Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети



Download 385,5 Kb.
bet8/18
Sana05.01.2022
Hajmi385,5 Kb.
#319908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Қорақалпоқ халқи этнографияси

Temirchilik. Arxeologik va tarixiy-etnografik ma’lumotlarga ko‘ra, temirchilik Amudaryoning quyi oqimidagi xalqlarda, xususan qoraqalpoqlarda ham uzoq o‘tmishga ega. Uning an’anaviyligi fanda boy folklor bilan isbotlangan. Ushbu hunarmandchilik turining kelib chiqishi haqidagi ko‘p sonli afsonalar va temirchilar piri Hazrati Dovud haqidagi hikoyalar bunga dalil. Shu tariqa, qoraqalpoqlarda temirchilik O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari singari “pirli is”, ya’ni “o‘z homiysiga ega” deb hisoblangan. Temirchilik kasbi asoschisi – Hazrati Dovud, o‘zining temirchilik hunarini bir vaqtning o‘zida ham o‘zbeklarga ham qoraqalpoqlarga etkazgani haqidagi afsona keng tarqalgan. Temirchilikning qadimiyligini isbotlovchi yana bir ma’lumotlar bu qoraqalpoqlarda temirchilar sulolalarining mavjudligidadir. Ushbu hunarmandchilik turi otadan o‘g‘ilga meros tariqasida o‘tgan. Qoraqalpoqlarning ko‘p ota-bobolari temirchi ustalar o‘tganligi aniqlangan.2

Qoraqalpoq temirchilari odatda alohida ustaxonalariga (eski o‘tov, maxsus qurilgan joy, yoki uy) ega bo‘lishgan. Ammo ba’zi temirchilarning, ustaxonasi bo‘lmay, ochiq osmon ostida. Uylarining yonida ishlaganlar, sovuq tushishi bilan esa asbob-uskunalarini olib uylarida ham ishlaganlar yoki umuman ishni to‘xtatganlar. Bunday ustalar juda kam buyurtma olganlar, chunki asosiy buyurtmachilar, qishda va kuzda tushishi sababli, buyurtmachilar oldindan, ya’ni bahorga yaqin, kerakli qishloq xo‘jalik asboblarini tayyorlash uchun xo‘jalik xom-ashyolarini g‘aramlab qo‘yganlar. Shahar temirchilarining o‘z ustaxonalari bo‘lgan. Har qaysi ustaxonada usta shogirdi bilan ishlagan. Biroq, XX asr boshida, Chimboyda, Xo‘jaylida, Mang‘itda, ba’zi, ovullar 3-4 kishi ishlaydigan ustaxonalar ham bo‘lganligi ma’lum. Bu o‘z navbatida mehnat taqsimotining ilk ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.

Ustaxona do‘kon deb atalgan. Do‘kon muqaddas joy sanalgan1 . Odatga ko‘ra ustaxonaga bolalar va ayollarning kirishi mumkin bo‘lmagan. Temirchi yoki uning asboblariga nisbatan yomon so‘zlar ishlatish, ustaxonaga tahoratsiz kirish, asboblarni iflos suvga solish, buyurtmachiga hali tayyor bo‘lmagan buyurtmani berish man qilingan. Temirchilik ustaxonasi shu qadar muqaddaslashtirilganki, qadimda, kim ruhan tushkunlikka tushgan bo‘lsa, shu ustaxonada bir necha yotib turishiga ishonilgan. Bolasiz ayollar farzandli bo‘lay deb ustaxonaga kirishga harakat qilishgan.

Qoraqalpoq temirchilarining nizomi – risolaga hunarmandlar amal qilishgan. Ish boshlashdan oldin temirchi xudoga ibodat qilgan, Hazrati Dovuddan unga omad berishini so‘ragan va duoga temirchilar risolasini ham qo‘shib o‘qigan. Shundan keyingina u ishini boshlagan1.

Aytib o‘tganimizdek, temirchilik kasbi qoraqalpoqlarda otadan o‘g‘ilga yoki ukasiga meros tariqasida o‘tgan, ba’zida esa temirchi o‘ziga shogird qilib qarindoshlardan birini olgan. Shogirdlikka odatda yoshligidan, 12-13-yoshdan olganlar. Qarindosh bo‘lmagan bolalarni 5-10 yilgacha ushlaganlar. Bolalar shogirdligi davrida ustaning uyida yashaganlar, uning har bir buyrug‘ini so‘zsiz bajarganlar. Shogirdlik davri tugaganidan keyin, ustaga ziyofat berilgan. Ziyofatga mulla, boshqa ustalar va ovulning yoshi ulug‘larni chaqirilgan. Ushbu marosimda mulla duoni o‘qib bo‘lgandan so‘ng, usta shogirdiga mustaqil ish boshlashi uchun “oq fotiha” bergan. Shogird ustoziga sovg‘alar (sarpo) bergan, ustozi esa unga kerakli ish qurollari bergan.

Shogirdlar ahvoli moddiy jihatdan juda qiyin bo‘lgan, Amudaryo bo‘limi tadqiqotlari materiallarida hunarmandlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha qiziq ma’lumot saqlangan: “Sheyxabbaz Vali volostidagi ovullardan birida, bir temirchi 12 yil bepul boshqa bir temirchiga ishlab bergan, avval shogird bo‘lib, keyin usta bo‘lib, evaziga ustaxonadan 20 rublli asbob uskuna olgan”1. Ko‘rinib turibdiki, usta bo‘lish uchun shogirdlar bepul ustaning ishlarini, hatto uy ishlarini ham bajargan. Shogirdlar ustalar bilan birglikda kuniga 14-16 soat ishlaganlar.

Ustaxonaning asosiy asboblarini va jihozlarini sangdondan tashqari, nafaqat qoraqalpoqlarda, balki O‘rta Osiyoning barcha ham temirchilari o‘zlari yasaganlar. Sangdonni ular Xiva Buxoro, Turkiston va Orenburgdan sotib olganlar. Chunki bu shaharlar o‘sha davrda butun O‘rta Osiyoni metall xom-ashyosi bilan ta’minlab turgan.

Sangdon ustaxonadagi boshqa asboblar singari muqaddas hisoblangan, uning ustiga o‘tirish gunoh hisoblangan. Umuman, aholi orasida temir kulti keng tarqalgan. Agar biron kishi kasal bo‘lsa, boshi ustiga pichoq qo‘yilgan. Qoraqalpoqlar agar pichoq inson bilan birga bo‘lsa, yovuz ruhlar qo‘rqinchli emas, deb qabul qilganlar. Temir kultiga e’tiqod nafaqat, O‘rta Osiyo xalqlari – o‘zbeklar, qozoqlar, turkmanlar, tojiklar orasida, balki kavkaz xalqlari, Shuningdek, ko‘pgina xorijiy SHarq xalqlari orasida ham keng tarqalgan12.

Temirchilar belkuraklar va ketmonlarni ham Xorazm nusxasiga qarab yasaganlar. Amudaryoning quyi oqimlari, dala va uy xo‘jaligida belkurakdan keng foydalanishgan. Qoraqalpoq belkuraklari, xuddi o‘zbeklarnikiday, erga ishlash va kanal qazish uchun moslashtirilgan. U nisbatan engil, oval shaklida va o‘tkir, kovlash vaqtida oyoq qo‘yadigan joyi bilan moslashtirilgan. Kepshe bujma degani, belkuragi o‘ziga xos bo‘lgan. Juda engil, oval shaklida, o‘tkir, ular pasxa uylar devorlarini qurish, sug‘orish ishlarini bajarish va irrigatsion tarmoqlarni tozalash uchun juda qulay bo‘lgan. Belkurak pasxa devorlarni qurishda ko‘p hajmdagi loyni olish uchun qulay bo‘lgan. Ketmonlar ham qoraqalpoqlarda Xorazm tipiga o‘xshash aylana shaklda, qishloq xo‘jaligi ishlarida keng foydalanilgan.Temirchilar bundan tashqari boltalar ham yasaganlar. Bu davrda har xil shakl va kattalikdagi arava g‘ildiraklari uchun mo‘ljallangan mixlarga ehtiyoj katta bo‘lgan. Arava g‘ildiraklari uchun mo‘ljallangan mixlarni qoraqalpoqlar gulmix deganlar. Eshiklar uchun ham mixlar tayyorlangan. Hamma xildagi mixlar maxsus asbob, ya’ni qolipga solib yasalgan.

Temirchilar yana baliqchilik asboblari: qarmoq va ilgaklar, echki va qo‘ylar junini oladigan qaychilar, ovchilar uchun qopqonlar ham yasaganlar. Bundan tashqari, mahalliy temirchilar aholini, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qoraqalpoq uy-xo‘jaligida esa ishlatiladigan metall buyumlar bilan ta’minlab turganlar.




Download 385,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish