2-Mavzu. Bolshevizm tomonidan Turkistonda olib borilgan qatag‘on siyosati va uning fojeali oqibatlari.O‘lkamizda podsho hukumati ag‘darilib, xoli sovetlar istebdori o‘rnatilmagan davrda, Muvaqqat hukumat vaqtida ham mahalliy aholiga nisbatan qatag‘on siyosati qo‘llanilgan edi. Markaziy Muvaqqat hukumat tomonidan o‘lkani idora etish uchun tayinlangan Turkiston qo‘mitasi va O‘lka Soveti markazda va mahalliy joylarda boshqaruv organlariga rahbarlik qilishda avvalida general-gubernator Kuropatkinning «Mahalliy kishilarga asoslanib ish ko‘rdilar. Viloyat va uezdlardagi komissarlar faqat yevropali xalq vakillaridan tayinlangan, qishloq va ovullarda esa deyarli o‘sha avvalgi volost boshqaruvchilari va oqsoqollari o‘z o‘rinlarida qoldirilgan. Butun Turkiston boshqaruv tizimi yevropali aholi vakillari qo‘lida qolavergan. Bu esa mahalliy aholining qonuniy noroziligiga sabab bo‘lgan. Ana shu masala bo‘yicha andijonlik boy, jadidlar homiysi Mirkomil Mirmo‘minboev qamoqqa olingan. Bu vatanparvar, millatparvar, milliy burjuaziyaning tipik vakili Mirkomil Mirmo‘minboev 1918 yili bolsheviklar tomonidan otib tashlandi.
Andijondagi yana bir nufuzli sarmoyador, jadidchi, jadidlar homiysi Ahmadbek xoji Temirbekov bolsheviklar ta’qibidan qochib Andijonni tark etib Qoshqarga muhojir bo‘lib chiqib ketdi.
Hali sovet istebdodi o‘rnatilmagan, Sovet hokimiyati ona qornidan tug‘ilmagan davrda ham Turkistonda qatag‘onlik siyosati qo‘llanilgan.
O‘zbekiston sarhadida mahalliy aholining istagi va qarshiligiga qamasdan zo‘rlik bilan o‘rnatilgan sovetlar istebdodi birinchi kundan boshlab xalqimiz boshiga son-sanoqsiz qirg‘inlar, dahshatli va alamli kulfatlar olib keldi. Bu o‘rinda Turkiston muhtoriyati bilan bolshevik F. Kolesovning Buxoro amirligiga qarshi harbiy yurishi bilan bog‘liq tariximizning achinarli, hasratli sahifalari mazkur mavzuda ochib beriladi.
1918-1924 yillari butun O‘rta Osiyoda «bosmachilik» deb atalgan istiqlolchilik harakati, milliy urush davrida sovetlarning qatag‘on siyosati keng qo‘llanildi.
Sovetlar o‘z hukmronliklarini saqlab qolish uchun, o‘z ozodligi uchun kurash olib borayotgan milliy ozodlik kurashini harbiy, siyosiy, mafkuraviy, xo‘jalik yo‘li bilan bostirish uchun qatag‘onni keng ko‘lamda olib bordi.
Turkiston harbiy holatga keltirildi. 1919 yil avgustida Sharqiy frontdan Turkiston fronti ajralib chiqdi, uning qo‘mondoni qilib M.V.Frunze o‘lkaga yuborildi, 1919 yil oktabrida o‘sha Lenin tashabbusi bilan Turkiston ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiya yuborildi, ko‘p ming kishilik harbiy qo‘shinlar yuborildi, 1920 yili Markazdan O‘rta Osiyoga «qizil sharq» targ‘ibot poezdi (aslida qatag‘on poezdi) yuborildi.
Joylarda ChK (favqulotda komissiya), Osobo‘y otdel (maxsus bo‘lim), Siyosiy byuro, siyosiy boshliq, Revalyutsion tribunal kabi jazo organlari tashkil qilindi. Ularning barchasi o‘lkada Sovet hokimiyatini mustahkamlash, asilinqilobiy kuchlarni yo‘q qilish, partiyaning milliy siyosatini joriy etish, kam taraqqiy etgan O‘rta osiyoliklarga «beg‘araz» yordam ko‘rsatish niqobida ma’lum ma’noda mahalliy aholini qatag‘on qilish bilan shug‘ullanganliklari ushbu mavzuda ochib beriladi.
Ko‘plab qatag‘on qurbonlari nomlari zikr etiladi. Qatag‘onning fojeali oqibatlari misollar bilan ochib beriladi.
3-Mavzu.O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralashni va yer-suv islohotini o‘tkazish, xotin-qizlar ozodligini amalga oshirish davridagi qatag‘on. Sovet hukumati va Komfirqa Turkistonda «lenincha milliy siyosat» niqobi ostida jahon tarixida ko‘rilmagan mafkura va reaksion siyosat olib borgani, bu siyosatning bosh yo‘nalishi «bo‘lib tashla hukmronlik qil!» shioridan iborat bo‘lib, u azaldan, asrlar osha yagona va bir butun bo‘lgan Turkistonni parchalab yuborishga qaratilgan edi. Mavjud Buxoro, Xorazm va Turkiston respublikalari negizida yangi qo‘g‘irchoq davlatlar O‘zbeiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston respublikalarini tashkil etishdan iborat «katta siyosiy o‘yin» qilganliklarini fosh etish orqali ana shu mafkura siyosatga, amaliyotga qarshi turgan. Hatto betaraf turganlarni siyosiy qatag‘on domiga tortish amalga oshirilgani talabalarga keng va batafsil tahlil qilib boriladi.
1925-1929 yillarda O‘zbekistonda zo‘rlik bilan yer-suv islohoti o‘tkazildi. Jami bo‘lib butun O‘zbekiston bo‘yicha yer-suv islohoti natijasida 4801 ta xo‘jalik quloq xo‘jaligi sifatida tugatildi, 23036 xo‘jalikning ortiqcha yerlari tortib olindi. Yer jamg‘armasiga 474393 desyatina yer qo‘shildi. Yerlar bilan ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Yer-suv islohoti ham bolsheviklarning navbatdagi siyosiy o‘yini edi. Komfirqa va sovetlar «bosmachilik»ni tugatish uchun shu «bosmachilik»ning ijtimoiy bazasi bo‘lmish qishloq aholisiga nisbatan ta’ziyq-ta’qib o‘tkazib, sun’iy ravishda qishloqdagi sotsial ziddiyatni keskinlashtirmoqchi, dehqonlar e’tiborini «bosmachilik» qo‘llab-quvvatlashdan qaytarib, ularni boshqa muammolarga duch qilib, o‘zlarini o‘zlari bilan ovora bo‘lib qolishiga erishmoqchi bo‘lganlar. Shu tadbirni amalga oshirish chog‘ida ham qatag‘on qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |