tasviri tushirilgan maqbara shaklidagi idishlar muzeydagi eng qadimiy eksponatlardir. Eramizning I-IV asrlardagi kech antik davrga oid eksponatlar – olma ushlab turgan qo‘l shaklidagi bronza to‘g‘nag‘ich, delfin taviri tushirilgan aqiq tamg‘asi bo‘lgan kumush uzuk, uzum shoxlarini tutib turgan terrakotadan yasalgan ayol haykali. Bronzadan yasalgan chiroqlar hamda chinni va sopol termasi-g‘alla saqlanadigan xumlar, xurmachalar va bo‘rtiq naqshlar bilan bezalgan boshqa buyumlarning yoshi XII-XIII asrlar deb belgilanadi1.

Nukus shahrining muzeyi XX asrlar 20-40-yillar rus avangard rassomchiligining termasi tufayli butun jahonga mashhurdir.

Qoraqalpoqlar - Markaziy Osiyodagi xalq bo‘lib, ularning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashaydi (504 301 kishi, 2000-yillar o‘rtalari). Shuningdek, Farg‘ona, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlarida, qo‘shni Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, Afg‘oniston va Eronda bir necha ming qoraqalpoqlar yashaydi. Qoraqalpoqlar asosan qoraqalpoq tilida so‘zlashadi.

Qoraqalpoq tili turkiy tillarini qipchoq guruhiga mansub tillardan: qozoq va no‘g‘oy tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-no‘g‘oy guruhchasini tashkil etadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tili (o‘zbek tili bilan birga), asosan, Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning unga qo‘shni hududlarida, Rossiya va Afg‘onistonda tarqalgan. Qoraqalpoq tilida so‘zlashuvchilarning umumiy soni 425 ming kishidan iborat (XX asrning 90-yillari o‘rtalari). Qoraqalpoq tili asosan ikkita: shimoli-sharqiy va janubi-g‘arbiy lahjalarga bo‘linadi: bu lahjalar fonetik jihatdan o‘zaro farqlanadi2.

Tarixdan ma’lumki, milodgacha III ming yil avval, inson tosh suyak va sopoldan tashqari metaldan foydalanishni ham o‘rgangan. Dastavval bu tabiiy, sof holdagi mis, so‘ngra bronza-mis va qalay, ba’zan surma, margimush yoki qo‘rg‘oshin qotishmasi edi. Poleometallar ishlab chiqarilishini o‘zlashtirish insoniyat jamiyati taraqqiyotini ancha tezlashtirdi. Endi tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari o‘rnini ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli oshiruvchi qattiq va o‘tkir bronza qurollar egallaydi. Yuz minglab yillar davom etgan tosh davri tugab, bashariyat tarixida yangi davr – bronza davri boshlanadi (milodgacha II-I ming yillik avvali).

Neolit davridayoq kurtak ota boshlagan ishlab chiqarish faoliyati turlari yanada jadalroq rivoj topadi. Chunonchi, ayrim subtropik viloyatlarda sug‘orish bilan bog‘liq dehqonchilik taraqqiy etadi va shunga mos sivilizatsiyalar paydo bo‘ladi. Evroosiyo dashtlari va tog‘ etaklarida chorvachilik-dehqonchilik majmui xo‘jaliklari shakllanadi. Eneolit va bronza davrida maxsus ko‘paytirish ob’ektlari sanalgan hayvonlarni uy sharoitida boqishga o‘rgatish davom etadi. Ot va tuyani o‘rgatish shu davrga to‘g‘ri keladi.

Chorvachilikning paydo bo‘lishi, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi va chorvador qabilalarning boshqa ommadan ajralib chiqarishlariga olib keldi. Bu birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Asta-sekin chorvachilikning roli orta boradi, u tog‘ va dasht viloyatlari aholisi xo‘jaligida etakchi o‘rnini egallaydi. Milodgacha II ming yillik oxiri-III ming yillik boshlarida bu viloyatlarning aksariyat aholisi xo‘jalikning yangi mutaxassislashgan shakli-ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilikka o‘tadi.

Bronza davrida Qoraqalpog‘iston hududida turli kelib chiqishga ega chorvachilik-dehqonchilik va ko‘hna dehqonchilik qabilalari istiqomat qilar edilar1.

Qoraqalpoqlar Qo‘ng‘irot, Chimboy, Xo‘jayli kabi yirik shaharlarni bunyod etganlar. Shulardan Qo‘ng‘irot va Chimboy Qoraqalpoqlarning ma’muriy markazlari bo‘lib, XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida barpo etilgan.

Xo‘jayli shahri Orol va Xiva oralig‘idagi savdo markazi bo‘lib, bojxona shu shaharda joylashgan. Shaharlar og‘ir mehnat evaziga baland devorlar bilan o‘rab olingan, shahar ichkarisidagi ko‘rkam binolar, saroylar barpo etilgan.

Janaqal’a, Oydo‘stqal’a, Ernazarqal’a, Ko‘ko‘zakqal’a, Eshon-qal’a kabi qal’a shaklida qurilgan shaharlar qoraqalpoq xalqi tomonidan yaratilgan me’morchilik madaniyati yodgorliklari hisoblanadi.

Shaharlarda XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, Egambergan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshonqal’ada madrasalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandlar 12-13 yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilib, ularga hunar sirlarini o‘rgatganlar. Qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta’lim olganlar.

Ma’lumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi aynan shu sohada mehnat qilmoqda.

Ayni paytda bu hududning murakkab sharoiti, Orol dengizi bilan bog‘liq mintaqada yuzaga kelgan ekologik ofat aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, sifatli tabiiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni himoya qilish, oila va mahalla institutlariga e’tibor qaratish, ayollar va yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan amaliy ishlarni talab etmoqda.

Ana shu maqsadda davlatimiz rahbari tashrif davomida oddiy odamlar bilan uchrashdi, oilalarga kirib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Xalq bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xo‘jayli tumani markaziy shifoxonasiga tashrif buyurdi.Zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan ushbu muassasa tumandagi 11 qishloq vrachlik punkti va 4 poliklinika bilan birgalikda 130 mingdan ziyod aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Salomatlik insonning eng qimmat boyligidir. Odamlarga salomatligini mustahkamlashda yordam ko‘rsatadigan mutaxassis eng sharafli kasblardan birining egasidir.

Shavkat Mirziyoev shifoxonadagi sharoit bilan tanishdi, qabul, rentgen, diagnostika va qator boshqa bo‘limlarni ko‘zdan kechirdi. Shifokorlar bilan muloqotda malakali tibbiy kadrlar yetishtirish, tibbiy jihozlardan unumli foydalanish, xizmat malakasini oshirish, shifoxonalar qurishda har bir hududning o‘ziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz “Muruvvat” ayollar internatiga borib, ushbu muassasa faoliyati bilan tanishdi. Shifokor va hamshiralar bilan suhbatlashib, bu maskanda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash uchun davlat tomonidan yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi1.

Tumandagi 69-maktab o‘quvchilari bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida maktablarning infratuzilmasini yaxshilash, bu erda litsey va kollejlarning bo‘lg‘usi munosib o‘quvchilarini tayyorlash va umuman Vatan ravnaqi uchun malakali kadrlar tarbiyalash ishlarini takomillashtirish mavzuida so‘z bordi.


Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish