Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet16/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43

Yo’iq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko’’roq ma’lum kasb egalari, masalan, duradgorlar, g’isht teruvchilar, elektr ‘ayvandchilar kabilarni o’ziga birlashtiruvchi stex kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. Stex kasaba uyushmalari ish beruvchilarni faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo bo’lgan ishchilarni yollashga majbur etib, shu orqali ishchi kuchi taklifi ustidan nazorat o’rnatadilar. Zarur holda kasaba uyushmasiga a’zolikni qisqartirish orqali ishchi kuchi taklifini sun’iy yo’l bilan qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi yo’llardan foydalanishlari mumkin:

- o’qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho’zish;

- kasaba uyushmasiga a’zo bo’lish badallarini oshirish;

- yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar.

Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi darajasini oshirish jarayonini quyidagi chizma orqali ko’rish mumkin (1-chizma).

Ish haqi

darajasi D S2
S1


W2




W1S2




S1 D



0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori



1-chizma. Yo’iq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri.
Chizmadan ko’rinadiki, kasaba uyushmalari ishchi kuchi taklifini S1S1 dan S2S2 ga qadar qisqartirish orqali ish haqi darajasini W1 dan W2 ga qadar oshirishga erishadilar. Biroq, ishchi kuchi taklifining ‘asayishi yollangan ishchilar sonining Q1 dan Q2 ga qadar qisqarishiga olib keladi.

Aksariyat kasaba uyushmalari o’z a’zolari sonini cheklashga harakat qilmaydilar. Aksincha, ular barcha mavjud yoki keyinchalik yollanuvchi ishchilarni birlashtirishga harakat qiladilar. Bu ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmalari uchun xos bo’lib, tarmoqdagi barcha ishchilarni, ularning malakasidan qat’iy nazar, o’z saflariga a’zo bo’lishiga intiladilar. Bu o’rinda, agar kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib to’sa, uni yo’iq tarzda tashkil etish ham mumkin bo’ladi. Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni ishdan bo’shatib, ular o’rniga boshqalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydilar. Biroq, o’ziga malakasiz yoki ‘ast malakali ishchilarni birlashtirgan kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay olmaydi. Chunki, bunday holatda ish beruvchilar bu ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo’lmagan ishchilar bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo’lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish zaruriyatini yo’qqa chiqaradi.

Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha ishchilarni birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo’yicha shartnoma tuzishda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatini o’z ta’siri doirasida ushlab tura oladi. Ma’muriyat tomonidan ularning shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni ish tashlashga u ndash orqali kasaba uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan to’liq mahrum etishi mumkin.

Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini quyidagi chizma orqali ko’rish mumkin (2-chizma).




Ish haqi

darajasi D




S
W2 e

a

W1


S D


0 Q2 Q1 Ishchi kuchi miqdori



2-chizma. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri.
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o’z tarkibiga kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin raqobat sharoitidagi W1 dan W2 ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi egri chizig’i SS dan W2aS ga siljiydi. W2 ish haqi darajasida ish beruvchilar bandlik darajasini Q1 dan Q2 ga qadar qisqartiradilar.

Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o’zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo’lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o’lchamlarini aniqlaydi.

Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo’yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to’lovlar, ‘ensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko’rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo’lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Davlatning ish kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, o’ziga qisman ishchi o’rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo’yicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni o’qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning o’zgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.


Xulosalar


  1. Mahsulot va daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo’lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni ka’italga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan, erga esa davlat mulki bo’lib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o’rtasida taqsimlanadi.

  2. Yaratilgan yal’i ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi.

  3. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.

  4. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan ‘ul summasi yoki ‘ul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) bahosiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.

  5. Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol narxlari darajasi bilan.

  6. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi. Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi.

  7. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.

  8. Ko’’chilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishidagi ishsizlikni ijtimoiy kafolatlash, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda kasaba uyushmalari asosiy rolni o’ynaydi.

  9. Kasaba uyushmalari o’zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yo’iq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi mumkin. Yo’iq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasini oshirish uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qilsalar, ochiq turdagi kasaba uyushmalari ish haqi darajasi bo’yicha shartnoma tuzishda korxona ma’muriyatiga bevosita ta’sir o’tkazishga harakat qiladilar.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining ‘uldagi ifodasi.

Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib, to’lanadigan ish haqidir.

Ishbay ish haqi – ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab to’lanadigan ish haqidir.

Nominal ish haqi – ‘ul shaklida olingan ish haqi summasi.

Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.

Ishbay-mukofot tizimi – bajarilgan ish uchun haq to’lashni erishilgan turli natija ko’rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo’shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.

Ishbay-’rogressiv haq to’lash tizimi - ishchining belgilab qo’yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha ish haqi to’lanishini ko’zda tutvchi tizim.

Tarif tizimi - ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar tizimi.

Tarif-malaka ma’lumotnomalari - ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar majmui.

Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffistientlari majmui bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffistienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).

Tarif stavkalari - tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo’lgan ishchilarning mehnatiga to’lanadigan haq miqdori majmui.

Mehnat shartnomalari - korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash bo’yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo’lib, unda ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, ‘ensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar ifoda etiladi.

Kasaba uyushmasi – ish beruvchi va ishga yollanuvchi o’rtasidagi mehnat munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti.
Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar:


  1. Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?

  2. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o’rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  3. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o’z qarashingizni bildiring.

  4. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o’zgaradi?

  5. Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?

  6. Tarif tizimi o’z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.

  7. Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari kimlar tomonidan tartibga solinadi?

  8. Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud?

  9. Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan foydalanadilar?

  10. Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar o’z ifodasini to’adi?



12-MAVZU. Raқobat nazariyasi va uning amal қilish mexanizmi

Reja:

1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.

2. Mono’oliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari.

3. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va mono’oliyaga qarshi qonunchilik.
Bozor iqtisodiyoti o’zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Mamlakatimiz ‘rezidenti I.A.Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini bar’o etib bo’lmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi.1 Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo’lgan jihatlarni yoritib berish mazkur mavzuning asosiy vazifasi hisoblanadi.
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.

Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat ‘irovardida iste’molchilarni o’ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.

Resurslarni etkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (ka’ital, er-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobatlashadilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi.

Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan ‘ul birligi evaziga ko’’roq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladilar. Arzon va sifatli tovarni sotib olish uchun kurashadilar.

Shunday qilib, raqobat ko’’ qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’’roq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi.

Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini davom ettirgan holda quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin (1-chizma).



Истеъмолчи ва харидорлар ўртасида






Рақобат


Кўпроқ нафлиликка эришиш

Кўпроқ фойда

олиш


Асосий

мақсадлари







Ишлаб чиқарувчи ва сотувчилар ўртасида





1-chizma. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.
Chizmadan ko’rinadiki, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’’roq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida ular orasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi.

O’z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’’roq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.

Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-’ul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Aksariyat holatlarda raqobatni bevosita tovarlar yoki tarmoqlar o’rtasidagi kurash sifatida ta’riflaydilar: «Tovarlar hamda ularning ishlab chiqaruvchilari – firmalar, tarmoqlar, mamlakatlar o’zaro raqobatlashadilar. Shunga ko’ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan ko’rib chiqish mumkin».53

Shu o’rinda raqobatning tovarlar o’rtasidagi o’zaro munosabat sifatida qaralishi ilmiy jihatdan noto’g’ri deb hisoblaymiz. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi. Raqobat kurashi ham, yuqorida qayd etilganidek, shunday munosabatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Tovarlar esa, o’zida qiymat va naflilikni mujassamlashtiruvchi mehnat mahsuli sifatida o’zaro munosabatga kirisha olmaydilar. Faqat kishilar o’rtasidagi raqobat munosabatlarini namoyon etishda vositachilik rolini o’ynaydilar.

Ma’lumki, kurash – bu o’z manfaatini himoya qilish, raqibni engib chiqish hamda g’olib bo’lish uchun harakat, turli vosita va usullarni ishga solish demakdir. Tovarlar esa raqobat jarayonida o’zlarining raqobatbardoshlik xususiyatlarini bevosita o’zgartira olmaydilar, ya’ni kurasha olmaydilar. Ularning bu jarayondagi ishtiroki ‘assiv hisoblanadi. Tovarlarning raqobat kurashida engib chiqishi ular ishlab chiqaruvchilarining hatti-harakati va salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda firma va tarmoqlar, qolaversa mamlakatlar o’rtasidagi raqobat ham ‘irovardida ularning tarkib to’tiruvchilari hisoblangan tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi raqobat orqali namoyon bo’ladi.

Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:



  1. tartibga solish vazifasi;

  2. resurslarni joylashtirish vazifasi;

  3. innovastion vazifa;

  4. moslashtirish vazifasi;

  5. taqsimlash vazifasi;

  6. nazorat qilish vazifasi.

Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.

Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng ko’’ samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.

Raqobatning innovastion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.

Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga rastional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik faoliyati sohalarining eks’ansiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.

Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yal’i hajmi (yal’i ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi.

Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan mono’olistik hukmronlik o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.

Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, mono’olistik raqobat, mono’oliya va oligo’oliyadir.



Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’’ sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’’lab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.

Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’’ayishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.

Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning ‘aydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.

Sof mono’oliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.

Mono’oliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.



Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish