Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Takrorlash uchun savollar va to’shiriqlar



Download 5,97 Mb.
bet21/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43

Takrorlash uchun savollar va to’shiriqlar:


  1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.

  2. Narxning tashkil to’ishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning afzallik va kamchilik tomonlarini ko’rsatib bering.

  3. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil to’ish mexanizmini tushuntirib bering.

  4. Sof mono’oliya sharoitida narx qanday shakllanadi?

  5. Mono’soniya sharoitida narxning shakllanishi qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega?

  6. Oligo’oliya sharoitida firmalarning «inkor etish» va «ergashish» hatti-harakatlarining mazmuni nimadan iborat? «Narx bo’yicha etakchilik» tushunchasini izohlab bering.

  7. «Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda foydalaniladi?

  8. Narx siyosati nima? O’zbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?


14-MAVZU. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES

Reja:

1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari

2. Renta munosabatlari

3. Agrosanoat integrastiyasi va uning asosiy ko’rinishlari

4. Agrobiznes va uning turlari

5. O’zbekistonda agrar islohotlar va ularni chuqurlashtirishning asosiy yo’nalishlari
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo’g’inlari uchun umumiy bo’lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o’ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki bu erda takror ishlab chiqarish ko’’ jihatdan tirik organizm (hayvon, o’simlik va boshqalar) bilan ham bog’liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo’ladigan o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqiladi.

Avvalo, agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e’tibor er rentasiga qaratiladi. Er rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Tahlil davomida agrosanoat integrastiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to’xtalib o’tiladi. Tahlilning oxirida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.


1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari

Mamlakatimiz iqtisodiy o’sishini ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda, mamlakatni modernizastiyalashda agrar soha muhim rol o’ynaydi. Qishloq xo’jaligida yaratilgan mahsulotlarning umumiy hajmi 2004 yilda 4732 mlrd. so’mdan iborat bo’lib, YaIMning 26,8%ni tashkil etdi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo ishlab chiqariladi. Res’ublikamiz ‘rezidenti I.Karimov ta’kidlab o’tganidek, «Res’ublika sanoatining ko’’gina tarmoqlarini, jumladan, ‘axta tozalash, to’qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo’jaligi mashinasozligini va boshqalarni... rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o’tish davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir»1. Demak, aholi uchun zarur bo’lgan tovarlar bozorini to’ldirish uchun qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish darkor. Boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligida ham takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo’ladi.

Agrar sohada ishlab chiqarish ko’’ jihatdan er bilan bog’liq bo’ladi. Erga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.

Ma’lumki, 1924 yildagi er-suv islohotidan keyin sobiq ittifoq hududida erga xususiy mulk bekor qilinib, u umumxalq mulki deb e’lon qilingan edi. Ammo ayni ‘aytda sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan ayrim mamlakatlarda erga xususiy mulkchilikni joriy qilish jarayoni ketaya’ti. Bizning mamlakatimizda esa er davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilaya’ti.

Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu erda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - er, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib ketadi. Bunda er mehnat quroli va mehnat ‘redmeti sifatida qatnashadi. Erning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.

Erning hosil berish qobiliyatiga tu’roq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida erning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi erning tabiiy unumdorligi deyiladi.

Agar tu’roq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tu’roq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan, masalan, erni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizastiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigastiya va meliorastiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.

Erdan olinadigan hosil ko’’roq mana shu erning tu’roq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mehnatning erga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida erdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Bundan ulardan barcha jamiyat a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo’lida foydalaniladi. Hozirgi ‘aytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ularda turli iqlim va tu’roq sharoitlarida ishlab chiqarish olib boriladi.

Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy ka’ital turli xil traktorlar, mashinalar, trans’ort vositalari, bino, inshootlar, ko’’ yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil to’adi.

Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan er ‘ul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, ka’ital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy ka’italning ayrim turlari, masalan, ko’’ yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligidan ka’italning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko’’roq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy ka’ital ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma ka’ital quyidagilardan tashkil to’adi: yosh va boquvdagi hayvonlar, em-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg’i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma ka’italning ko’’gina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida ka’ital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni ‘ul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o’tib, yana ‘ul shakliga qaytib keladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori erning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Erning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan ka’italning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bevosita ko’’ayishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu erda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi.

Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g’alla o’rish kombaynlari, ‘axta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-terim ‘aytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mehnatning ka’ital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo qiladi, lekin bu erda asosiy va aylanma ka’ital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag’larning sarfi bir me’yorda bo’lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag’lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag’larning ko’’gina qismi (urug’lik, em-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli erlarning cheklanganligini hisobga olib, erga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.

O’zbekistonda er davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli erga bo’lgan mulkchilik, erga egalik qilish va erdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.

Erga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum er uchastkasiga tarixan tarkib to’gan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Erga egalik deganda avvalo erga bo’lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizastiya qilish ko’zda tutiladi. Erga egalikni eri bo’lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. O’zbekiston Res’ublikasining Er kodeksida ta’kidlanganidek «Er uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».1

Erdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Erdan foydalanuvchi er egasi bo’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida erga egalik qilish va erdan foydalanishni ko’’incha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo’jaliklari amalga oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ham to’rt omil – er, ka’ital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda er muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, erni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil - inson omili, ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir.

Agrar munosabatlarni o’rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol o’ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi rolini tushunmaslik go’yo ka’ital foyda yoki foiz, er esa renta yaratadi, degan ko’’gina xato fikr-mulohazalarga, yolg’on tasavvurlarga olib keladi. Bu masalalarni to’g’ri tushunishda renta munosabatlarini o’rganish muhim rol o’ynaydi.
2. Renta munosabatlari
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi hozirgacha to’liq yoritib berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o’rtasida uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha turlicha yondoshuv va qarashlar mavjud bo’lib, ularning ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko’ra rentani miqdoriy aniqlash va uning mohiyatini tushuntirish bo’yicha asosiy va ko’’incha bir–biriga qarama–qarshi bo’lgan nazariyalarga duch kelamiz.

Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Tyurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, erning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, erning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar.

Keyinchalik renta nazariyasining asoslari klassik iqtisodchilar U.’etti, J.Anderson, A.Smit va D.Rikardolar tadqiqotlarida turli darajada takomillashtirilgan. Jumladan, Anderson differenstial renta to’g’risidagi qarashlarni ilgari surgan, biroq rentaning tovar qiymatining bir qismi ekanligini tushuntirib berolmagan. Rikardo esa, fiziokratlardan farqli o’laroq, rentaga mahsulot ijtimoiy va individual qiymatlari o’rtasidagi farq sifatida qarab, renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasi, qiymat qonuni bilan bog’lagan.

Renta nazariyasini rivojlantirishda rus iqtisodchilaridan N.G.Chernishevskiy va N.I.Ziberlar salmoqli hissa qo’shganlar.

Hozirgi vaqtda Rossiyada «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha cho’ etilgan qator o’quv qo’llanma va darsliklarda ham er rentasi munosabatlari keng bayon etilmoqda.

D.D.Moskvin tahriri ostida tayyorlangan darslikda yozilishicha, resurslarning turli-tumanligi natijasida ulardan foydalanish chog’ida renta daromadlarining turli ko’rinishlari ‘aydo bo’ladi, jumladan: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi er rentasi; foydali qazilmalarni qazib olish chog’ida vujudga keluvchi renta; o’rmon resurslaridan foydalanishda hosil bo’luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar er bilan uzviy bog’liq bo’lganligi sababli ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o’xshash shart-sharoitlar mavjud bo’ladi. Qishloq xo’jalik ekinlaridan foydalanishning iqtisodiy shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo’ladi, shunga ko’ra ularni er rentasiga kiritish to’g’ri bo’ladi. Haydaladigan er, qurilish uchastkasi, ruda koni, baliq ovi, o’rmon va boshqalardan to’lanishidan qat’iy nazar, renta ko’rinishidagi mazkur ‘ul summasi er rentasi deb ataladi.64

Er rentasi er egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizastiya qilish)ning shaklidir. Er rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va ‘ul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi ‘aytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut er rentasi, differenstial (tabaqalashgan) renta I va II, mono’ol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan erlardan olinadigan renta.

Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan erlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini to’adi. Ikkinchi sababi – erga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi mono’oliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’’ mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi ka’ital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi ka’ital o’rtasidagi nisbatning ‘astligi hisoblanadi.

Er uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differenstial renta deb ataladi.

Qishloq xo’jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi –erning miqdori va sifatini tabiatning o’zi cheklab qo’ygan, uni inson ko’’aytirishga qodir emas.

Shuning uchun qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor er uchastkalarida to’’lash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to’lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo’lsa, erning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo’jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o’rtacha yoki yaxshi erlarda xo’jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo’shimcha mahsulot va binobarin foyda oladilar.

Bu foyda qisqa muddatli emas, balki ozmi-ko’’mi doimiy xususiyatga ega. Barcha erlar mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan egallab olinganligi sababli, bu ishlab chiqaruvchilar erga xo’jalik ob’ekti sifatidagi mono’oliya vujudga keladi. Bu hol differenstial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi.

Shunday qilib, differenstial renta hosil bo’lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan erning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan erlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo’jalik yuritishdir.

Differenstial renta o’zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differenstial renta I va differenstial renta II ga bo’linadi.



Differenstial renta I erning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum er uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday er uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi ‘ast, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan er uchastkalari mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi. Differenstial renta I ning hosil bo’lishini shartli misol yordamida ko’rib chiqamiz (1-jadval).
1-jadval. Differenstial renta I ning hosil bo’lishi


Er uchast-kasi

Ijti-moiy ishlab chiqarish xarajat-lari (so’m)

O’rtacha foyda (so’m)

Ijti-moiy qiymat (so’m)

Yal’i mahsu-lot (tonna)

Mahsu-lotning indivi-dual qiymati

(so’m)


Ijti-moiy qiymat – bozor narxi (so’m)

Yal’i sotil-gan mahsu-lot (so’m)

Dif-feren-stial renta I

(so’m)


A

8000

2000

10000

20

500

500

10000

-

B

8000

2000

10000

25

400

500

12500

2500

V

8000

2000

10000

30

333

500

15000

5000

Biz jadvalda bir miqdorga ega bo’lgan, lekin hosildorligi turlicha, uch xil er uchastkasini (xo’jalikni) misol qilib oldik.

Misolimizdagi bu uch xil er uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy qiymati bir xil, ya’ni 10000 so’mni tashkil qiladi. Yal’i hosildorlik A uchastkasida 20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi. Har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda etkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham turlicha bo’lib chiqadi. Ya’ni, A uchastkasida har bir mahsulot birligining qiymati 500 so’m bo’lsa, B uchastkasida 400 so’m, V uchastkasida esa 333 so’mni tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sifati yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so’m). Natijada yomon er uchastkasi (A) o’zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini qo’lash va foyda olish imkoniga ega bo’ladi. O’rtacha (B) va yaxshi (V) er uchastkalarida esa yomon er uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so’m miqdorda qo’shimcha daromad olinadi.

Bu olingan qo’shimcha daromad erning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan differenstial renta I ni tashkil qiladi.



Differenstial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, erning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, erlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizastiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi.

Qaysi xo’jalik o’z ishlab chiqarishida bu ko’rsatilgan omillardan yaxshi foydalansa va xo’jaligini intensiv rivojlantirsa, differenstial renta II ni olishga muvaffaq bo’ladi. Chunki yaxshi rivojlanmagan xo’jalikka nisbatan yaxshi rivojlangan xo’jaliklar er hosildorligini, chorva mollari mahsuldorligini oshirishga erishganliklari uchun mahsulot birligiga sarf qilingan xarajatlarni bir muncha kamaytirishga erishadi. Natijada bu xo’jaliklar differenstial renta II ni olishga muvaffaq bo’ladilar.

Bu holni biz 2-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin.
2-jadval. Differenstial renta II ning hosil bo’lishi


Ishlab chiqarish davri

Ishlab chiqarish xarajat-lari

(so’m)


Yal’i mahsulot (tonna)

1 tonna mahsu-lotning indivi-dual qiymati

(so’m)


1 tonna mahsu-lotning ijtimoiy qiymati

(so’m)


Sotil-gan mahsu-lot summasi, so’m

Qo’shimcha mahsulot, ya’ni dif-feren-stial renta II, so’m

Birinchi yil

10000

20

500

500

10000

-

Ikkinchi yil

15000

40

375

500

20000

10000

Misolimizda erga qo’shimcha 5 ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differenstial renta II ni tashkil etadi.

Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo’jaligida bosh yo’l hisoblanadi. Chunki qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a’zolarining o’sib borayotgan talabini qondirib bo’lmaydi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi. Buning uchun qishloq xo’jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo’yish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo’jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash uzluksiz o’smoqda. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan ka’ital mablag’lar ham ortmoqda.

Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differenstial renta II bo’lmas edi. Ga’ shundaki, er birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo’jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.

Qishloq xo’jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o’rtasidagi tafovut xo’jaliklarning ustama qo’shimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differenstial rentaning har ikkala ko’rinishini (renta I va II ni) o’z ichiga oladi. Differenstial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan zona bo’yicha yoki alohida olingan xo’jalikning individual qiymati o’rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo’jalik o’rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to’langan qismi er rentasi ko’rinishini oladi (chunki bizda er davlat mulkidir).

Differenstial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta er davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’’lanishi lozim. Bu hol o’rta va yaxshi unumli erda joylashgan xo’jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga ‘utur etkazmaydi, balki boshqa xo’jaliklar bilan ozmi-ko’’mi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o’tgan bu mablag’larni (differenstial renta I), mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi erlarni o’zlashtirish va er unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin bo’ladi.

Differenstial renta II erdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi, ya’ni trans’ort yo’llari qurilishiga, irrigastiya-meliorastiya ishlarini amalga oshirish uchun ka’ital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar etkazib beradi. Shunday qilib, differenstial renta I va differenstial renta II er egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida taqsimlanadi.


Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish