8-Mavzu. O‘zbekistonda qayta qurish va yangi milliy uyg‘onish davridagi siyosiy qatag‘on. «Paxta ishi, O‘zbeklar ishi». Mazkur mavzuni talabalarga tushuntirish va ularda bu sohada bilim shakllantirish uchun asosiy manba va material sifatida Prezidentimiz I.A.Karimovning qator nutq, maqola va asarlarida sovet imperiyami davrida O‘zbekiston va uning xalqi mustamlakachilik sirtmog‘ida yashagan, vaqti-vaqti bilan turli xil siyosiy, mafkuraviy ayblarni niqob qilib qo‘llagan qatag‘on siyosatning mrhiyatini ochib berish zarur. Bunda yurtboshimizning aybsiz qatag‘on qurbonlarini reabilitatsiya qilishdagi xizmatlarini ta’kidlab o‘tish lozim.
Shuningdek. Respublikadagi «O‘zbekiston ovozi», «Xalq so‘zi», «Hurriyat» gazetalari, «sharq yulduzi», «Fan va turmush», «Muloqot». «Jamiyat vaboshqaruv» jurnallarida e’lon etilgan maqolalardan ham frydalanish lozim.
Asosiy manbalar sifatida 203 yili «Akademiya» nashriyotidan chiqqan Alisher Azizxo‘jaevning «Chin o‘zbek ishi» kitobidan, 2004 yili «Andijon nashriyot-matbaa» ochiq aksiyadorlik jamiyati chop etgan Rustambek Shasutdinov va Shodi Karimovning «O‘zbekiston tarixidan materiallar» (Uchinchi kitobning) 597-607-betlaridagi matnlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Shuningdek, 2007 yil avgustida «Hurriyat»da e’lon qilingan Xabibullo Olimjonovning «Dohiylar va iblislar yoki «Paxta ishi», «O‘zbeklar ishi» kampaniyasinikim boshlab kim tugatgani bu so‘nggi qatag‘on millat boshiga qanday kulfatlar solgani to‘g‘risidagi eslov» nomli maqola ham diqqatga sazovordir.
Qatag‘onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu qatag‘onlik komfirqa va sovetlar hukumatining yana ir navbatdagi nayrangi bo‘lib, «o‘zbek ishi», «paxta ishi», «o‘zbek mafiyasi», «qo‘shib yozish» kabi izohli lug‘atimizga mustamlakachilar tomonidan kiritilganyangi so‘zlar bilan bog‘liq. Bu «ish» aslida 80-yillarda O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ)ning raisi bo‘lib ishlagan armani millatiga mansub Melkumov bilan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetning birinchi kotibi Sharof Rashidov o‘rtasidagi o‘zaro klishmovchilikdan chiqqaniga alohida urg‘u berish kerak.
Bundan tashqari «Paxta ishi», «Qo‘shib yozishlar» masalasiaslida 1983 yili boshlangan, bunda o‘ha vaqtda respublikaning birinchi rahbari Inomjon Usmonxo‘jaevning Markazdan O‘zbekistonga kadrlar bilan «yordam berish»ni so‘rab qilgan murojaatidan so‘ng bu ish avj olganini ta’kidlash kerak.
Hullas, Vatanimiz o‘tmishining sovet saltanati davri. Hususan 80-yillardagi qatag‘onlik yillari dardli. Alamli va motamsaro voqealarga to‘la xalqimizning millat sifatida qaddi bukilgan, xo‘rlangan va oyoqosti qilingan davridir. Kelajakdan umidi bo‘lgan inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz tariximizning yaqin o‘tmishidagi achchiq saboqlaridan hayotiy hulosalar chiqarmoqlari ham qarz, ham farzdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |