Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi



Download 5,97 Mb.
bet18/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43

1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat mono’oliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko’tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo’lmagan turlarini, ‘ast texnikaviy darajasini, ‘ast sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo’ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.

Mono’oliyalar bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo’ladi, mono’oliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini ‘asaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo’ladilar. Oqibatda ishlab chiqarish qisqarib, ishsizlik va inflyastiya o’sadi, xo’jalikning izdan chiqishi kuchayadi. Jamiyat boyligi resurslarning oqilona raqobatli-bozor taqsimoti sharoitida qo’lga kiritilishi mumkin bo’lgan miqdoriga qaraganda kamayib ketadi.



2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning mono’ol tarzda oshirilishi (‘asaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog’liq bo’lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.

3) iqtisodiy turg’unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi mono’olistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo’shimcha urinishlarsiz o’zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni rastionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to’g’risida qayg’urish kabi hatti-harakatlardan qaytaradi.

4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to’sib qo’yilishi. Mono’olistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to’sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo’lgan korxonalarni o’zlariga bo’ysundirishlari, jamiyatga o’z ishchilarining mehnatiga ‘asaytirilgan miqdorda haq to’lash, ‘ast sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o’ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki ‘asaytirilgan xarid narxlari), o’z mahsulotini iste’mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o’zlarining kamsituvchi shartlarini ko’ndalang qo’yishlari mumkin.

Bundan ko’rinadiki, mono’olistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir ko’rsatishi, taraqqiyot yo’liga g’ov bo’lishi ham mumkin. Shunga ko’ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida mono’oliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo’llanilib, bu mono’oliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning mono’oliyaga qarshi siyosati asosini mono’oliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan bo’ladi.

Odatda AQShdagi mono’oliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi:

1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin mono’ollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo’lga olish, narxlar bo’yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.

2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo’yicha kamsitish, ma’lum ko’rinishdagi birlashib ketishlar, o’zaro bog’lanib ketuvchi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi.

3. Robinson-’etmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx bo’yicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi.

1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to’siq qo’ygan bo’lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
3. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va mono’oliyaga qarshi qonunchilik.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror to’gan muhitda bo’lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.

Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o’z-o’zidan, evolyustion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.

Iqtisodiyotda mono’ollashuv ‘rinsti’lari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning mono’oliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini to’adi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning mono’ollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror to’tirish kabilarga qaratiladi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning res’ublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, ‘rezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo’ymoqda. Bu borada ham juda ko’’ echilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoli’laridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to’laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo’lidagi mavjud g’ov-to’siqlarni bartaraf etishimiz zarur».58

Bugungi kunda O’zbekistonda ham uyushmalar, konsternlar, kor’orastiyalar, kom’aniyalar shaklidagi mono’oliyalar saqlanib qolgan bo’lib, ular ko’’incha tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo’ladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko’rinishida taqsimlashning eskicha tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, listenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to’siqlar mono’olistik tendenstiyalarga ko’’roq imkon yaratadi.

Shunga ko’ra, O’zbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi:

a) iqtisodiyotda davlat mono’olizmining har qanday namoyon bo’lishini maksimal darajada bartaraf etish. Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institustional islohotlar zarur;

b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan mono’oliyalarning bozordagi o’z ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish. Davlat muassasalari raqobatning rivojlanishini ta’minlashlari lozim. Busiz samarali innovastiyalar, ‘ast xarajatlar va narxlar, mahsulotning yuqori sifatiga erishish, boshqacha aytganda, butun iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin emas.59

O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z egalari qo’liga to’shirilsa, ikkinchidan, ko’’ ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.

Shunday qilib, O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat mono’oliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu erda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning ‘aydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

Shu maqsadda O’zbekistonda «Mono’ol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni mono’ollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga etkazgan zararni qo’lashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.

Iqtisodiyot va mono’oliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra, O’zbekiston Res’ublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida mono’olistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mono’olistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, res’ublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.

Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinchidan, mono’oliyaga qarshi taribga solishning ‘rinsti’ial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va saqlanib qolgan mono’olistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan bo’lib hisoblangan mono’oliyadan chiqarish va sog’lom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo’yilgan.

Mazkur qonun mono’oliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan mono’olistlar hatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.

Quyidagi hatti-harakatlar mono’oliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:

- xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol qilinishi (5-modda);

- xo’jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro kelishilgan hatti-harakatlari) (6-modda);

- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo’naltirilgan hatti-harakatlari (7-modda);

- insofsiz raqobat (8-modda).

Mono’oliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda O’zbekistonda mono’oliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Mono’oliyaga qarshi va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan mono’oliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Mono’oliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Res’ublika ‘rezidentining «O’zbekiston Res’ublikasi Mono’oliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoniga asosan mono’oliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 2005 yil 30 a’reldagi Farmoniga binoan u Mono’oliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasiga aylantirildi.60

Res’ublikada mono’ol mavqeiga ega bo’lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos jihatlari hisobga olinadi.

Hozirgi davrda Res’ublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35%idan ortiq bo’lsa, bu korxona mono’olistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.

Res’ublikada mono’oliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:

1. Mono’ol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo’yish.

2. O’z mono’ol mavqeini suiiste’mol qilgan mono’olistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Res’ublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996 yil, a’rel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan Res’ublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.

Tabiiy mono’oliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi.

Res’ublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib to’tirishga xizmat qiladi.

O’zbekiston Res’ublikasida olib borilayotgan mono’oliyaga qarshi siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri – bu mono’olist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslik bo’yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda mono’olist-korxonalar Davlat reestri yuritiladi. Ushbu reestrlarga ma’lum bir tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo’lgan korxonalar kiritiladi. Reestrga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z mahsulotlarining narx (tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya organlarida deklarastiyadan o’tkazishlari shart.

Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish, kichik va o’rta tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investistiyalarining kirib kelishi natijasida bar’o etilayotgan korxonalar salmog’ining oshishi va boshqa omillar ta’sirida ko’’gina mono’olist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 1999 yilning 1 oktyabr holatiga reestrda 716 xo’jalik yurituvchi sub’ekt 1924 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo’yicha ro’yxatga olingan bo’lsa, 2003 yilning 1 yanvar holatiga 386 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 247 ta mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo’yicha hisobga olingan. Umuman olganda, 2003 yilning 1 yanvariga kelib mono’olist-korxonalar soni 1996 yilga nisbatan 2,5 barabarga, mono’ol mahsulotlar soni esa 17 barobarga qisqardi.

Res’ublikada faqat 2003-2004 yillar davomida mono’ol mavqeidagi 1418 ta akstionerlik jamiyatlari akstiyalari ‘aketi, 494 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlaring ustav fondidagi davlat ulushi, 1657 ta korxona va ob’ektlar to’liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi.61 Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan res’ublika xo’jalik birlashmalari («O’zgo’shtsutsanoat», «Oziq-ovqat sanoat», «O’zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («O’zbekengilsanoat» DAK, «O’zdonmahsulot» AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda mono’ol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o’rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi.

Ўzbekistonda amalga oshirilayotgan keng kўlamli islohotlarning bosh maқsadi - kuchli, raқobatbardosh milliy iқtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishdir. Ўzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tahkidlaganidek,“Navoiy” sanoat zonasida muћandislik tarmoќlari, logistika, tahminot tizimlari ќurilishiga davlat tomonidan 100 million dollarga teng miќdordagi mablag’ sarflandi. Bu ўnlab zamonaviy ishlab chiќarish korxonalarini tashkil etishga xorijiy sarmoyadorlarni faol jalb ќilish imkonini berdi.

Bu yil tashkil ќilingan “Angren” sanoat zonasi uchun umumiy ќiymati 60 million dollardan ziyod bўlgan ishlab chiќarish infratuzilmasi va kommunikatsiya tarmoќlarini shakllantirish bўyicha maxsus dastur ishlab chiќildi va amalga oshirilmoќda62” Mamlakatimiz raқobatbardoshligini oshirishda aynan, ўzimizda ishlab chiқarilgan mahsulotlar eksporini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.


Xulosalar:


  1. Raqobat bozorning muhim xususiyatlaridan biri bo’lib hisoblanadi. U bir tomondan, ishlab chiqarish munosabati sifatida namoyon bo’lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo’ladi. Raqobatli bozor ishlab chiqarish samaradorligiga erishish va iqtisodiy resurslarni o’timal taqsimlashga imkon yaratadi.

  2. O’z miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, mono’ollashgan raqobat, mono’oliya va oligo’oliyadir.

  3. Erkin raqobat va mono’oliya real hayotda kam uchraydi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining holatini mono’ollashgan raqobat va oligo’oliya tavsiflaydi. Mono’ollashgan raqobatda juda ko’’ mayda firmalar tomonidan turli-tuman tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqariladi, shuning uchun sohaga kirish qiyin emas.

  4. Raqobat – xo’jalik yuritishning asosiy usuli hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo’jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qonuniy, tashkiliy va siyosiy sharoitlar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi – alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilib xukmronlik mavqeiga erishishiga halaqit beruvchi asosiy omildir.

  5. Mono’oliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam bo’lgan juda murakkab jarayondir. O’zbekistonda davlatning mono’oliyaga qarshi chora-tadbirlari nafaqat mono’oliyani cheklash, balki mono’oliyadan chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko’’lab tarmoqlarda xukmron mavqega ega bo’lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.

  6. Davlatning mono’oliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi sub’ektlar ishchanligini susaytirmaydigan darajada etarlicha egiluvchan bo’lishi darkor.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’’roq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat - ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boruvchi kurash.

Tarmoqlararo raqobat - turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurash.

G’irrom raqobat - raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga ‘utur etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish.

Halol raqobat –jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi.

Narx vositasida raqobatlashuv - ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan ‘asaytirishi asosidagi kurash.

Narxsiz raqobatlashuv - asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblangan kurash.

Mono’oliya – mono’ol yuqori narxlarni o’rnatish hamda mono’ol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, kor’orastiyalar)ning birlashmalari.

Ishlab chiqarishning to’’lanishi - ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’’lanishi.

Ka’italning to’’lanishi – qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish (ka’itallashtirish) natijasida ka’ital hajmining oshishi.

Ka’italning markazlashuvi – bir ka’ital tomonidan boshqa birining qo’shib olinishi yoki bir qancha mustaqil ka’itallarning akstiyadorlik jamiyati va boshqa shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali ka’ital hajmining o’sishi.

Sof mono’oliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati.

Oligo’oliya - tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati.

Mono’olistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’’ hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati.

Mono’soniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’’ bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati.

Tabiiy mono’oliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati.

Legal (qonuniy) mono’oliya – qonuniy tarzda tashkil etiluvchi mono’olistik holat.

Sun’iy mono’oliya – mono’ol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi birlashmalarning shartli (tabiiy mono’oliyalardan ajratib turish uchun) nomi.

Kartel – bitta sanoat tarmog’idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.

Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi birlashmasi.

Konsorstium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy o’erastiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investistiyalar qo’yish).

Konstern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’’ tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, trans’ort va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish