Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet22/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43

Absolyut renta. Ko’’gina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida erga xususiy mulkchilik mono’oliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Hozirgi davrda erga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Erga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) mono’oliyasi ijaraga beriladigan barcha er uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, er egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut er rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, er egalari erni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan erdan foydalanganlik uchun to’lovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut er rentasi deb nom olgan. Agar er ijaraga berilganda shu erda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.

Agrar munosabatlarni tadkiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xo’jalik ishchilari yaratadigan qo’shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o’rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xo’jaligida olinadigan daromad o’rtacha foydadan yuqori bo’ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan savollar tug’iladi.

Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’’gina mamlakatlarda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi ka’italning uzviy tuzilishi sanoatdagidan ‘astdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o’rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbai bo’lib xizmat qiladi.

Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – mono’ol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa erda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, stitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar mono’ol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo’lishi ko’’incha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada mono’ol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa er egalariga mono’ol renta olish imkonini beradi.

Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differenstial rentaga aylanadi.

Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan erga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda ka’ital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi er rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: erdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), erga ilgari sarflangan ka’ital uchun foiz (r); er uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizastiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:

.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida er faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-sotdi ob’ekti hamdir. Er ham qishloq xo’jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aero’ortlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda erning narxi nima bilan belgilanadi?

Ma’lumki, er inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra er va boshqa tabiat in’omlari narxini nazariyotchilar irrastional narxlar deb ataydilar. Er uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu er uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina erni sotadi. Boshqacha aytganda, erning narxi ka’itallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori er narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga bog’liq: 1) er uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan er rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga.

Shundan kelib chiqib erning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:



,

bunda B - er narxi;

R- renta;

r¢ - ssuda foizi me’yori.

Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., r¢ = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo’ladi. Er egasi faqat shu narxdagina erini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi ka’italdan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi.

Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me’yori ‘asayib borgan taqdirda erning narxi o’sib boradi.

Er narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda er narxi, er uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi ko’’lab omillarga bog’liq. Jumladan, erga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyastiya va asosan gi’erinflyastiya sharoitida erga talab keskin o’sadi, bu tegishli ravishda er narxining o’sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g’arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha er narxi barqaror o’sish tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim davrlardagina uning ‘asayishi kuzatiladi.
3. Agrosanoat integrastiyasi va uning asosiy ko’rinishlari
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo’jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog’liq bo’lib kelganligini hisobga olish kerak. Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo’jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo’jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg’un rivojlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida agrosanoat majmuasini bitta ‘irovard natijani ro’yobga chiqarishga bo’ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo’ladi.

Agrosanoat integrastiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

Agrosanoat integrastiyasi ko’’ qirrali bo’lib, u g’oyat xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun mamlakat ko’lamidami, viloyat doirasi yoki korxona darajasidami yuz berishiga bog’liq.

Butun mamlakat va mintaqalar ko’lamida agrosanoat integrastiyasi qishloq xo’jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, xalq xo’jaligi oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo’lishi va rivojlanishida ifodalanadi.

Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir. ASM to’rtta sohani o’z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalari etkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga texnika xizmati ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar; ikkinchi soha – qishloq xo’jaligining o’zi; uchinchi soha – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga etkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish); to’rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma (yo’l-trans’ort xo’jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi)dan iborat.

Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy-maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va hokazo) o’z ichiga oladi.

‘rezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Qishloqni yangilash va qayta qurish chora-tadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega»1. Shu sababli Res’ublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda.
4. Agrobiznes va uning turlari
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat ko’rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integrastiyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’g’inlarni qamrab oladi.

Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.

Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. Chunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo’jaliklar o’z erida yoki ijaraga olingan erda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, undan mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa yuqori samarani ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklari mustaqil tuzilma bo’lish sababli o’z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va ‘irovard natija uchun mas’uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo’jaligining yashovchanligini ta’minlaydi.

Res’ublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, ‘rezidentimiz Islom Karimov fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko’rsatishi lozimligini ta’kidlab o’tgan edi. Shu sababli res’ublikamizda qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Res’ublikada bu jarayon zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari uyushtirish hamda dehqonning o’z mol-mulki negizidan bunday xo’jaliklarni dehqon xo’jaligi tashkil qilish yo’li bilan boradi. Fermer xo’jaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat erida faoliyat ko’rsatadi. Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Res’ublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi, «Qishloq xo’jaligi koo’erativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.

Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan erlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. Shu bilan, birga bu xo’jalik uchun erlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo’li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Shunday qilib fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni rag’batlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi. Natijada Res’ublikada 2004 yil boshiga kelib fermer xo’jaliklari soni 103921 dan ziyodni tashkil qildi. Ularga biriktirilgan qishloq xo’jalik foydalanishidagi erlar maydoni 2935,4 ming gektarni tashkil qilib, bir xo’jalik ixtiyoridagi er maydoni 24,5 gektarga to’g’ri keldi. 2004 yilda fermer xo’jaliklarida butun qishloq xo’jalik mahsulotlarining 20,4 foizi etishtirilgan (1-chizma).


1-chizma. O’zbekistonda xo’jalik toifalari bo’yicha yal’i qishloq xo’jalik mahsulotlarining ishlab chiqarilishi (% hisobida).
2005 yilda qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish ko’zda tutilib, fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, ularga davlat tomonidan qulay shart sharoitlarni yaratib berish asosiy ustuvor yo’nalish hisoblanadi. Mazkur yilda 406 shirkat xo’jaliklari o’rnida 20 ming fermer xo’jaliklarini tashkil etish kutilmoqda65.

Res’ublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina- traktor ‘arklari, ta’mirlash ustaxonalari, tayyorlov ‘unktlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.

Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Ular ma’lum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va uni ‘irovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonalardir.

Agrofirmalar ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil to’ib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.



Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga bog’liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarni birlashtiradi. Masalan, bog’dorchilik va uzumchilik bilan shug’ullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi stex va zavodlar, etkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib to’ib boradi.

Agrosanoat kombinatlari qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berishgacha barcha texnologik jarayonga xizmat qiluvchi xo’jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida birlashuvidir. Agrobiznes turiga ko’ngilli va ‘aychilik mablag’lari asosida tashkil qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.

Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo’jaliklari va shirkatlari, turli xil mulkchilik asosida tashkil qilingan ko’shma korxonalar ham agrobiznes turlari sifatida faoliyat ko’rsatadi.



5. O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari
O’zbekistonda agrar islohotning negizi erga bo’lgan mulkchilik masalasidir. Res’ublika Konstitustiyasida er xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan to’shirish mumkinligi ta’kidlangan.

Shunday ekan, qishloqda bozor munosabatlarini shakllantirishga erni meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanish uchun ijaraga berib qo’yish orqali erishish ko’zda tutilgan.

Res’ublikada erga bo’lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilishning boshqa xususiyati shundan iboratki, meliorastiya, irrigastiya, erlarning unumdorligini oshirish dasturlarini bajarishni davlat o’z zimmasiga oladi. Buni bizdagi dehqonchilikning xususiyati taqozo qiladi. Bu xususiyat faqat sug’oriladigan erlarga xosdir. Res’ublikada barcha haydaladigan erlarning 3/4 qismidan ko’’rog’i (4,2 mln.ga) sug’oriladigan erlar bo’lib, uning yarmidan ko’’rog’i yaxshi meliorativ holatda, qolgan erlar esa meliorastiya ishlari (qayta o’zlashtirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstrukstiya qilish)ni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug’orib kelingan har gektar erni qayta o’zlashtirish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 baravar ko’’ xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer irrigastiya va meliorastiya ishlarini o’zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat davlatgina meliorastiya tarmoqlarini rekonstrukstiyalashga, qurishga va irrigastiya tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir.

Res’ublikada agrar islohotlarni amalga oshirish dasturlariga asoslanib, 1992 yildan boshlab o’tgan davr mobaynida mavjud 1137 davlat xo’jaligidan 1066 tasi mulkchilikning akstiyadorlik, jamoa va ijara xo’jalik shakllariga aylantirildi. 2000 yil davomida yana 776 ta qishloq xo’jalik korxonasi shirkat xo’jaligiga aylantirildi, va ularning soni 1754 taga etdi2. Natijada qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarkibi mulkchilik shakllari bo’yicha ancha o’zgardi.

Agar 1991 yilda qishloq xo’jaligida davlatga qarashli bo’lmagan sektor butun mahsulotning deyarli 61% ni3, 1998 yilda 98,7% ni4 ishlab chiqargan bo’lsa, 2004 yilga kelib uning 99,0% ni ishlab chiqardi.

Qishloq xo’jaligini isloh qilishning muhim yo’nalishi – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug’oriladigan erlarni shaxsiy xo’jaliklar va bog’-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo’li bilan aholini er bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko’rilgan chora-tadbirlar hisobiga, birinchidan, qishloq joylarda ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham to’tirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka barham berishga va to’rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko’lamini ancha kengaytirishga muvaffaq bo’lindi.

Islohotlar amalga oshirilgan dastlabki yillarda aholiga foydalanish uchun qo’shimcha 550 ming gektar sug’oriladigan er ajratib berildi, shaxsiy tomorqa uchun berilgan erning umumiy maydoni 700 ming gektarga etdi. Natijada dehqon xo’jaliklarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi 1992 yildagi 33% dan 1998 yilda 60,3% ga1, 2000 yilda esa 66% ga ko’tarildi2.

Res’ublikada agrar islohotlarning navbatdagi yo’nalishi – bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdir. Bunda xo’jaliklarga ekin maydonlari tarkibini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilash huquqi beriladi.

Don mustaqilligiga erishish va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashni tiklash yo’li izchil amalga oshirilishi natijasida donli ekinlar maydoni ancha kengaydi, ‘axta ekiladigan maydonlar esa tegishli ravishda qisqardi. Don etishtirishni ko’’aytirib borish (1994 yil 2,5; 1996 yil 3,5; 1998 yil 4,1; 1999 yil 4,3; 2000 yil 3,9; 2004 yil 5 mln. tonna) uni chetdan keltirishni qisqartirish va qisqa davrda to’liq don mustaqilligiga erishish imkonini berdi.

Res’ublikada agrar islohotlarni chuqurlashtirishning navbatdagi yo’nalishi barcha davlat va shirkat qishloq xo’jalik korxonalarini (birinchi navbatda zarar ko’rib ishlayotganlarini) fermer xo’jaliklariga aylantirishdan iboratdir.

Mamlakatimiz agrar sohasini taraqqiy ettirishda fermer xo’jaliklarini rivojlantirishning muhim ahamiyatini ta’kidlab, ‘rezidentimiz I.A.Karimov Oliy Majlis Qonunchilik ‘alatasi va Senatining qo’shma majlisida «keyingi yillar tajribasi fermer xo’jaliklarining shirkatlarga nisbatan ancha yuqori rentabelli bo’lishi va zarar ko’rmay faoliyat yuritishini yaqqol tasdiqladi»66, deb ko’rsatib o’tdi.

Xuddi shu ma’ruzada zarar ko’rib ishlaydigan va ‘ast rentabelli shirkatlarni fermer xo’jaliklariga aylantirish borasida 2005-2007 yillarga mo’ljallangan dastur qabul qilinganligini va unga asosan shu ko’rsatilgan yillar ichida 1100 ta, jumladan, shu 2005 yilda 406 ta shirkat xo’jaligini qayta tashkil etib, fermer xo’jaliklariga aylantirish vazifasi belgilanganligi aytib o’tildi.

Bunda birlamchi qishloq xo’jalik bo’g’ini bo’lmish fermer xo’jaliklariga moddiy-texnikaviy va boshqa resurslar ta’minoti, texnika, agrokimyo xizmati ko’rsatadigan ishlab chiqarish infratuzilmalari tashkil etilishi lozim. Bu borada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida fermer xo’jaliklari jadal ravishda rivojlanib bormoqda (2-jadval).

Res’ublikada agrar islohotlarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida xo’jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi.

Bunga dastlab umumdavlat ehtiyojlari uchun etkazib berilayotgan mahsulotlarga oqilona xarid narxlarini belgilash, keyinchalik mahsulotlarning ko’’chilik turlariga davlat buyurtmasini asta-sekin bekor qilish (1995 yildan faqat ‘axta va donga davlat buyurtmasi saqlanib qoldi) hamda qishloq xo’jalik korxonalarini qo’llab-quvvatlash (soliqlardan ozod qilish, kreditlarni qaytarish muddatini cho’zish va boshqalar) orqali erishildi.

2004 yilda «O’zqishloqmash-xolding» kom’aniyasi tomonidan qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilariga 2959 ta traktor, 1161 ta ‘riste’, 188 ta turli omochlar, 985 ta ‘axta ekish moslamalari, 80 ta bug’doy ekish moslamalari, 1239 ta kultivatorlar, 185 ta o’rish mashinalari, 789 ta ‘axtani dorilash moslamalari etkazib berildi. 2003 yilga nisbatan ‘axta seyalkalarini etkazib berish 6,9 marotaba, ‘axta kultivatorlari 3,1 marta, ‘riste’lar 1,7 marta, traktorlar 1,1 marta, bug’doy ekish moslamalari 1,3 marta ortdi.

Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirish jarayoniga to’siq bo’luvchi muammolar ham mavjud. Fermer xo’jaliklarini tashkil etish mexanizmini, shartnoma munosabatlarini takomillashtirish, bank-moliya tizimini isloh qilish, qishloq joylarda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmani shakllantirish shular jumlasiga kiradi.67

Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g’oyat muhim yo’nalish – qishloq xo’jaligida band bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini bo’shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat ko’rsatish sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda faoliyat shaklini tez o’zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo’lgan, qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish – agrar islohotning hozirgi kundagi ustuvor yo’nalishidir.

Bu yo’nalishda kommunal va injenerlik tizimlarining keng tarmog’ini yaratish, servis va maishiy xizmat tarmog’ini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Shu vazifani bajarish yo’lida keyingi yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish ishlari davom ettirildi. Qishloqlarda 1965 km suv quvurlari tarmog’i ishga tushirildi, 4844 km gaz tarmoqlari qurildi. Mablag’ bilan ta’minlanadigan barcha manbalar hisobidan 2000 yilda umumiy maydoni 6,97 mln. kv.m uy-joy binolari foydalanishga to’shirildi.

Yuqorida tilga olingan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada chuqurlashtirishning barcha yo’nalishlari res’ublikaning xususiyatlari va bozor iqtisodiyotiga o’tish talablaridan kelib chiqadi.



Xulosalar


  1. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish ko’’ jihatdan er bilan bog’liq, shuning uchun ham erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.

  2. Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Er egasi va uni ijaraga olib foydalanuvchi (tadbirkor) o’rtasida mazkur erdan olinadigan foydani taqsimlash borasidagi munosabatlar renta munosabatlari deyiladi. Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizastiya qilish)ning shaklidir.

  3. Hozirgi ‘aytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differenstial (tabaqalashgan) renta I va II, mono’ol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.

  4. Agrosanoat integrastiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga etkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

  5. Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan shug’ullanuvchi xalq xo’jalik tarmoqlaridir. ASM to’rtta sohani o’z ichiga oladi. Birinchi soha - qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalari etkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar; ikkinchi soha – qishloq xo’jaligining o’zi; uchinchi soha – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga etkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish); to’rtinchi soha - odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma (yo’l-trans’ort xo’jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi).

  6. Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli agrobiznes ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy, ta’mirlash xizmat ko’rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va iste’molchilarga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish