7-Mavzu. 40-50 yillardagi qatag‘on. Urushdan so‘ng ham siyosiy qatag‘on davom etdi. Buning bir qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablari bo‘lgan. 40-yillarning ikkinchi yarmi va 50-yillarning boshlaridagi qatag‘onning eng asosiy sabablaridan biri bu sionomassonchilar-ning SSSRga va uning rahbariyatdagi arboblariga qarshi olib borgan qo‘poruv-chilik hujumlari, zimlan suiqasd, isyon tashkil qilish bo‘lgan. Bunda AQSh, Angliyadagi sionomassanchilarning qo‘li bo‘lgan. Ularning agentlari hatto Siyosiy byuro a’zolariga ham turli xil yo‘l topib chiqishga erishgan. Stalin atrofidagilarning ayrimlari halqaro dushmanlar domiga tortilib qolgan. O‘zbekistonda 40-50 yillarda qatag‘on qanday kechgani va bunda kimlar aybdorligini bilish uchun mamlakat markazi – Moskvada, Kremldagi vaziyatni, to‘g‘rirog‘i davlat va hukumat rahbari Stalin to‘g‘risida ayrim yangi ma’lumotlarni eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Urushdan keyingi dastlabki yillardayoq Stalin hukumat va Siyosiy byuro oldiga iqtisodni ko‘tarish, birinchi navbatda xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarish va xalqning moddiy farovonligini oshirishdan iborat qattiq vazifalar qo‘yadi. 1946 yil 9 fevraldayoq Stalin bunday maqsadga erishish yo‘lini aniqlaydi. Bu yo‘l xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqaradigan barcha sohalarni rivojlantirishdan iborat edi. 1946-1948 yillar davomida bu masala bo‘yicha hukumatning bir qator qarorlari – «Shahar va posyolkalarda oziq ovqat va sanoat mollari bo‘yicha kooperativ savdoni avj oldirish to‘g‘risida», «Keng iste’mol predmetlarini ishlab chiqaradigan davlat yengil sanoatini ko‘tarishni tezlashtirish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida», «Shahar va ishchi posyolkalarida matbuot kooperatsiyasi savdosini kengaytirish tadbirlari to‘g‘risida», «Savdoni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida» qarorlar chiqdi. Ularni bajarilishi uchun har qanday yuqori lavozimdagi mas’ul xodimlar, amaldorlardan qat’iyan talab qilish tartibini o‘rnatadi. Bu hujjatlarda birinchi marta davlat savdosi bilan kooperatsiya o‘rtasida raqobat bo‘lishi zarurligi isbotlab berilgan. Natijada kooperativ savdo va uning chakana oboroti faqat 1947 yilning o‘zida 1946 yildagiga nisbatan 5 marta ko‘payadi. Kartochka tizimining bekor qilinishi, pul islohotining o‘tkazilishi mamlakatda pul-tovar munosabatlarini keskin kuchaytirib yuboradi. Katta ko‘lamda uy-joy qurilishini avj oldirish, keskin-asta kammunal xizmat ko‘rsatishni pulsiz qilish vazifa qilib qo‘yiladi. Aholini pulsiz non va go‘sht bilan ta’minlash, oshxonalar va kir yuvishlar va boshqa madaniy-maishiy muassasalarning xizmat ko‘rsatish sohalarida ham pulsiz xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangandi. Xalq hali-hanuz har yo‘li 1 martdan oziq-ovqat va asosiy xalq iste’mol tovarlari bahosi tushib borganini eslaydi. Stalin xalq haqida nafaqat o‘ylagan, gapirgan, u xalq uchun yashagan, xalqqa naf keltirgan.
Stalinga shaxsan sadoqatli bo‘lgan Qurolliy Kuchlar ministri Vasilevskiy, Tashqi ishlar ministri Vishinskiylarni har xil yo‘llar bilan 1952 yil boshida Siyosiy byuro badnom qilishga qaror qilib, bu idoralarga o‘ziga qarashli kishilardan ministr o‘rinbosarlari tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |