Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети


MODDIY MADANIYATI: TURAR JOY, KIYIM-KECHAK



Download 385,5 Kb.
bet14/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

2.2. MODDIY MADANIYATI: TURAR JOY, KIYIM-KECHAK

VA TAOMLARI
Qoraqalpoqlar turar joylari asosan tabiiy relefi va iqlim sharoitlariga qarab har xil qurilgan. Ularning har qanday sharoitga mos kelaveradigan, eng yaxshi ko‘rgan uyi o‘tovdir. O‘tovni qoraqalpoqlar qora uy deb yuritishadi. Bundan tashqari, qoqra nomi bilan ma’lum bo‘lgan loysuvoq uylari ham bo‘lgan. Ayrim hollarda yerto‘lalarda ham yashaganlar. Badavlat oilalarning katta hovlilari bo‘lgan. Bunday hovlilar, chor atrofi paxsa devor bilan o‘rab olingan. Qoraqalpoqlarning ko‘pchiligi qishloqlarda qishda issiq, yozda salqin, ichi keng,chiroyli, kundalik turmush uchun qulay o‘tovlarda yashaydilar. Ayni vaqtda chim devorli, sinch devorli uylar ham qurilgan1.

Boshqa xalqlar kabi qoraqalpoqlarda ham o‘tovlar yaqin kunlargacha faqatgina yosh kelin-kuyovlarning an’anaviy turar joyi hisoblanmay, balki unda an’anaviy marosim turli o‘yin-kulgilar va bayramlar ham o‘tkazilgan. 1920- yilargacha Qoraqalpoqlarning o‘ziga to‘q oilalari o‘g‘lini uylantirish yoki qizini chiqarishdan oldin yangi o‘tov qurganlar. Ko‘p hollarda o‘tovning yog‘ochdan yasaladigan qismlari kuyovning uyida tayyorlangan, matodan tayyorlanadigan buyumlari esa kelinning uyidan uning sepi sifatida keltirilgan. Ba’zi hollarda bordiyu kuyov kambag‘al bo‘lsa, deyarli barcha xarajatlarni, ya’ni yosh oilani turar-joy bilan ta’minlashni kelin tomon o‘z bo‘yniga olgan 1 .

Lekin imkoniyat yuzasidan o‘tovni kelin- kuyov uchun bezatish mas’uliyati kuyovning ota- onasi zimmasida bo‘lgan. Ular xom ashyo- jun va uyni bezatish uchun boshqa zarur buyumlar: gilamlar, ko‘rpa- to‘shaklar. Kelinning otasi ham kuyovning otasiga qarab o‘tirmay, ushbu buyumlarga o‘z hissasini qo‘shgan.

O‘tmishda o‘tov bilan bog‘liq anchagina urf- odat va marosimlarning ko‘pchiligi o‘tovni o‘rnatish hamda uning yog‘ochli va boshqa qismlarini tayyorlash vaqtida namoyon bo‘ladi. Amudaryoning quyi qismida o‘tovning yog‘och qismini tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ustalar istiqomat qiladilar. Ular bu otameros avlodiy hunar bilan shug‘ullanayotgan to‘qqizinchi avlod hisoblanadilar. Bu hunar usta shogirdchilik yo‘li orqali o‘rgatilgan. Usta – shogirdchilik 3-4 yil davom etgan keyinchalik ustaning ruxsati bilan shogird mustaqil ravishda ishlashi mumkin bo‘lgan. O‘rganish muddati oxirlaganda ba’zi usta, ko‘p hollarda esa shogird asosan yoshi katta erkaklarga ziyofatdan keyin mehmonlar yaxshi niyatlar bildirib, duolar qilib, oq fotiha berganlar. Usta o‘z shogirdiga ish qurollaridan birini sovg‘a qilishi shart bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra o‘tov yasovchi ustalarning piri Ibrohim Xalil (Ali) bo‘lgan. Usta yog‘och qismlarini boshlashdan oldin risola (turk tilida, arab yozuvida yozilgan qonun) bilan tanishib chiqishi kerak2. Bu qonunda haqgo‘ylik, ish joyining tozaligi, yagona xudoni, payg‘ambarlarni va ustalar piri Ibrohim Xalilni tan olish va har bir usta olingan foydadan ularning hurmatiga qurbonlik qilishi haqida yozilgan. O‘tov yasovchi usta (uyshi) o‘tovning ichki qismini (kerege) ya’ni asosini yasashdan oldin poklangan va ibodat qilgan; ustaning xotini yog‘da bo‘g‘irsoq pishirgan, bu bo‘g‘irsoqlar hid tarqatish deb nomlangan1; bo‘g‘irsoqlar qo‘shnilarga tarqatib berilgan, shundan so‘ng usta odatga ko‘ra o‘zining piri Ibrohim Xalildan ishni boshlash uchun ruxsat so‘ragan. O‘tov yasashda qoraqalpoqlar qayin daraxtini ishlatmaganlar, ular bu daraxt baxtsizlik keltiradi deb ishonganlar. Qoraqalpoqlar udumi bo‘yicha, usta va uning ustaxonasi muqaddas sanalgan. Shu sababli ustaxonada bepusht ayollar, kasallangan erkaklar va hatto ruhiy kasalangan odamlar ham davolanadi, degan ishonch bilan u yerda qurbonliklar qilingan. Erkak kishi kasal bo‘lsa ustaxonaga kirgan, ayol kishi esa ustaxonaning atrofidan aylangan2.

O‘tovni yasash ba’zi bir o‘ziga xos belgilar bilan kechgan. Chorshanba va payshanba kunlari o‘tovni bezash uchun xosiyatli kunlar hisoblangan. Bu ish bilan ayollar shug‘ullangan.

Qadim qoidalar bo‘yicha o‘tov panjaralari katta qoramol yoki tuyaning xom terisidan ishlangan kamarchalar bilan o‘zaro bog‘langan. Agar bular bo‘lmasa hohlagan go‘shti iste’mol qilinadigan halol chorva hayvoni terisi ishlatilgan. Qoraqalpoqlar tasavvuriga ko‘ra bu udum buzilsa o‘choq tutuni mo‘ri orqali chiqib ketmay o‘tovda qolishiga olib kelarmish.

Jihozlanadigan o‘tovda yashovchilar yaxshi yashashi uchun yoshi katta erkak kishi boshchiligida o‘tov uchun joy tanlangan, bu joyda “yozuv ruhlar” bo‘lmasligi kerak. O‘tovning yasalishi vaqti haqida eng yaqinlariga va qo‘shnilarga xabar berilgan.

Turkmanlarning ba’zi guruhlarida ham bu xildagi odatlar bo‘lgan. Jumladan, tekinlarda o‘tov yasash vaqtida “ro‘molcha olish” yoki “o‘tovga sakrash” kabi o‘yinlar o‘tkazilgan. Sariq turkmanlarda o‘tov yog‘ochdan qilingan va ularda old gumbaz qismi hamda eshigi bo‘lmagan. Eshik o‘rnida faqat ikkita ustun qo‘yilgan xolos. Yuqori doira qismiga chiroyli ro‘molchalar va mato parchalari osganlar. Yoshlar shu ro‘molchalar va mato parchalarini yugurib kelib sakrab olishga intilganlar. Bu o‘ziga xos o‘yin hisoblangan.

Bayram qatnashchilari uchun chorva so‘yib ziyofat berilgan. Har bir taklif qilingan odam o‘zi bilan chorva, pul, mato kabi sovg‘alar keltirganlar va “qutli qonus bolsin” (joyingiz qutlug‘ bo‘lsin) deb tabriklashgan.

Taklif qilinganlar mehmon ham o‘sha xonadondan sovg‘a olib ketganlar. Agar biror o‘tovda yashovchilar ko‘p kasal bo‘lsa, o‘lsa yoki ayollari farzand ko‘rmasa yoki umuman ko‘p folokatlar yuz beraversa, demak o‘tov uchun tanlangan joy yaxshi emas, deb tushunilgan. Bu e’tiqodlar qadimgi turkmanlarning baxt (qut) haqidagi e’tiqodlari bilan bog‘liq edi. Bordiyu joylashgan joy qutli bo‘lsa, bu oilaning serfarzandligi, sog‘lomligi va ahilligida namoyon bo‘ladi.

Qoraqalpoqlarda “qut” ya’ni baxt aniq bir shakl yoki joyiga ega emas. Baxt odamda, qo‘lda yoki uy chorvasida bor, deb tushunilgan. Xo‘jayin uy chorvasini sotayotganida o‘sha hayvonning bir parcha junidan olib qolgan. Agar junidan ushlab qolmasa, sotilgan moli bilan birga baxti ham ketadi, deb ishonilgan. Oilada farzandning bo‘lmasligi yozuv ruhning ishi yoki o‘tovi oldida qayin daraxti borligi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda yashash joyidan ko‘chib ketilgan yoki o‘sha qayin chopib tashlangan. Ko‘chishlar yoqutlar va oltoylarda o‘ziga xos tarzda bo‘lgan. Bu qavmlar qutni chaqaloqning qalbida deb ishonganlar. Oltoyliklarda yosh oila uzoq vaqt farzand ko‘rmagan taqdirda o‘tov buzilgan. O‘tov qoraqalpoq xalqining qadimdan boshqa turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlar bilan aloqadorligidan darak beradi.

Qoraqalpoqlarda o‘ziga to‘q oilalar yangi o‘tovni bezash vaqtida ham ziyofat uyushtirilgan, bunda bo‘g‘irsoq tayyorlaganlar, bu ishda tajribali ayolni chaqirganlar, ular o‘tovni tayyorlashdan oldin pirlari Bibi Fotimaga ibodat qilganlar.

Yangi o‘tovni qurayotganlarida ham bayram sifatida o‘tovning ostonasiga qurbonlik qilingan. Qoraqalpoqlarda ostona bilan bog‘liq kultlar mavjud bo‘lgan. Shu bilan birga odamning umri qisqarmasligi va ularning farzandlari etim qolmasligi uchun ostonani bosish yoki uning ustiga o‘tirish man etilgan. Ostonani qo‘l bilan urish xosiyatsiz hisoblangan.

Agar odam o‘tovga kirayotganda depinsa bu yaxshi oqibatlarga olib keladi, deb ishonilgan. Ostona kulti, shuningdek, Sibirning ba’zi turkiy tilli xalqlarida ham kuzatiladi. M: Xokas-sagay xalqida bolalarga ostonada o‘tirish mumkin emas deb uqtirilgan, o‘tirgan taqdirda bo‘yi sekin o‘sadi, deb tushuntirilgan.

Birinchi marta kuyoning uyiga kelgan kelin va har bir ayol har tuqqanida ostonaga ta’zim qilishi va o‘ng oyoq bilan undan o‘tishi kerak bo‘lgan. Ostonadan o‘tgandan keyin kelin qaynota va qaynonasiga ko‘ylak va turli xil sovg‘alar berishi shart bo‘lgan.

O‘lgan odamning boshi 3 marta ostonaga tegizilgan. Bu bilan marhum o‘zi yashagan uyni unutadi va bu yerga qaytib kelmaydi, deb ishonilgan. Ostona buyuk, muqaddas hisoblangan. Ba’zida ostonani ulug‘lash maqsadida uni oltin ostona deganlar. Ostonadan narida salomlashish mumkin bo‘lmagan. Ostonadan narida turib salomlashganning bir oyog‘i o‘tovda, ikkinchisi esa go‘rda, deb hisoblangan.

Kelin yangi xonadonga kirishidan oldin badal to‘laydi va 3 marta ostonaga qo‘llari va peshonasini tekkizadi. Buning mazmuni shuki, kelin – kuyovning ajdodlaridan o‘zini kuyov oilasiga qabul qilishni so‘raydi. Bu marosim mozorda ham qilingan. Mozorda ular ota- bobolarining ruhidan kasallarga shifo, farzand va baxt- saodat so‘raganlar.

Olamdan o‘tgan chaqaloq o‘tovning ostonasi ostiga qo‘milgan, bundan kutilgan maqsad dunyoga keladigan ya’ni, keyingi farzandlarning hayotini saqlab qolish edi. Chaqaloq o‘g‘il bola bo‘lsa u bilan birga oshiq o‘yini o‘ynaladigan suyakchalar ko‘milgan . Qiz farzand bo‘lsa, u bilan birga arpa ko‘milgan. Ikkala holatda ham farzand ota tomonidan ko‘milgan va u kirish joyidan chap tomonda ko‘milgan. Aynan chap tomonda ko‘milishi (chap tomonda odam tug‘ilgan, birinchi bor xonadonga kelgan kelin shu tomonda o‘tirgan, marhum chaqirilishigacha chap tomonda saqlangan) marhumning saqlanishi, xavfsizligi ta’minlangan. Suyakcha va arpaga keladigan bo‘lsak, suyakcha- chorvachilikning belgisi, arpa dehqonchilikning belgisi sanalgan.

O‘tovning ichki qismi yasab tugatilgandan so‘ng uning gumbaz doirasi qurilishi boshlangan. Bu gumbaz doira bakan (uzun va mustaxkam daraxtdan tayyorlangan yog‘och) yog‘och bilan ko‘tarilgan. Gumbazni shunday yog‘ochlardan biri bilan o‘tovning markaziga tutashtirgan. Odat bo‘yicha o‘tovning markaziga mustahkam turishi va unda yashovchilar baxtli hayot kechirishi uchun bug‘doy to‘ldirilgan qop, toshlar va boshqa turli xil og‘ir buyumlar qo‘yilgan. Taklif qilingan mehmonlar va asosan qarindosh urug‘lar shangarak (gumbaz doirasi)ga mato parchalari, mevalar, pullar, ayollar taqinchoqlari va boshqa turli xil buyumlar osishgan. Bu “shangarak kede” deb nomlangan. Uyning bekasi shangarak ustidan jiyda, o‘rik, bo‘g‘irsoq va tangalarni sochgan.

O‘tov o‘rtasida bug‘doy to‘la qop qo‘yilishi serfarzandlik va boylik ramzi hisoblangan. O‘tov to‘la qurib joylashtirilgandan so‘ng hamma narsalar mehmonlarga ulashib berilgan. Bug‘doy va qurbonlik go‘shtidan esa ovqat tayyorlanib birgalashib baham ko‘rilgan, “bu o‘tovda baxtli hayot bo‘lsin”, - deb duolar qilingan.

O‘tovning usti yopilishidan oldin shangarak qismiga arg‘imchoq osilgan. Unda yoshlar uchgan. Bu ish o‘tov mustaxkam joylashishi uchun qilingan. SHunda o‘tov mustahkam turgan. Buning ham o‘ziga xos shartlari bo‘lgan: arg‘imchoqda ikki kishi o‘g‘il va qiz bola uchishi shart bo‘lgan. Ular arg‘imchoqda tik turgan holda uchishi kerak bo‘lgan va o‘g‘il bolaning bitta oyog‘i qizning ikki oyog‘i orasida turishi kerak bo‘lgan. Arg‘imchoq kirish qismidan orqadagi devorga qarab joylashishi va shimoldan janubga qarab harakat qilishi kerak bo‘lgan.

“SHashiu” (o‘tovning tuynugidan jiyda va turli mevalarning tashlanishi) marosimi insoniyat tarixining qadim davrlariga borib taqaladi. Marosim qatnashchilari tomonidan tanlangan shirinlik yoki mevalar tumor sifatida qabul qilingan. Ushbu marosim to‘yda kelinchakning kuyov uyiga kelishida, chaqaloqni beshikka belash jarayonida o‘tkazilgan. O‘lik uyidan chiqarilayotgan lahzada ham uning ustiga mayda tangalar (tenge shashiu), mevalar (o‘rik, jiyda) va bo‘g‘irsoqlar sepilgan. Bu narsalarni befarzand ayollar va duduqlanib gapiradigan bolalar o‘zlari bilan muqaddas tumor deb olib yurishgan.

O‘tovning ichi turli qismlarga ajratilgan. Uning qaysidir qismida marosimlar o‘tkazilgan, qaysidir qismida mehmonlar o‘tirganlar va qaysidir bir qismida kiyim- kechaklar, buyumlar saqlangan. Kirish joyidan chapda o‘tovning erkaklarga tegishli qismi joylashgan. U yer “jak”, “jopser”1 deb nomlangan. U erda erkaklar kiyimlari osilgan.

Odat bo‘yicha o‘tovning o‘ng tomonida kelin o‘z dugonlari bilan parda ortida (shamildiq) o‘tirgan. O‘tovda yana bir joy “tug‘riqxona” vazifasini bajargan va murda “ ma’lum muddat” saqlanadigan joy ham bo‘lgan. Demak, o‘tovning o‘ng tomoni odam tug‘iladigan, nikohdan o‘tadigan va o‘ladigan joy hisoblangan. Farzandsizlik yoki farzandlarning o‘limi holatlari ro‘y berganda narsalar chap tomondan o‘ng tomonga ko‘chirilgan. Bu holat bolalarning nima uchun bu erda narsalar boshqa o‘tovlarniki kabi joylashtirilmagan degan savolni berguncha saqlangan.

Murg‘ob vodiysi turkmanlari tekin qabilalarida, shuningdek, yovmut va chovdur qabilalari ayollari erkak va ayollar kiyimlarining joylarini almashtirish odatiga rioya qilishgan. Bu irim oilada katta baxtsizlik ro‘y bersa yoki biror bir kasallik kelganida bajarilgan.

O‘tovning o‘ng tarafida o‘tovning ayollarga tegishli qismi (“sherjak”, “qazan ayaq”) da yegulik tayyorlangan, barcha oshxona buyumlari, umuman ayollarga tegishli narsalar saqlangan. Bu qismning devoriga idish- tovoqlar saqlash uchun kigiz qop (kergi), un, guruch, arpa solingan charm qop (shanam)lar va moy hamda boshqa mahsulotlar saqlash uchun handalakdan tayyorlangan idishlar saqlangan. Oldin o‘tovning bu qismida tegirmon joylashgan. Demak, o‘tovning ayollar istiqomat qiladigan qismida asosiy xo‘jalik buyumlari va ayollar ishlatadigan barcha uy- ro‘zg‘or buyumlari joylashtirilgan .

Qoraqalpoqlarda o‘choq bilan bog‘liq ko‘pgina marosimlar va e’tiqodlar mavjud. O‘tovning markazida to‘rtburchak shaklida o‘rnatilgan o‘choq uncha baland bo‘lmagan devorchalardan (atashtan, alakshin) iborat bo‘lgan. O‘choq yoritgich va isitgich vazifalarini bajargan. O‘choq uchun 15-20 smli chuqurcha qazilgan va uning ichi loy bilan suvalgan. O‘choq qilingan yerning yon tomonlari mustahkam qotirilgan, ba’zida yon tomonlari yog‘ochdan (alokshin) ham qilingan. Kirish joyidan o‘ng tomonda ham loy bilan g‘isht bo‘laklari yopishtirilgan aylana shaklidagi o‘choq tayyorlangan. U har tomondan juda yaxshi suvalgan. Bu o‘choqqa sigirning birinchi marta sog‘ilgan suti ovqatga ishlatilmasdan to‘kilgan. Yana yangi olingan hosil va kechqurun qo‘shnidan keltirilgan ovqat ham bu o‘choqqa irim sifatida to‘kilgan.

Markaziy o‘choq atrofidan kasal odam yoki yangi xonadonga kelgan kelin aylantirilgan. O‘choq ustidan sakrash, unga tupurish va suv solish taqiqlangan. Kulni oyoq osti qilish yoki har qaerga otish mumkin bo‘lmagan, kul turli xil kasalliklarga qarshi sehrli narsa, deb ishonilgan. O‘choqdagi olov o‘chmasligiga harakat qilingan. O‘zaro janjal vaqtida “oloving o‘chsin” singari qarg‘ish ishlatilsa, bu barcha oila a’zolariga o‘lim tilash, deb qabul qilingan.

Arxeolog va etnograflarning fikricha, o‘choqning o‘rtaga o‘rnatilishi ko‘chmanchilarning qadimgi an’anasi hisoblanar ekan. Qoraqalpoqlarda no‘g‘aylar kabi bu an’ana o‘troq hayotga o‘tgunlariga qadar saqlangan ko‘rinadi1.

O‘tov eshiklarining tabaqalari turli xil bezaklar, ya’ni o‘simliklar va qushlar tasvirlari bilan bezatilgan. Eshikning yuqori qismiga (manlaysha) qizlarning ko‘krakka osadigan kumush taqinchoqni eslatadigan narsa osilgan (haykel). SHarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo halqlarida bu bezak buyum tumor vazifasini bajargan. SHu sababli bu narsa qoraqalpoqlar eshigi ustida ilgari tumor keyinchalik esa bezak vazifasini o‘tagan,- deb xulosa qilish mumkin2.

Yog‘och eshiklardan (ergenek) tashqari atrofi naqshlar bilan ichi esa shoxsimon bezaklar bilan bezalgan bo‘yra (esik) ham ishlatishgan. Yuqoridan pastga qarab bo‘yraga matodan uchburchak shaklida tayyorlangan tumor osilgan. Bunday eshiklarni bezatishda asosan ikki xil – oq va qora ranglar ishlatilgan. Ba’zida bunday eshiklar gilamning matosidan ham qilinadi. Uchburchak tumorni eslatadi. Uchburchak yoki kichik oy shaklidagi tumor uyning asrovchisi hisoblangan, keksalarning aytishicha, ilgari eshikka duo yozilgan qog‘ozlar osilgan. Kumush ayshik tumori ayollar va bolalar bezaklaridagina uchragan. “Ay” (“oy”) so‘zi qoraqalpoq xotin-qizlari ismlarining tarkibiy qismi hisoblanadi: Oyxon, Oyzoda, Oyimxon va h.

Bu oyga bo‘lgan e’tiqodni bildiradi, ya’ni bolaning tug‘ilishida oyning roli juda katta deb ishonilgan. Yaqin kunlargacha ayshik bolalar uchun, ularni himoyalovchi tumor hisoblangan, eshik ustiga osilgani esa tumorlarning soniga bog‘liq.

O‘tovning ichki qismi va uni o‘rashga ishlatilgan mato bilan bog‘liq e’tiqodlar ham mavjud. Keregega qalampir, piyoz, tuz va isiriq osganlar; bular barchasi yovuz ruhlardan va yomon ko‘zlardan asrash uchun qilingan. Xonadon egalari o‘tovda “sochlari oqarguncha va umrining oxirigacha yashashi uchun” o‘tovning shangarak qismiga paxta joylashtirilgan. O‘tovning xavfsizligi va uni yovuz ruhlardan saqlash uchun hamda ayollarni bepushtlikdan davolash uchun kerege qismiga dasht burguti (qaraqus) osilgan. O‘tov to‘la jihozlangandan so‘ng “tutun shig‘ar” marosimi (o‘tovning yuqori qismidan tutun chiqarilgan) o‘tkazilgan. Marosimda bolalarga shirinliklar, mato parchalari tarqatilgan.

O‘tovning o‘ziga xos to‘qimachilik buyumlari bilan bog‘liq marosimlari va qadimiy tasavvurlar ham mavjud. O‘ziga to‘q oilalar o‘tovning gilamli tasmasini tayyorlashdan oldin chorva moli so‘yganlar, bo‘g‘irsoq pishirib ziyofat uyushtirganlar va shundan keyin qizlarning ishni boshlashi to‘g‘risida Bibi Fotimaga ibodat qilib, undan ruxsat so‘raganlar. Ish juda tez va to‘g‘ri borishi uchun ipning bosh qismi kesilib, olovga tashlangan. Gilamli mahsulotlarni tayyorlaydigan usta ayol o‘z asboblarini hech kimga bermagan.

O‘tovda har bir gilamli buyumning o‘z o‘rni va vazifasi bo‘lgan. Tor ostida, ya’ni gumbaz bilan doira qismi orasida 5 ta junsiz tasma (qur) joylashtirilgan. Beshta qur beshta juft gilamli tasmadan tashkil topgan. (uzunligi 3-4 m, kengligi 14 sm), 4 juftiqur, 1 jufti- turkman qur deb atalgan. Turkman qurni kamdan- kam tayyorlaydilar. U muqaddas bo‘lgani bilan usta ayol uchun uni tayyorash xavfli hisoblangan. SHu bilan birga 5 ta qur eshik ruhining yashaydigan joyi hisoblangan.

Shunga o‘xshash o‘tovning bo‘linish tartiblari boshqa ko‘pgina turkiyzabon xalqlarda ham bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonda yashovchi qozoqlar, no‘g‘aylar va o‘zbeklarni bunga misol qilish mumkin. Qo‘g‘irot tumanida istiqomat qiluvchi o‘zbeklar haqida K.L. Zadixina shunday yozadi:

“O‘tovning ichi quyidagi tartibga bo‘linadi: chap oyoq yoki so‘l bet- chap tomon; on-ayaq, on bet yoki qazanbet- o‘ng tomon hisoblangan: to‘r xo‘jayinning joyi. O‘tov ichkari qismining bunday tartibda bo‘lishi yuqoridagi va ko‘pgina boshqa halqlarda ham bir xil va bu tortib ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, bronza va ilk temir davriga oid”1.

Qizilqumdagi petrogliflardan birini o‘rganib A.I. Oskin shunday yozadi:“Biz ba’zi bir” petrogliflarni tahlil qilishga harakat qildik (bronza va ilk temir asriga oid).Ulardan birining asosida tomonlarga asoslangan juftlik tizimi yotadi, ya’ni : ayollar (sharq), erkaklar (g‘arb). Bunday juftlik tizimida ayollar uchun chap tomon, erkaklar uchun o‘ng tomon belgilangan. Etnograflarning fikricha, bu ikki yon tomon (o‘ng-chap) tasvirlari sharq- g‘arb tasavvurlari bilan bog‘liq yoki quyosh kulti bilan bog‘liq2.

Qoraqalpoqlar o‘tovi – turar joyi bilan bog‘liq ushbu qadimiy e’tiqod an’analari ular turmush tarzining, xo‘jalik yuritish, moddiy va ma’naviy hayotining o‘ziga xos jihatlarini ochib beradi. Bundan tashqari qoraqalpoqlar bilan yaqin etnomadaniy aloqada bo‘lib, umrguzaronlik qilgan turkman, qozoq, no‘g‘ay, qo‘ng‘irotlar o‘tovlari o‘xshashligi ham ma’lum bo‘ldi.


Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish