60-rasm.
Tog‘ jambil (Тимьян ползучий,чабрец) —
Thymus serpyllum L.
Yer bag‘irlab o'suvehi tog‘jam bil (Чабрец, Тимьян ползучий)
—
Thymus serpyllum L.
turi yer bag‘irlab o ‘suvchi yarim buta hi
soblanadi. Bu jambil turi MDH ning Yevropa qismidagi o ‘rmon,
o ‘rmon-dasht zonalarining qum tuproqli yerlarida hamda G ‘arbiy
Sibir, Baykal ko‘li atrofida, Kavkazda o ‘sadi.
Yer b ag‘irlab o‘suvchi tog‘jam bilning yer ustki qismi tibbiyotda
ishlatiladi. 0 ‘simlik gullaganda yer ustki qismi o ‘rib olinadi, soya
yerda quritiladi, so‘ngra maydalab, g ‘alvirda elanadi, yog‘ochlangan
poya va yirik shoxlari tashlab yuboriladi.
Yer bag‘irlab o ‘suvchi tog‘jambilning yer ustki qismi tarkibida
0,5-1% efir moyi, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar, achchiq,
oshlovchi va boshqa moddalar bor. Efir moyi 35% gacha fenollar
(timol fenollaming 60% ini tashkil qiladi) karvakrol, simol, bomeol,
terpinen va boshqa terpenoidlardan tashkil topgan.
Jambilning yer ustki qismi damlamasi bronxit va yuqori nafas
yo'llari kasalligida balg‘am ko‘chiruvchi, radikulit va nevrit kasal
liklarida og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo'llanadi. Suyuq ekstrak
ti - pertussin tarkibida balg‘am ko‘chiradi. yer ustki qismi balg‘am
ko‘chiruvchi yig‘malar-ehoylar tarkibiga kiradi.
Qizilmiya, shirinmiya (Солодка) -
Glycyrrhiza L.
Qizilmiya turlari dukkakdoshlar -
Fabaceae
oilasiga man
sub bo'lib, bo‘yi 50-100 sm b o ‘ladigan ko'p yillik o ‘t o'simlik.
Qizilmiyaning Markaziy Osiyoda o'sadigan turlaridan quyidagi ik-
kita turi - Oddiy qizilmiya, chuehukmiya (Солодка обыкновенная)
-
Glycyrrhiza glabra L.
va Ural qizilmiyasi
Glycyrrhiza uralensis
Fisch.
Qizilmiya turlarining yer ostki qismi y a ’ni ildiz tizimi yaxshi
taraqqiy etgan bo'lib, k o 'p poyali, kalta, y o 'g 'o n ildizpoyali. Undan
yer ostida gorizontal va vertikal novdalar (4-5 m chuqurlikda) tar-
qaladi. Poyasi bir nechta, tik o'sadi, shoxlanmagan yoki kam shox-
langan. Barglari toq patli murakkab, 3-7 juft ellipssimon, cho‘ziq-
tuxumsimon yoki nishtarsimon, tekis qirrali bargchalardan tashkil
topgan bo'lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket
o'm ashgan.
Oqish binafsha rangli, besh bo'lakli gullari barg qo'ltig'idan
o'sib chiqqan shingil gulto'plam ga joylashgan. Qizilmiyaning m e
vasi o'roqsim on qayrilgan, bezli tikanchalar bilan qoplangan yoki
sillik, pishganda ochilmaydigan, ko'p urug'li dukkak. Qizilmiya
iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
Qizilmiya turlari Markaziy Osiyoning cho'l va yarim cho'llarida,
ayniqsa Turkmaniston, O'zbekistonning Amudaryo va Sirdaryo
bo'ylarida, Q ozog'istonning Sirdaryo va Ural daryolari hamda
Balxash ko'li bo'ylarida, Kavkaz, MDHning Yevropa qismining
janubida va Sibirdagi sh o 'r tuproqli cho'llarda, ariq, kanal, daryo
va ko 'l bo'ylarida, begona o ‘t sifatida dala va ekinzorlarda hamda
qumli qiyaliklarda, to'qayzorlarda o'sadi.
Xalq tabobatida qizilmiyaning yer ostki qismi (ildizpoyasi bi
lan ildizi) qo'llaniladi. Ulami o'sadigan joyiga qarab yil bo'yi
(ko‘pincha bahordan kech ku/gacha, Turknmmstonda nktubr t»yiilan
aprcligacha) yig‘ish rnumkin. Qizilmiya ildi/.i belkurak. ketrnon,
yoki ko‘p o ‘sadigan joylarda traktor va plug yordamida liaydab
kovlab olinadi, tuproqdan tozalanadi va quritiladi. 13a'/.an ildi/.itiing
po‘stlog‘i p o ‘kak qismidan tozalanadi va ochiq havoda quritiladi.
Qizilmiyaning ildizi tarkibida 3,2-24% triterpen saponin-glil-
sirrizin birikmasi, 4% gacha flavonoidlar, 20% gacha qandlar, 34%
gacha kraxmal, asparagin, efir moyi, S vitamini, 6% gacha pektin va
boshqa biologik faol moddalar, Ural qizilmiyasi ildizida yana triter
pen saponin - uralenoglyukuron kislotasi mavjud. Ildiz flavonoid-
laridan likviritin, likviritozid, likurozid, glabrozid va boshqa birik
malar ajratib olingan.
Qizilmiya ildizidan tayyorlangan quyuq va quruq ekstraktlari
hamda sharbati nafas yo ‘llari kasallanganda balg‘am k o ‘chiruvchi,
surunkali qabziyatda esa yengil surgi dori sifatida qo‘llaniladi. Ildiz
preparatlari dan glitsiram - astma, ekzema, allergik dermatit va
boshqa kasalliklarni, likviriton, likurazid vaflakarbon yallig‘lanimga
va spazmaga qarshi ta ’sirga ega b o ‘lganligi uehun m e’da va o ‘n ikki
barm oq ichak yarasi hamda yallig‘lanish kasalliklarini davolash
uehun ishlatiladi.
Qizilmiya ildizining poroshogi, qirqilgan ildizi, quyuq va quruq
ekstraktlari hamda sharbati farmatsevtika amaliyotida xab dori tay-
yorlashda, suyuq dori shakllari va choy-yig‘malaming ta ’mini yax
shilash uehun qo'llaniladi. Ildizining poroshogi surgi dori sifatida
ishlatiladigan murakkab qizilmiya poroshogi, ekstrakti nafas y o ‘llari
kasalligida qo41aniladigan eliksir, qirqilgan ildiz b o ‘lakchalari o ‘pka
kasalliklarida ishlatiladigan balg‘am ko‘chiruvchi hamda siydik
haydovchi va ich yumshatuvchi choylar-yig‘malar tarkibiga kiradi.
Qizilmiya ildizi xalq tabobatida qadimdan turli kasalliklarni
davolashda keng ishlatib kelingan. Abu Ali ibn Sino bu o ‘simlikning
ildizi bilan buyrak, qovuq va m e’da yallig‘lanishi hamda isitma,
o ‘pka kasalliklarini davolagan.
Xalq tabobatida qizilmiya ildizidan tayyorlangan qaynatma
k o ‘krak og‘rig ‘i, ko‘kyo‘tal, nafas qisishi, tomoq qurishi, m e’da-
ichak (m e’da va ichak yallig‘lanishi, qabziyatda) va boshqa kasal-
liklarda ichiladi. Ildizining qaynatmasi yana y o ‘tal va nafas olish
157
yoMlari shamollaganda balg‘am ko‘chiruvchi hamda siydik haydov
chi va surunkali qabziyatda yengil surgi dori sifatida qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |