Reja: - 1. Xorazm musiqa uslubi “Avesto” manbasi
- 2. Xorazim musiqa uslubidagi janirlar haqida
- 3. Mahalliy uslubning “ Xalq og‘zaki ijodi“ haqida
- 4. Xorazim mahalliy uslubida ijod qilgan ijodkorlar va ularning ijod namunalari
Xorazm musiqa uslubi “Avesto” manbasi Xorazim musiqasi tarixiy ildizi bugun yoki kecha paydo bo‘lgan emas. Uning tub ildizlari bundan 2700-3000 yil oldin yaratilgan shu hududa yashaqan xalq vakillaridan qolgan yozma manba AVESTO manbaasiga borib taqaladi. Avesto kitobining Gohlar bo‘linida ibodat marosimi jarayonida ijro etiladigan qo‘shiqlar sher matinlari raqislar haqida bayon etilgan. 2. Xorazim musiqa uslubidagi janirlar haqida - 2. Xorazim musiqa uslubidagi janirlar haqida
- Xorazm musiqa uslubi – mazkur vohadagi xalq qo'shiq va laparlari, turli marosim, tomosha va o'yin-raqs kuylari, xalfachilik, hamda dostonchilik, ashulachilik va maqom san'ati kabi kasbiy musiqa an'analaridan tashkil topgan.
O'zbek musiqasining tarkibiy qismi bo'lgan Xorazm musiqasi, ayni vaqtda, o'zgacha tarovatga ega bo'lib, uning ma'lum darajada turkman va ozarbayjon musiqasiga yaqin jihatlari ham bordir. Xorazimda doston ijochilari Qurbonnazar Abdullayev ( bola baxshi) Xorazm musiqa uslubining oʻziga xosligi uning an'anaviy cholg'ularida ham namoyon bo'ladi. Masalan, bulamon damli - puflama cholg'usi bu uslubda keng qo'llaniladi. U boshqa mahalliy uslublar uchun xos emas. Bulamon – tut daraxtidan ishlangan kichik surnay shaklidagi cholg'u bo'lib, unda yakka holda va ansambl tarkibida ijro etish mumkin. Xorazmda Kavkazning mashhur tor cholgʻusi ham keng tarqalgan. XIX asr oxiridan boshlab esa, “garmon” cholg'usi ham qoʻllana boshlangan. Uni “soz” deb atashadi. Bulardan tashqari, Xorazm musiqa amaliyotida deyarli barcha oʻzbek xalq cholg'ulari (dutor, tanbur, gʻijjak, nay, qoʻshnay va boshqalar) qoʻllangani holda doʻmbira sozi kam uchraydi. Xorazm musiqa uslubida raqs va umuman, oʻyin harakatlari bilan bogʻliq cholg'u kuylari salmoqli oʻrin tutadi. Raqs-oʻyin kuylarini bir necha turlarga boʻlish mumkin: 1. Xalq orasida ommalashgan raqslar. Ularning asoslarini “Lazgi”, “Ganji Qorabog“”, “Ufori” kabi kuylar tashkil etadi. 2. Dorbozlarning oʻyin-kuylari. Ularni “Yelpazalandi”, “Ufori Yelpazalandi” kabi kuylar tashkil etadi. 3. Qiziqchi va masxarabozlarning oʻyin-kuylari. Bu kuylarni “Chogʻolloq”, “Az-az”, “Az-azning tezi”, “Xorazmcha”, “Yuz bir”, “Ot eroni”, “Surnay yoʻli” kabi namunalar tashkil etadi. Xorazm raqs va oʻyin kuylari ommaviy bayram, sayillarda ijro etiladi. Oʻtmishda esa Xiva xonligida oʻtkazilgan Xalq sayli kunlari “Xatarli oʻyin” nomli turkum mazmunida ham namoyish etilgan. “Xatarli o‘yin”da parrandalar va uy hayvonlarining xatti-harakatlari (masalan, “Ot oʻyin”, “Tustovuq oʻyin”, “Kaptar” va b.) hamda “Olma terish”, “Kampir”, “Koʻknori” kabi maishiy sahnalar musiqa joʻrligida komik harakatlar vositasida aks ettirilgan. - Xorazm raqs va oʻyin kuylari ommaviy bayram, sayillarda ijro etiladi. Oʻtmishda esa Xiva xonligida oʻtkazilgan Xalq sayli kunlari “Xatarli oʻyin” nomli turkum mazmunida ham namoyish etilgan. “Xatarli o‘yin”da parrandalar va uy hayvonlarining xatti-harakatlari (masalan, “Ot oʻyin”, “Tustovuq oʻyin”, “Kaptar” va b.) hamda “Olma terish”, “Kampir”, “Koʻknori” kabi maishiy sahnalar musiqa joʻrligida komik harakatlar vositasida aks ettirilgan.
Komiljon Otaniyozov Qurbonnazar Abdullayev Qalandar baaxshi - 1. Xorazim mahalliy uslubidagi janirlarni sanab bering?
- 2. Xorazim mahalliy uslubida ijod qilgan sanatkorlardan kimlarni bilasiz
- 3. Qiziqchi va masxarabozlarning oʻyin-kuylarini sanab bering
- 4. Xalq orasida ommalashgan raqslar
Uyga vazifa: mavzuni o‘qishsh hamda qo‘shiqlarni yod olish
Do'stlaringiz bilan baham: |