1 - Жадвал
Виргин арчалари унсимон қуртларга қарши инсектицидларнинг биологик самарадорлиги
Тошкент шаҳри манзарали дарахтлари, ишчи суюқлиги – 1000 л/га, К-45 моторли аппаратида
Тайфун плюс, 10%WP н.кук. препаратини 0,6 – 0,8 кг/га сарф меъѐрда қўлланилганда 3 – кунда 93,3 –
94,9%, 7 – кунда 91,2 – 93,4%, 14 – кунда эса 80,6 – 81,6% гача биологик самарадорликка эришилди. Би-
58(янги), 40% эм.к. препаратини 1,8 – 2,0 кг/га нормада ишлов берилганда 3 – кунда 94,7 – 97,6%, 7 –
кунда 91,1 – 93,3%, 14 – кунга келиб эса 89,0 – 91,2% биологик самара берди. Багира, 20% с.э.к. препарати
0,2 – 0,3л/га сарф меъѐрда қўлланилганда 3 – кунда 94,8 – 97,1%, 7 – кунда 91,3 – 94,2%, 14 – кунга келиб
эса 80,7 – 82,0,% биологик самарадорликка эришдик.
Хулоса қилиб айтганда тажрибаларимизда Би-58 (янги), 40% эм.к. препаратининг самарадорлиги
Багира, 20% с.э.к., ва Тайфун плюс, 10 %. н.кук препаратларидан бирмунча юқори бўлди.
Вариантлар
(препаратлар номи)
Дори
сарфи,
л(кг)/га
Дори
сепишдан
олдин
Биологик самарадорлик
кунлар бўйича, (%)
3
7
14
Назорат (ишловсиз)
-
49,5
-
-
-
Тайфун плюс,
10%WPн.кук
0,6
50,5
91,1
88,2
86,6
0,8
47,75
89,9
89,6
87,5
Би-58(янги), 40%
эм.к.
1,8
37,25
94,2
91,1
89,0
2,0
36,5
97,6
93,3
91,2
Багира, 20% с.э.к.
0,2
38,25
94,8
91,3
80,7
0,3
42,75
97,1
94,2
82,0
266
SITRUS O‟SIMLIKLARI, ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI
KURASHISH CHORALARI
B.SH.Habibullayev, F.Rahimova
TerDU
Bugun O‘zbekistonda 32 milliondan oshiq aholi istiqomat qilmoqda. Aholi sonining ortishi bilan meva va
sabzovotlarga bo‘lgan talab keskin ortdi. Aholiga sifatli mahsulotlarni yetishtirib, yetkazib berish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biridir. Ayniqsa bugun Respublikamizda Sitrus mevalariga talab juda katta. Sifatli
apelsin, mandarin, limon, greypfrut kabi vitamin va minerallarga boy sitrus mevalarini yetishtirish, ular
kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish katta mehnat talab qiladi. Sitrus o‘simliklarini yetishtirishda
ularga har xil zararkunandalar turdi darajada zarar keltiradi. Sitruslar zararkunandalarga qarshi kurashishdan
maqsad Surxondaryo sharoitida zararkunandalarga chidamli, serxosil sitrus o‘simliklari, mahsulotlarni
yetishtirishdan iborat. Zararkunandalarga qarshi kurashdan avval uning turini o‘rganish lozim. Bundan tashqari
zararkunanda o‘simlikning qaysi qismini zararlashini ham o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Surxondaryo
viloyatida sitrus ekinlarining zararkunanda hashorotlar tomonidan zararlanish hollari tez-tez uchrab turibdi.
Sitruslarga katta zarar yetkazuvchi zararkunandalardan biri bu – o‘simlik biti. U kam harakatli 1-5 mmli
qanotli va qanotsiz so‘ruvchi hashorotdir. Uning terisi nihoyatda nafis, rangi och sariq, to‘q sariq, qizil, yashil,
kulrang va hatto qora bo‘ladi. Eng ko‘p uchraydigani yashil, eng ko‘p yashovchani qizildir.
O‘simlik bitini xalq orasida ―Shira‖ ham deb nomlashadi.
Shira yumshoq to‘qimalar sharbati bilan oziqlanadi va odatda yosh barg, shox, kurtak hamda gulga tushadi.
Hashorat tez ko‘payadi. U nafaqat o‘simlikni kuchini so‘radi, balki virusli kasallikni ham kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Gullarga eng ko‘p o‘simlik biti tushadi. Shuning uchun limonning yoniga gul qo‘ymaslik kerak. [2. 62 b]
Zararlanish alomatlari o‘simlik biti to‘dasi odatda barg orasiga yopishadi. Natijada u rangsizlanadi,
buklanadi va yosh shohlar qiyshayadi. Barglar yopishqoq bo‘lib qoladi. Ko‘pincha o‘simlik rivojlanishdan
to‘xtaydi. O‘simlik shiralari viloyatimizning Sherobod va Angor tumanlarida ayniqsa ko‘p uchraydi. [2. 62 b]
Uy sharoitida kimyoviy pereparatsiz kurashish choralari. O‘simlik bitini tushirib tashlash uchun kir sovun
eritmasi bilan yaxshilab yuviladi (1 litr suvga 30 gr sovun). Shoxlar va barglar ikkala tomondan yuvilishi zarur.
Sovunli suv tushmasligi uchun tuvak tuprog‘i, polietilen bilan yopilib o‘simlik tubiga doka bilan o‘raladi. So‘ngra
o‘simlikka dori purkash mumkin.
Piyoz po‘sti suvi 20 gr po‘stloqqa 1 litr suv quyib 3-5 sutka saqlanadi, keyin suzilib o‘simlikka purkaladi.
Zararkunandalarga qarshi kimyoviy pereparatlardan foydalanish yaxshiroq samara beradi. O‘simlik bitiga
qarshi kimyoviy pereparatlardan quyidagilar qo‘llaniladi.
Acetaplan- 15 litr suvga 30 gr
Imimpride - 1,8 % li 15 litr suvga 30 gr [3. 27. 40 b]
Angor tumanida Sitrus ekinlariga o‘rgimchak kana ham katta zarar keltiradi.
O‘rgimchakkana mayda 0,3-0,5 mm qizg‘ish jigar rang so‘ruvchi bu hashorat odatda bargning orqasiga
joylashadi. Kana juda tez ko‘payadi. Tuxumdan chiqqach 1 haftada voyaga yetadi. Issiq va quruq issiqxona
kananing ko‘payishi uchun qulay. Noqulay sharoitda urg‘ochisi tuproqqa ko‘miladi yoki to‘kilgan barglar orasi
tirqishlarga yashirinadi. Bunday paytda ularning hayot faoliyati to‘xtaydi. Go‘yoki uyquga ketadi. Sharoit
yaxshilanishi bilan o‘simlikka hujum boshlaydi. Ular ayniqsa bahorda o‘simlikka katta zarar yetkazadi.
O‘rgimchakkana bilan zararlanish alomatlari avval qari barg tubining to‘qima shirasini kana so‘rish
natijasida oqqish dog‘lar paydo bo‘lib ular teshiladi. So‘ngra zararlangan barg yuzasi kichik hajmdagi sarg‘ish
dog‘lar bilan qoplanadi. U qo‘ng‘ir tusga kiradi. Oradan biroz vaqt o‘tgach barglar va shohlar orasida nihoyatda
nafis to‘r hosil bo‘ladi. O‘simlik kuchli zararlanganda butun pastki qismini to‘r qoplaydi va u hashorotni
purkaladigan dorilardan asraydi. To‘r o‘ragan yosh barglar buklanib o‘simlik kuchsizlanib, shohlar
yalang‘ochlanadi. Hosili esa pasayib ketadi.
Uy sharoitida kimyoviy pereparatsiz kurash choralari.
Barglar orasiga tez-tez sovuq suv purkash, hashorotni ko‘payishini sekinlashtiradi. Agar kam bo‘lsa
o‘simlik shoh va barglarni haftada bir marta yaxshilab yuvib turishi ham mumkin.
Sarimsoqli suv 100 gr sarimsoq ezilib 1 litr suvga quyiladi 5 sutka saqlanib suziladi. Purkash uchun 1 litr
suvga 50 gr tayyor konsentrat qo‘shiladi. Purkashdan 2 soat o‘tgach o‘simlik toza suv bilan yuviladi.
O‘rgimchak kananing zararkunandasiga qarshi qo‘llaniladigan kimyoviy pereparatlar.
Avamek – 1,8% li 15 litrli suvga 30 gr.
Acetraplan – 15 litrli suvga 30 gr.
Imimpride – 1,8% li 15 litrli suvga 30 gr. [3. 23, 27, 40, - b]
Xulosa:Agar biz Sitrus ekinlari zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini vaqtida va to‘g‘ri amalda
oshirsak, yetishtirayotgan limon, apelsin va mandarin kabi halqimiz sevib iste‘mol qiladigan sitrus mevalaridan
o‘z vaqtida yuqori sifatli maxsulotlarimizni yetkazib bersak, o‘z navbatida aholi salomatligi uchun kerakli tadbirni
amalga oshirgan bo‘lamiz.
267
Do'stlaringiz bilan baham: |